A. M. Nasimov kimyo o‘qitish uslubiyoti amaliy mashg’ulotlarning ishlanmalari



Download 297,09 Kb.
bet1/17
Sana19.02.2022
Hajmi297,09 Kb.
#458876
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
AMALIY MASHGLOT (1)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
A.M.NASIMOV
KIMYO
O‘QITISH USLUBIYOTI
AMALIY MASHG’ULOTLARNING ISHLANMALARI
O‘quv-uslubiy qo‘llanma


AMALIY MASHG’ULOTLARNING ISHLANMALARI,ULARNI O’TKAZISH VA QO’LLASH BO’YICHA USLUBIY TAVSIYALAR

1-amaliy mashg’ulot.Maktab laboratoriyalarida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish. Maktab dasturi asosida dars rejalarini metodik ishlab chiqish.
Kimyodan amaliy mashg’ulot va laboratoriya ishlari o’tkazilganda xalat kiyib olish lozim. Ish stolida ortiqcha narsalar bo’lmasligi va zarur buyumlargina toza holda bo’lishi kerak. Har bir mashg’ulot maxsus daftarga quyidagi tartibda qayd qilib borilishi lozim:
1. Mashg’ulot o’tkazilgan kun, soat va ishning tartib raqami;
2. Mashg’ulot mavzusi;
3. Ish bajarilgan asbob sxemasi;
4. Tajriba bajarilishining qisqacha tavsifi;
5. Reaksiya tenglamalari;
6. Reaksiyalar davomida moddalarda kuzatilgan o’zgarishlar;
7. Yakuniy xulosalar.
Tajribalar tugagach, foydalanilgan moddalarni topshirish, shisha idish va asboblarni tozalash, yuvish va laborantga topshirish lozim.
Kimyodan laboratoriya ishlari va amaliy mashg’ulotlar olib borganda e’tiborsizlik bilan ishlash oqibatida ko’ngilsiz hodisalar ro’y berishi mumkin, ularning kelib chiqishi sabablari asosan me’yoridan ortiq qizdirish natijasida idishdan suyuqlikning otilib chiqishi, shisha idish va tayoqchalarning toza bo’lmasligi, ularning sinishi, natriy metaliga nam va suv tegishi, o’zaro tutashgan naylar orqali bosim o’zgarishida suyuqliklarning idishdan boshqa idishga o’tib ketishi, moddalar bilan noto’g’ri munosabatda ehtiyotsiz muomala qilish kabilar bilan bog’liqdir.
Ko’ngilsiz hodisalarning oldini olish uchun quyidagi mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi kerak: 1. Ish bajarish tartibini puxta o’zlashtirmasdan va tajriba o’tkazish uchun asboblarning to’g’ri yig’ilganligiga ishonch hosil qilmasdan tajribani boshlamaslik kerak.
2. Moddalarni bevosita hidlash, ushlash, ta’mini totish mutlaqo mumkin emas.
3. Tajribalarni iloji boricha mo’rili shkafda o’tkazish kerak.
4. Tajriba davomida termometr sinib qolsa, undagi simobni maxsus usullar bilan tezda yig’ishtirib olish va simob to’kilgan joyda oltingugurt sepish kerak.
5. Natriy metalini kerosin ostida saqlash va ortib qolgan bo’laklarini spirtda eritib bartaraf etish lozim.
6. Yonuvchan va uchuvchan moddalarni tajriba stolida ortiqcha miqdorda saqlamaslik, ularni elektr plita va ochiq alanga mansabidan uzoqda saqlash kerak.
7. Qizdirish maqsadida imkon boricha usti berk isitgich asboblaridan foydalanish lozim.
8. Yong’in chiqqan taqdirda avvalo o’t chiqishiga sabab bo’lgan manba o’chiriladi, so’ngra qum sepiladi yoki yopgich yopiladi. Alangani yoyilish xavfi bo’lsa o’t o’chirishdan foydalanish kerak.
9. Probirka va boshqa shisha idishlarni ehtiyotlik bilan qizdirish va bunda ularning og’zi odam ishlamayotgan tomonga qaratilgan bo’lishi kerak.
10. Kislota va ishqorlar eritmalarni qizdirishda himoya vositalarini kiyib olish, maxsus ko’zoknak taqib olish zarur.
11. Reaksiya olib borilayotgan va qizdirilayotgan idishlarga engashib qarash mumkin emas.
12. Kislotalarni suyultirishda kislotani o’z-o’zdan idish devori bo’ylab suvga quyish kerak.
13. Konsentrlangan kislota va ishqorli kimyoviy pipetka bilan o’lchash man etiladi. Ularni faqat tomizg’ich yordamida o’lchab olish lozim.
14. Kislotalar saqlanadigan idishlarni to’kilmaydigan va sachramaydigan qilib ushlash kerak.
15. Portlovchi aralashma hosil qilish xavfi bor moddalar bilan ishlashda alohida ehtiyot choralarini ko’rish lozim.
16. Ehtiyotsizlik kiyim-kechaklarga, ko’zga, teriga zarar va jarohat yetkazishi mumkin. Shuning uchun nojo’ya harakatlar qilmaslik, moddalar bilan hazillashmaslik lozim.
17. Tajribalar tugagach, gaz, elektr va suv tarmoqlarini berkitish ikerak. Asboblarni o’chirish kerak.
18. Ish joyi doimo toza va ozoda saqlanishini ta’minlash lozim.
Talabalarning kimyo kabinetida ishlash qoidalari
Laboratoriyada konsentrlangan kislotalar, ishqorlar, zaharli moddalar va o’t olib ketish xavfi bor moddalar bo’lganidan talabalar bu yerda nihoyatda tartib saqlashlari kerak.
Ba’zan ruy berib qoladigan baxtsiz xodisalar, aslini olganda, laboratoriyada tartib — qoidalarni buzishdan va reaktiv hamda asboblarni noto’g’ri ishlatishdan kelib chiqadi.
Kimyo kabinetida tartib —qoidalar aniq va ravshan qilib yozilib, ko’rinarli joyga osib qo’yilishi kerak. Qoidalarga aniq rioya qilish kabinetda qilinadigan ishlarning xavf — xatarsiz bo’lishini taminlaydi. Quyida shunday qoidalarning namunasi keltiriladi.
Talabalarning kimyo kabinetida ishlash qoidalari.
Talabalar quyidagilarga qat’tiy rioya qilishlari lozim:
"kabinetdan faqat o’qituvchining ruxsati bilan chiqib ketish
"laborant xonasiga ruxsatsiz kirish uning uchun man qilinganligini unutmaslik
"kabinetga kirishda va undan chiqishda stol ustidagi reaktiv va asboblarni qo’pollik qilib tushirib yubormaslik 'kabinetda hamma vaqt ayni bir ish joyida ishlash
*o’z ish joyini toza tutish, stolda tashlandik narsalarni qoldirmay, ularni Yig’ishtirib alish va belgilangan joyga (tufdonga yoki stollarga ataylab qo’yilgan kosachalarga) tashlash, ish tamom bulgach idishlarni yuvib qo’yish ish paytida stolga xech qanday ortiqcha narsalar qo’ymaslik (stolga ish uchun zarur asbob — reaktivlardan tashqari darslik, daftar, masala va mashqlar to’plami hamda yozuv ashyolari qo’yilishi mumkin)
'kabinet asbob — uskunalarini davlat mulki sifatida extiyot qilib saqlash, har bir asbobga moddiy jixatdan javobgarlik xis qilish 'kabinetda xech narsa yemaslik va ichmaslik ' faqat o’qituvchi belgilab bergan tajribalarnigina o’tkazish, bunda tavsiya etilgan ko’rsatmalarga qatiy rioya qilish
'VODOPROVODAN foydalanish qoidalariga rioya qilish (bo’lar —bo’lmasga jumrakni ochavermaslik, rakovinani iflos qilmaslik), eloktrdan foydalanish qoidalariga amal qilish (elektrdan faqat kerak bo’lgandagi va foydalanish) 'konsentrlangan kislotalar va ishqor erntmalari bilan, o’tta xavflm zaharli moddalar bilan ishlash qoidalarini bilib olish va ular ga rioya qilish o’tga qarshi vositalar, aptechka kabinetnning qayeriga qo’yilganligini bilish va baxtsiz xodisalar ro’y berganda ulardan foydalana bilish.
O’tga qarshi vositalar va baxtsiz xodisalar ruy berganda birinchi yordam. Yurish — turish qoidalari har bir talabaga tushuntirilganlgiga qaramay, kimyo kabinetida ruy berishi mumkin baxtsiz hodisalarga yo’l qo’ymaslik choralarini ko’rib qo’yish kerak. Chunonchi, tez o’t olib ketuvchi moddalar bilan ishlash qoidalarp bo’ziladigan bo’lsa, o’t chiqishi mumkin. Bunday holda sarosimaga tushib qolmay, kabinetda mavjud o’tga qarshi vositalardan darxol foydalanish zarur.O’tga qarshi birinchi galda ishlatiladigan vosita suvdir. Kabinetda suv yetarli miqdorda(chelak yoki ko’zachada) olib qo’yilgan bo’lishi kerak. Birok yonayotgan moddalarning hammasini ham (masalan, benzin, kerosin va shunga o’xshash moddalarni) suv bilan uchirib bo’lmaydi. Bunday holda qumdan foydalaniladi. Qumning qayerdaligini talabalar yaxshi bilishi kerak. Nixoyat ximiya kabinetiga o’t o’chirgich ham qo’yilishi, o’qituvchi uni ishlata oladigan bo’lishi kerak.
Kul yaralanganda yoki qo’yganda birinchi yordam ko’rsatish uchun kabinetda alohida yashik — shkafchada aptechka s aqlanishi va unda quyidagi moddallr kerak.
1. Yod nastoykasi — 5 %li eritma
2. Borat kislota eritmasi ( bir choy qoshiq kislota bir stakan suvda eritiladi).
3. Kaliy permanatning suyultirilgan eritmasi. 4. Soda eritmasi.
5. Novshadil spirtning suyultirilgan eritmasi 6. Sirka kislota — 3%li eritmasi. 7. qo’ygan joyga surkaladigan maz ( zigir moyi bilan oxakli suv )
8. Gigroskopik paxta. 9. Bint va doka.
Bir muncha og’irroq baxtsiz xodisa yuz berguday bo’lsa, darhol vrachga murojaat qilish kerak. Har qanday baxtsiz hodisa uchun o’qituvchi javobgardir.



Download 297,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish