Tayyorladi: kafedra dotsenti A. V. Narbekov 4-mavzu. Oila tarbiyasi (1-iashg‘ulot) Ma’ruza rejasi: Oilaning belgilari, tuzilishi va vazifalari



Download 392,8 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana13.04.2022
Hajmi392,8 Kb.
#549042
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-мавзу. Маъруза (1-машғулот) (1)

Oila nima uchun zarur? 
Inson yolg‘iz yashay olmaydi, u o‘zi yaxshi 
ko‘radigan va uni qadrlaydigan yaqinlari bilan yashashni hohlaydi. Oila uning 
talablariga mos keluvchi institutdir. Uning asosiy vazifasi insonning moddiy, 
jismoniy va ma’naviy ehtiyojlarini ta’minlashdir.
Shuning uchun ham oila barpo etishda ma’naviy qadriyatlar poydevoriga 
quriladi, chunki tomonlar bir-birini yoqtirishi sababli birga bo‘lish, hayot tajribasi 
bilan o‘rtoqlashishni istaydi. Ularning birligidan jamiyatda yashash uchun zarur 
bo‘lgan muhabbat, bir-birlarini tushunishlari va qo‘llab-quvvatlash kabi ma’naviy 
rag‘bat oladi.
Oilaning ruhiy tayanchi ikki tarkibiy qismdan iborat. Oilada muhabbat va 
o‘zaro ishons ustuvor oilalar va O‘zaro ta’na, xafagarchilik, g‘azab va boshqa illatlar 
ustuvor oilalar.
Oila o‘z rivojlanishida sevgi, bir-biriga ko‘nikish, murosa kabi bosqichlardan 
o‘tadi. Yillar davomida yashab kelgan va oilaning rivojlanish bosqichlari 
sinovlaridan o‘tgan juftlikning oila bog‘ida muhabbat tuyg‘usi ko‘karadi. Ko‘pchilik 
oilalar bosqichlar bosimiga bardosh bera olmasligi sababli nikohi bo‘ziladi.
Zamonaviy oila. 
Sobiq Sovet davlatida oilaviy munosabatlardan farqli 
zamonaviy oila mustaqil faoliyat ko‘rsatadi va jamiyat uchun yopiqdir. Er va 


xotining o‘zaro kelishmovchiligi murosasiz tus olganda oilaning ichki ishlariga 
chetdan aralashiladi. Sobiq Sovetlar davrida oilaviy munosabatlarga davlat 
aralashgan. Davlat nazorat qiluvchi organlari oilaviy munosabatlarning 
rivojlanishini nazorat qilar edi. Oilaviy nizolar keskin tus olganda, oilani saqlab 
qolish uchun rasmiy ta’sir choralarini qo‘llagan. 
Hozirgi davrda oilaning turlari ko‘pligi sababli unga ta’rif berish 
murakkablashdi. Uning quyidagi turlari (tiplari) mavjud: – shvedcha oila (XX-
asrning 70-yillarida vujudga kelgan oilaning gruhiy nikoh turi), asrab olingan oila 
(farzand asrab olingan oila), ochiq (er va xotin boshqalarga ko‘ngil berishi va ishqiy 
munosabatlarga ta’qiqlanmaydigan) ko‘pxotinlik (islom davlatlarida) oila va 
hokazolar. Din an’anaviy oilani himoya qiladi. Lekin er va xotinning oiladagi 
mas’uliyati darajasi tobora pasayib borayotganligi bugungi kunning voqeligidir. 
O‘zbekistonda bir jinslilar o‘rtasidagi nikoh ta’qiqlangan, lekin chetdan bu masalaga 
munosabatda bosim tobora kuchayib bormoqda.
Hozirgi davrda O‘zbekistonda oilaviy munosabatlarning rivojlanishi 
xususiyatlari quyidagilardan iborat:
• Oilaning qonuniy nikoh asosida tuzilishi. Fuqarolik nikoh tuzilishi holatlar 
mavjud. Bu nikoh turi asosan tarixiy vatani Yevropa mamlakatlari bo‘lgan aholi 
orasida uchrab turadi. Yosh er-xotinlarning mutlaq ko‘pchiligi munosabatlarini 
FHDYo bo‘limida rasmiylashtiradilar.
• Nikoh yoshini oshib borishi. Statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 
2000-yillarda O‘zbekistonda turmushga chiqayotgan qizlarning o‘rtacha yoshi 21,4 
yoshni tashkil qilgan. 2016 yilda bu ko‘rsatkich 1,2 yilga oshib, 22,6 yoshga yetdi. 
2000-yillarda o‘g‘il bolalarning uylanish yoshi o‘rtacha 24,2 yoshni tashkil 
etgan bo‘lsa, 2016 yilda bu ko‘rsatkich 1,8 yoshga oshib, 26,0 yoshga yetdi. 
Turmush qurishning o‘rtacha yosh ko‘rsatkichlari oshib borayotganligining asosiy 
sababi yoshlarning ma’lumot olishlari va mustaqil maishiy turmush yurita olishga 
intilishdir.
• Yosh oilalarning farzand ko‘rishga shoshilmasliklari. Statistik 
ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi bolaning tug‘ilishi oila barpo etilganidan keyin 
o‘rtcha 3-5 yillariga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari farzandlar orasidagi tanafus 
muddatining oshganligi ham hisobga olinishi lozim;
• Yosh oilaning ota-onadan alohida yashashga intilishi. Sobiq Sovet davlatida 
bir necha avlod bir katta oila bo‘lib yashashi odatiy xolat bo‘lgan. Zamonaviy 
juftliklar imkon qadar tezroq ota-onadan ajralib chiqib mustaqil yashashaga harakat 
qiladilar;
• Milliy an’analarga qiziqishning kuchayishi. Zamonaviy yoshlar kelib 
chiqishi va ajdodlarini aniqlashga qiziqishi ortmoqda. Ular o‘zlarining shajarasi, 
nasl-nasabini tuzishga intiladilar. Bunday qiziqishning ortishi normal xolatdir. Oila 
shajarasini yaratish milliy an’analarni saqlab qolish va oilaviy aloqalarni 
mustahkamlashga xizmat qiladi.
XXI-
asrda davlatimiz oila institutini rivojlantirishga, uning salohiyatini 
oshirishga, ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Bugungi kunda turmush qurish insonning farovonligi, tayanchi va ko‘makchisi 
mavjudligi belgisidir. Zamonlar o‘zgaradi, lekin erkak va ayol o‘rtasidagi 


munosabatlardagi asosiy qadriyatlar saqlanib qoldi bu sevgi, o‘zaro hurmat, ishonch 
va g‘amxo‘rlikdir. 
Oilaning inson hayotidagi o‘rni. 
Oila bolalar hayotida ktta o‘ringa ega. Oilada 
uarning axoqiy qadriyatlari shakllanadi. Bolalar bog‘chalari, maktablar, maktabdan 
tashqari to‘garak o‘qituvchilari bola ongiga hayotiy ko‘nikmalarni singdirishga 
harakat qilsa ham, ota-onaning bir-biriga munosabati bola shaxsiyatini 
shakllanishida hal qiluvchi o‘ringa ega bo‘ladi.
Ota-onalar, bobo-buvilar bolaning ongiga quyidagi qadriyatlarni singdiradilar: 
• oila a’zolariga mehr berish qobiliyati;
• oilaviy an’analarini bilish va tushunish; 
• odamlarga, shu jumladan, qarama-qarshi jins vakillariga munosabat 
malakasini o‘zlashtiradi; 
• o‘zgalar yordamini qadrlash va o‘zi ham yordam berishga o‘rganadi;
• jamiyatda amal qiluvchi hulq-atvorni o‘zlashtirish va u bilan uyg‘un yashash. 
Inson qarindoshlari va do‘stlari orasida o‘zini himoyalanganligigni his qiladi. 
U o‘zini birovga kerak ekanligini anglaydi va unga o‘z kuch va imkoniyatlariga 
ishonch tuyg‘usini mustahkamlaydi. Uning hayot tashvishlari va sinovlarini 
matognat bilan yengib o‘tishiga yordam beradi. 
Oila – barcha ishlarning ibtidosi bщlib, ajdodlar va avlodlar o‘rtasidagi 
vorisiylikni ta’minlaydi. Jamiyatning bir bo‘g‘ini bo‘lgan oila nikoh, bolalar, 
umumiy uy xo‘jaligi kabi belgilarga ega bo‘lishi zarur. Shunday oilalarda shaxs, 
uning dunyoqarashi, malakasi, a’naviy qadriyatlari shakllanad. Odamlar, jamiyat va 
davlatning vazifasi ana shu hayot o‘chog‘ini saqlab qolish va rivojlantirishdan 
iborat. 
Birinchi savolga xulosa qilib aytganda, oila murakkab ijtimoiy institut bo‘lib, 
inson unda amal qiluvchi qonuniyatlarni anglashga va uni tashkil etish malakasini 
butun umri davomida o‘rganadi. 

Download 392,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish