ma’lumotlarga ko‘ra, oilada farzandlar qancha ko‘p bo‘lsa, ajralish xavfi shunchalik
kamayadi. 2020 yilda Buxoro viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi esa bundan
mustasno. Buxoro viloyatida bitta bolali oilalarda ajralish (37,5%), bolasi bo‘lmagan
nikohlarga qaraganda (34,9%) ko‘proq bo‘ldi. Ikki yoki undan ko‘p bolali oilalar
faqat 27,6% hollarda ajrashdilar. Qoraqalpog‘istonda 30,6% hollarda bolalarsiz
nikohlar buzilgan, bitta bola bilan — 41,1%, ikki va undan ortiq bolalari bilan esa
— 28,3%.
). Nikoh oilaning vujudga kelishida birdan-bir asos bo‘lgani bois u faqat
axloq normalari bilan emas, balki maxsus qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ijtimoiy munosabat sifatida nikoh turli jamiyat va tuzumlarda turlicha ko‘rinishda
bo‘lgan. Nikohni qayd qilish tartibi, nikoh yoshiga qo‘yiladigan talablar turli
mamlakatlarda bir-biridan farq qiladi. Bir qator mamlakatlarda nikoh fuqaroviy-
huquqiy bitim hisoblanib, uni rasmiylashtirish tartibi oila qonunchiligi bilan emas,
fuqaro qonunchiligi bilan belgilanadi. Fransiyada nikoh yoshi ayollar uchun 15,
erkaklar uchun 18, Italiyada tegishlicha 14 va 16, GFRda esa 16 va 21, AQShda
(turli shtatlarida turlicha) 14-18 va 15-21 yosh qilib belgilangan. Nikohdan o‘tishda
bo‘lajak er-xotinning mol-mulki to‘g‘risidagi masala katta ahamiyatga ega. Buning
uchun nikoh shartnomalari tuziladi.
Er va xotin nikoh shartnomasiga ko‘ra
birgalikdagi umumiy mulkning qonunda belgilangan (ushbu Kodeksning
23-
moddasi
) tartibini o‘zgartirishga, er va xotinning barcha mol-mulkiga, uning ayrim
turlariga yoxud er va xotindan har birining mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi,
ulushli yoki alohida egalik qilish tartibini o‘rnatishga haqlidir
(
O‘zR Oila kodeksi
31-modda).
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining
63-moddasida
ta’kidlanishicha, nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqligiga
asoslanadi. Nikoh masalalari O‘zRning Oila kodeksida (1998 qabul qilinib, o‘sha
yili 1 sentyabrdan amalga kiritilgan) o‘z ifodasini (www.ziyouz.com kutubxonasi
234) topgan.
O‘zbekiston Respublikasi FKning 13-moddasiga binoan, nikoh fuqarolik holati
dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi. Shunday nikohgina huquq va
majburiyatni vujudga keltiradi. Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh
yuridik kuchga ega emas.
(Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, 2019 yilda O‘zbekistonda nikohdan o‘tmasdan
yashab kelayotgan 10 ming 24 nafar oila aniqlangani. Ularning 6,5 mingga
yaqinida nikoh rasmiylashtirildi. FHDYo organlari tizimida o‘tkazilgan
o‘rganishlar «demografik statistikada katta xatolar bor»ligini ko‘rsatgan.
«Chekka hududlarda istiqomat qilayotgan aholi tug‘ilgan chaqaloqlarni
ro‘yxatdan o‘tkazish, nikohni rasmiylashtirishga befarq qarab kelmoqda. Xususan,
9988 nafar bolaning tug‘ilganlik haqidagi hujjati mavjud emas. Shuningdek, qayd
etilmagan hujjatlarning 90 foizga yaqini aynan tug‘ilish va nikoh haqidagi
guvohnomalarga to‘g‘ri keladi», deyiladi xabarda.
Yuridik nuqtai nazardan mazkur hujjatlarning mavjud emasligi fuqarolarni
qonuniy huquq va erkinliklaridan mahrum qiladi. Rasmiy guvohnomasi mavjud
bo‘lmaganlar yo‘q shaxslar, deb hisoblanadi. Masalan, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi
guvohnomasiz bolani bog‘chaga rasmiylashtirib bo‘lmaydi, maktabga qabul
qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: