Aholining ish bilan bandligi va ishsizlik


Aholini ish bilan ta’minlashning mohiyati



Download 173,61 Kb.
bet5/8
Sana22.07.2022
Hajmi173,61 Kb.
#836976
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
AHOLINING ISH BILAN BANDLIGI VA ISHSIZLIK mundarijalik

2.2.Aholini ish bilan ta’minlashning mohiyati.
O’zbekiston Respublikasi «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida» gi qonunning 2-moddasida qayd etilganidek:«Ish bilan ta’minlash-fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kelmaydigan, o’z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq bo’lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatdir». Quyidagilar ish bilan ta’minlangan, deb hisoblanadi:
-yollanib ishlayotgan, shu jumladan, ishni to’liqsiz i shvaqtida haq evaziga bajarayotgan, shuningdek, haq to’lanadigan boshqa ishga, shu jumladan, vaqtinchalik ishga ega bo’lgan fuqarolar;
-betobligi, mehnat ta’tilida, kasbga qayta tayyorlashda, malaka oshirishda ekanligi, ishlab chiqarishni to’xtatib qo’yganligi munosabati bilan, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq vaqtincha ishjoyi saqlanib turadigan boshqa hollarda vaqtincha ish joyida bo’lmagan fuqarolar;
-o’zini ish bilan mustaqil ta’minlayotgan fuqarolar (tadbirkorlar, fermerlar va ularning ishlab chiqarishda ishtirok etayotgan oila a’zolari, dehqon xo’jaligining ishlab chiqarishda qatnashayotgan oila a’zolari, kooperativlarning a’zolari, yozuvchilar, rassomlar va boshqalar);
-Qurolli kuchlarda, milliy xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari va qo’shinlarida xizmatni o’tayotgan shuningdek, muqobil xizmatni o’tayotgan fuqarolar;
-ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan fuqarolar;
-qonun hujjatlariga muvofiq, faoliyat olib borayotgan jamoat birlashmalari va diniy muassasalarda ishlayotgan fuqarolar.
Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi «Mehnat Kodeksi»ga muvofiq, quyidagi sabablarga ko’ra, vaqtinchalik ish joyida bo’lmagan fuqarolarning ish joyi saqlanib qoladi va ular quyidagi holatlarda ish bilan ta’minlangan, deb hisoblanadilar:
-davlat va jamiyat vazifalarini bajarayotgan vaqtda;
-ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarganda;
-jamiyat manfaatlariga doir xarakamlar qilganda.
Aholini hisobga olishning amaliy ehtiyoji ish bilan ta’minlashning turlarini ajratib ko’rsatish zarurligi nazarda tutadi. Masalan, to’liq, oqilona va erkin tanlangan ish bilan ta’minlash bo’ladi.To’liq ish bilan ta’minlash–bu kasbga oid mehnat bilan ta’minlash bo’lib, ushaxsga daromad keltiradi va o’zi, hamda, oilasining munosib turmush kechirishga sharoit yaratadi.
Aholini ish bilan oqilona ta’minlash ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasidagi muvozanatiga erishishni bildiradi.
Erkin tanlangan ish bilan ta’minlash shuni nazarda tutadiki, o’zining mehnat qilishga bo’lgan qobiliyatiga (ish kuchiga) egalik qilish huquqi faqat uning egasiga, ya’ni xodimning o’ziga tegishli. Mazkur tamoyil har bir xodimning ish tanlashida to’g’ri yo’l tutishini, har qanday ma’muriy tarzda ishga jalb qilishni taqiqlashni kafolatlaydi.Ish bilan ta’minlash munosabatlarini iqtisodiy, ijtimoiy va demografik jarayonlar taqozo etadi. Uning iqtisodiy mazmunini xodim uchun o’z mehnati bilan o’ziga munosib tarzda yashashni ta’minlash, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligining o’sishiga yordam berish imkoniyatida o’z ifodasini topadi. Ijtimoiy mazmun shaxsning tarkib topishi va rivojlanishida ifodalanadi. Demografik mazmun ish bilan ta’minlash aholining yosh va jinsiy xususiyatlari, uning tarkibi va boshqalar bilan bog’liqligini aks ettiradi.Binobarin, aholining ish bilan bandligi siyosati uchta asosiy maqsadga erishishni nazarda tutadi:tarkibiy qayta qurishni rag’batlantirish asosida bo’shab qolgan xodimlarni qayta taqsimlash jarayonini jadallashtirish;-ishsizlarni mehnat hayotiga juda tezlik bilan jalb qilish;-ish qidirayotganlardan har birini ish bilan ta’min etish.
Aholini ish bilan ta’minlashga davlatning ta’siri turlari quyidagilardan iborat:
-passiv ta’sir ko’rsatish –ish bilan band bo’lmagan aholiga ijtimoiy yordam;
-faol ta’sir ko’rsatish--mehnat taklifini rag’batlantirish;-mehnatga bo’lgan talabani rag’batlantirish;-talab va taklifni muvofiqlashtirish chora-tadbirlarina ko’rsatish;-kasbiy sohada maslahatlar berish;-aholining kamroq raqobatbardosh guruhlari uchun bandlik dasturini ishlab chiqish;-mintaqalarga yordam ko’rsatish chora-tadbirlari va shu kabilar.
Ta’kidlash joizki, aholi bandligi munosabatlari 1992 yil 13 yanvarda Respublika Oliy Kengashida qabul qilingan «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida»gi qonun va 1993 yil 7 mayda Respublika Oliy Kengashi qabul qilgan» O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida»gi qonuniga o’zgarishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida» gi qonun bilan tartibga solib turiladi.
Aholini ish bilan ta’minlashda qatnashadigan davlat organlari.Bunday faoliyatlarning hammasi davlat tomonidan tegishli davlat organlarining bevosita ishtirokida amalga oshiriladi. Buni umumiy faoliyat va maxsus faoliyatga bo’lish mumukin. Umumiy faoliyatga Vazirlar Mahkamasi, mehnat vazirligi, hokimiyatlarni kiritish mumkin. Jumladan, Vazirlar, mahkamasi har yili ishchi o’rinlari vujudga kelayotgan hududlarni aniqlab, Respublika hukumati tomonidan rag’batlantiriladi. Mehnat vazirligi ish bilan ta’minlash to’g’risidagi qonunlar qanday bajarilayotganligi ustidan nazorat o’rnatadi. Hokimiyatlar esa har bir hududning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, aholini ish bilan ta’minlash bo’yicha tadbirlar ishlab chiqadi va ularni amalga oshiradi.Aholini ish bilan ta’minlashda qatnashadigan davlat organlariga, birinchi navbatda, aholini ish bilan ta’minlash davlat xizmati (maxsus faoliyat) ni kiritish mumkin. Uning vakolatiga quyidagilar kiradi:
-mehnat bozori holatini tahlil qilish va oldindan aytib berish, hamda tegishli axborot tarqatish;
-bo’sh ishchi o’rni va ishga joylashtirishni so’rab murojaat qilgan fuqarolar hisob-kitobi;
-ish bilan ta’minlash xizmatiga murojaat qilgan fuqarolarga ish bilan ta’minlash imkoniyatlari, har bir kasbga xodimga qo’yilgan talablar, ish beruvchilarga ega ishchi kuchi bilan ta’minlash to’g’risida maslahatlar berib turish;
-fuqarolarga munosib ish tanlashda ish bilan ta’minlovchilarga esa zarur xodimlarni tanlashda yordam ko’rsatish;
-ishlamaydigan fuqarolarga kasb o’rgatish, ularni qayta o’qitish va malakasini oshirish;
-ishga joylashish bo’yicha xizmat ko’rsatish bo’shayotgan xodimlarga va ishsiz aholiga kasb tanlashda yordamlashish;
-ishsizlarni ro’yxatdan o’tkazish, ularga yordam ko’rsatish.
Aholini ishga joylashtirish davlat xizmati bu vazifalarni bajarish maqsadida korxona, muassasa va tashkilotlardan tuzilmada bo’ladigan o’zgarishlar va boshqa tadbirlar to’g’risida zarur ma’lumotlar olish huquqiga ega, chunki bunday o’zgarishlar natijasida xodimlar ishdan bo’shatilishi yoki bo’sh ishchi o’rni hosil bo’lishi mumkin. Shuningdek-ishning tavsifi va shart-sharoitlari ham ma’lum qilib turilishi;-barcha turdagi korxona, muassasa, tashkilotlarga fuqarolarning ishga joylashtirish uchun yuborilishi;
-korxona, muassasa, tashkilotlarda ishga joylashni bron (saqlangan ish o’rni) joriy qili shva muhtojlarni ijtimoiy muhofaza qilish yuzasidan hokimiyatga taklif kiritish;
-korxona muassasa va tashkilot ishonch qog’ozi bo’yicha fuqarolar bilan ish joyiga borish uchun yo’l haqini qoplash yuzasidan mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish;
-ish bilan ta’minlanmagan fuqarolarning shtatiga qarab, ularni haq to’lanadigan jamoat ishlariga yuborish; -ishsizlarga yordam ko’rsatish fondi hisobidan ishsizlarga kasb o’rgatish va qayta o’qitish;
-belgilangan tartibda ularga ishsizlik nafaqasini berish.
Ishsizlik tushunchasi, uning turlari va ishsizlik darajasi.Mehnatga talab bilan uning taklifi mutanosib bo’lmaganda ishsizlik hodisasi paydo bo’ladi. Ishsizlik, umuman, ishlamaslik emas, balki ishlashga muhtoj bo’la turib, ish topa olmaslikdir. SHuningdek, mehnatga qobiliyati bo’la turib, ishlashga zarurat bo’lmaganidan ishlamay yurish ham ishsizlik emas, albatta. Shunga ko’ra, ishsizlikning rasmiy tushunchalari ham mavjuddir.O’zbekistonda ishsizlik tushunchasi rasman 1992 yil «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi bilan me’yoriy kuchga ega bo’ldi. Unga ko’ra, «16 yoshdan boshlab to pensiyaga chiqish huquqini olishga bo’lgan yoshdagi, ishga va ish haqiga (mehnat daromadi) ega bo’lmagan, haqiqatda ish qidirayotgan, mehnat qilishga kasb-kor tayyorgarligi va qayta tayyorgarlikdan o’tishga tayyor shaxs sifatida ish bilan ta’minlash davlat xizmatlarida ro’yxatga olingan vash u xizmatlar maqbul keladigan ishni taklif qilmagan, lekin mehnatga layoqatli shaxslar ishsizlar, deb e’tirof etiladi»
Fuqaroni ishsiz shaxs,deb e’tirof etish uchun unda bir vaqtning o’zida quyidagi to’rt shart mavjud bo’lishi lozim:
Birinchi shart-fuqaro mehnatga qobiliyatli bo’li shva maldagi qonun hujjatlariga binoan, pensiya ta’minoti huquqiga ega bo’lmasligi kerak.
Ikkinchi shart-fuqaro ishga va ish haqi (mehnat daromadi)ga ega bo’lmasligi lozim. Agar fuqaro asosiy ishini yo’qotgan (masalan, shtatlar qisqarishi munosabati bilan bo’shatilgan), lekin o’rindoshlik asosida boshqa korxonada ishlayotgan bo’lsa, bunda u ish bilan band bo’lgan deb hisoblanadi. Binobarin, nafaqalar, alimentlar, qimmatli qog’ozlar bo’yicha olingan dividentlar, banklarga qo’yilgan mablag’larga hisoblagan fonzlar ish haqi (mehnat daromadi) ga kirmaydi. Xudi shunday pensiya va stipendiyalar ham ish haqi (mehnat daromadi) tarkibiga kirmaydi, lekin pensiya oluvchi fuqarolar ijtimoiy jihatdan himoyalanganliklari, ishlab chiqarishdan ajralgan holda stipendiya olib o’qiyotganlar esa mazkur qonunning 2-moddasiga asosan ish bilan ta’minlangan, deb hisoblanishlari sababli, bunday fuqarolar ishsiz shaxs, deb e’tirof etilmaydilar.
Uchunchi shart - fuqaro ishlashga tayyor bo’lishi lozim. Fuqaroning ishlashga tayyor ekanligini, uning mahalliy mehnat organiga ish qidirib, rasmiy murojaat qilishi, belgilangan muddatlarda mehnat organida qaytadan ro’yxatdan o’tib turishi va mehnat roganlari tomonidan taklif qilingan maqbul ishni qabul qilish holatlari tasdiqlaydi.
To’rtinchi shart - fuqaro barcha tegishli hujjatlarni taqDim qilgan holda mahalliy mehnat organida ish qidiruvchi shaxs sifatida ro’yxatdan o’tishi lozim.
So’nggi yillarda turli G’arb mamlakatlarida ishsizlar soni turlicha bo’ldi. Eng kam ishsizlar ko’rsatgichiga ega mamlakat-bu Shveytsariyadir.

Download 173,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish