I-BOB. AHOLINING ISH BILAN BANDLIK DARAJASINI OSHIRISH YO‘LLARI Iqtisodiy faol aholi bandligini hududlar bo‘yicha taqsimlanishi…….….3
Aholining ish bilan oqilona bandligi va unga mehnat bozorining ta’siri……………………………………………………………………...…9
II-BOB. AHOLINING OQILONA BANDLIGINI TA’MINLASH MEZONLARI VA KO’RSATKICHLARI
2.1. Aholini ish bilan ta’minlashni tartibga solish…………………………..…18
2.2.Aholini ish bilan ta’minlashning mohiyati………………...…………...….21 XULOSA……………………………………………………………………...….31
FOYDALANILGAN ADABITYOTLAR………………………..……………..32
KIRISH Mavzuning dolzarbligl Mehnat bozorining rivojlanish sharoitlarida bu olimlarning oqilona bandlik - mehnatga qobiliyatli aholining doimiy ish joylariga talabini to’liq qondiradi, degan fikrlariga qo’shilish qiyin. Mehnat bozori yoppasiga bandlikni ta’minlamaydi va raqobat asosida soni o’zgarib turgan «doimiy» ishchi joylarini kafolatlamaydi.
Bizning fikrimizcha, aholining oqilona bandligi ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasidagi bozor muvozanatiga erishishni bildiradi.Bunday holda ishsizlikning yo’l qo’yilishi mumkin (tabiiy) darajasi vujudga keladi. Bunday muvozanat ish beruvchilar va «mehnat qobiliyati» kishilarining iqtisodiy manfaatlari eng muqobil darajada amalga oshirilishini ta’minlaydi. Bunda ishchi kuchiga kasb-malakali tayyorgarligi bo’yicha mos narxlar belgilanadi. Xuddi shular tufayli, aholining oqilona bandligi, ijtimoiy takror ishlab chiqarish va ishchi kuchining qiymati asosida «mehnat qilish qobiliyati»ni bozorda sotish uchun taklif qilganlarning turmush darajasi shakllanishi ham ta’minlanadi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari:Yuqorida taklif etilgan tushuncha nuqtai nazaridan qaraganda respublikamizda aholining oqilona bandligini shakllanishiga hali to’la erishilgani yo’q. Bunga quyidagi sabablar asosiy to’siq bo’lmoqda: davlat mulkini xususiylashtirish samaradorligining past darajasi; iqtisodiyotda tubdan tarkibiy islohotlarni va ishlovchilarni qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidan ozod bo’lishining sekinligi; mehnat haqi uning yakuniy natijalaridan uzilib qolishi; ish joylarining past sifatli moddiy-texnik jihozlar bilan ta’minlanishi; mehnatga qobiliyatli o’smirlar, ko’p bolalik ayollar, pensionerlar va nogironlar faoliyatining yetarlicha rag’batlantirilmaganligi; ishchi kuchi taklifini unga bo’lgan talabga nisbatan ko’proq o’sayotganligi; bo’sh ish joylari haqida ishonchli axborotlarning kamligi va mehnat bozorini samarali tartibga solish mexanizmining takomillashmaganligi. Ular orasida davlat mulkini xususiylashtirish va iqtisodiyot tarmoqlarini tarkibiy isloh qilish yetakchi o’rin egallaydi. Bu jarayonlarni amalga oshirish ko’proq rasmiy xarakterga ega bo’lib qolmoqda.