Tayyorladi: kafedra dotsenti A. V. Narbekov 4-mavzu. Oila tarbiyasi (1-iashg‘ulot) Ma’ruza rejasi: Oilaning belgilari, tuzilishi va vazifalari



Download 392,8 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana13.04.2022
Hajmi392,8 Kb.
#549042
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-мавзу. Маъруза (1-машғулот) (1)

Oilaning funktsiyalari quyidagilardan iborat
:
• Naslni davom ettirish. Reproduktiv funktsiya eng muhimi bo‘lib, tabiiy 
asosga ega. Nikoh tuzishdan maqsad farzand dunyoga keltirish va uni tarbiyalashdir;
• Umumiy moddiy boyliklar yaratish va jamlash. Hamkorlikda xo‘jalik 
yuritish;
• Tarbiya. Farzandlarni o‘qitish va tarbiyalash, ularning ongiga axloqiy 
qadriyatlar, ijtimoiy xulq-atvor normalari singdirish, mustaqil hayotga tayyorlash;
• An’ana va qadriyatlarni saqlab qolish. Ota-ona avlodlarni birlashtirib 
turuvchi rishtalarni saqlab qolish va mustahkamlash, davomiyligini ta’minlash, oila 
tarixini yaratishga mas’uldirlar. Ajdodlar an’analariga sodiq oilalarni ajdodlar 
rishtalari yanada jipslashtiradi, chunki bunday oilalarda avlodlar o‘rtasidagi muloqot 
vujudga keladi. 
Oilaning tuzilishi. 
Jamiyat taraqqiyoti jarayonida oilavning turlari kщpayib 
borgan. Ular quyidagilardan iborat: 
• Oilaviy munsabatlar majburiyati bilan bog‘langan a’zolarning soniga ko‘ra 
- monogam va poligam oilalar. Monogam oila bir ayol va bir erkakning ittifoqidir. 
Poligam oila bir vaqtning o‘zida bir nechta er yoki xotin mavjud bo‘ladi. Hozirgi 
davrda monogam oilalar keng tarqalgan. Monogam oilani din ham qo‘llab-
quvvatlaydi. Xristian dini an’analariga binoan bir erkak va bir ayolning sevgisi 
nikoh bilan mustahkamlanadi. Islomda ko‘pxotinlik ta’qiqlamaydi;
• Qon-qardoshlik aloqalariga ko‘ra - oddiy va nuklear oila turlari. Oddiy 
oilalarda ota-ona va ularning farzandlari birga yashaydilar. Nuklear oilalarda bir 
necha avlod birgalikda umumiy xo‘jalik yuritadilar;
• Bolalarning soniga ko‘ra - farzandsiz, kam sonli bolalari bor va ko‘p bolali 
oilalar; 
• Turmush tarziga ko‘ra - yosh oila xotnning ota-onasi bilan yashasa, 
matrilokal, erning ota-onasi bilan yashasa patrilokal oila deb ataladi. Ota-onalaridan 
alohida yashovchi oila neolokal oila turiga kiradi;
• Boshqaruv shakliga ko‘ra - matriarxat, patriarxat, demokratiya turlariga 
bo‘linadi. Matriarxat oilada ayol hukmronlik qiladi. Oilada mas’uliyatning katta 
qismi ayol zimmasida bo‘ladi. U mustaqil qaror qabul qiladi. Patriarxal oilada 
hokimiyat erkakning qo‘lida to‘planadi. Demokratik oilada er-xotin teng 
mas’uliyatga ega bo‘lib, oilaviy masalalarda birgalikda qaror qabul qiladilar;


• Ijtimoiy mavqeiga ko‘ra oila - yosh, asrab olingan, barqaror shakllangan 
oilarlarga bo‘linadi; 
• Axloqiy-ruhiy holatiga ko‘ra – muvaffaqiyatli, muvaffaqiyatsiz oilalarga 
bo‘linadi; 
• Moddiy ta’minlanganlik holatiga ko‘ra – o‘ziga to‘q yoki kambag‘al 
oilalarga bo‘linadi. Oilaning mulklari, moddiy boyliklari, daromad manbalari 
hisobga olinadi. 
Oila a’zolarining ehtiyojlari, shaxsning rivojlanishi, shuningdek uning 
faoliyatini ta’minlaydigan ma’lum resurslar mavjud bo‘lishi zarur. Oila resurslari 
quyidagilardan iborat:
• Moddiy resurslar. Moddiy resurslarga ko‘chmas mulklar, avtomobillar, 
maishiy jihozlar, qimmatbaho buyumlar, zargarlik buyumlari kiradi. Har bir oila 
ma’lum resurslarga egalik qilishi zarur, chunki ular oilaning faravonligini 
ta’minlashga xizmat qiladi; 
• Mehnat resurslari. Oila ho‘jaligini yuritishda har-bir a’zoning vazifalari 
mavjud. Ular mehnat resurslari deb yuritiladi;
• Moliyaviy resurslar - naqd pul, bank hisoblari, qimmatli qog‘ozlar, aksiyalar, 
depozitlar va h.k.,lardan iborat. Moliyaviy resurslar oila ehtiyojlari uchun moddiy 
resurslarni sotib olish imkoniyatini beradi; 
• Axborot resurslari. Uy yumushlarini bajarish texnologiyalari bilan bog‘liq 
jarayonlarni aks etganligi sababli texnologik resurslar ham deb ataladi. Masalan, ona 
ovqat pishirishni farzandlariga o‘rgatar ekan o‘zaro axborot almashadi. Texnologik 
jarayonlar turlicha ma’no va mazmunga ega bo‘lganligi sababli resurslar ham har xil 
bo‘ladi. Resurslarning o‘ziga xos xususiyati shundaki ular ko‘pincha an’ana 
mazmuniga ega bo‘ladi.
Resurslar kundalik muammolarni hal qilish, maqsadga erishish va 
odamlarning ehtiyojlarini qondirish imkonini beradigan muhim tarkibiy qismdir. 

Download 392,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish