Tayyorladi:kafedra dotsenti A.V.Narbekov
4-mavzu. Oila tarbiyasi (1-iashg‘ulot)
Ma’ruza rejasi:
1.
Oilaning belgilari, tuzilishi va vazifalari.
2.
Nikoh – eng qadimgi axloqiy munosabat shakli.
1-savol. Oilaning belgilari, tuzilishi va vazifalari.
Oila deb qon-qarindoshlik (nikoh orqali) yoki birga istiqomat qilish orqali
bog‘langan odamlardan iborat ijtimoiy guruhga aytiladi. Shuningdek oila
nikoh yoki
tug‘ishganlikka asoslangan kichik guruhdir
1
. Uning a’zolari umumiy ro‘zg‘or,
o‘zaro yordam va ma’naviy mas’uliyat orqali bir-biriga bog‘langan. Uning a’zolari
o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro majburiyatlar asosida tartibga solinadi.
Oila
jamiyatning tarkibiy qismi bo‘lib, barkamol shaxs shakllanishiga xizmat qiladi.
Oilasiz odam yolg‘iz qolishi bilan birga, jamiyatdan uzilib qoladi. Inson uyida kutib
oluvchi, qo‘llab-quvvatlovchi va qo‘llab-quvvatlash hissini beradigan yaqin va
sevimli odamlari bo‘lishini istaydi.
Oilaning vujudga kelishi
. Qadimgi davrda odamlar jamoalarda yoki alohida
yashagan. Olimlarning fikriga ko‘ra, birinchi oilaviy uyushmalar qadimgi davrda
ayollarning kuchli erkaklar bilan aloqalarini to‘xtatib, ta’minotchi erkaklar bilan
munosabatlarini o‘rnatishga harakatidan vujudga kela boshlagan. Bunday erlar
kuchli erkaklaridan uni tanlagan ayolga sodiq va ishonchli edi. Marksizm
asoschilaridan biri F.Engels oilaning vujudga kelishini xususiy mulk bilan bog‘lab
tushuntiradi. Oila “..erning hukmronligiga asoslanadi, aniq maqsad ma’lum bir
otadan kelib chiqishi inkor etilmaydigan bolalarni tug‘diradi va bunda naslning
aniqligi zarur, chunki bolalar oxir-oqibat to‘g‘ridan-to‘g‘ri merosxo‘rlar sifatida
otaning mulkiga ega bo‘lishlari kerak. U juftlik nikohidan, nikoh rishtalarining
ancha kuchliligi bilan farq qiladi, ular endi tomonlarning iltimosiga binoan bekor
qilinmaydi”. Erkak oilada ustunlikni qo‘lga oladi.
Ayollarning erkak tanlashda mezonlarining o‘zgarishi hayotiy talablarga mos
edi. Ta’minotchi er butun umri davomida ayoli va bolalari ta’minotini o‘z
zimmasiga olgan. Ayol bunday er bilan bahtli bo‘lishiga ishongan.
Kuchli erkaklar ayollar uchun urushlarda vaqtini o‘tkazgan paytda,
ta’minotchilar o‘zlari tanlagan ayollarini moddiy ta’minoti bilan shug‘ullangan. Shu
sababli, zaif jins vakilalari taqdirini kim bilan bog‘lash afzalroq ekanligini tezda
tushunib yetganlar.
Oila jamiyatning bo‘g‘ini
. Tarixchi olimlar umumiy ajdodga ega odamlar
guruhini jamiyatning bo‘g‘ini deb atagan.
Har bir jamiyatning bo‘g‘ini bir necha tarkibiy qismlardan tashkil topadi:
• Poydevor. Oila nikoh asosiga qurilganligi uchun oilaning poydevori deb
ataladi. Rasmiy oilaviy ittifoq bo‘lgan nikohning tuzilishi oilada tomonlarning
huquq va majburiyatlarini belgilaydi;
1
Қаранг: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. Электрон нашри. О ҳарфи. – Т., 2018. – Б.62.
• Munosabatlar tizimi. Munosabatlar tizimi er va xotin, bolalar, aka-ukalar,
opa-singillar, qaynona-kelinlar va boshqalar o‘rtasidagi qarindoshlik aloqalaridan
tarkib topadi;
• Tarkibi. Oila a’zolarining tarkibi qonun hujjatlarida aniq ko‘rsatiladi, lekin
ularda (kuodekslar) tarkibida farq bo‘lishi mumkin.
Jamiyatning bo‘g‘ini sifatida oilaning belgilari quyidagilardan iborat:
• rasman qayd etilgan nikoh;
• umumiy xo‘jalik yuritish, birgalikda yashash;
• moddiy boyliklarga egalik qilish;
• yaqin munosabatlar (shu jumladan jinsiy munosabatlar)ning mavjudligi;
• farzandlarning mavjudligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |