3-amaliy ish. Kimyo va biologiya o’qitish vositalari.
Kimyo va biologiya kabinetining jixozlanishiga qo’yiladigan talablar
Maktab kimyo kabineti — kimyo fanini effektiv o’qitishga yordam beradigan o’quv jihozlari, asbob — reaktivlar bilan ta’minlangan maxsus xonadir. Hamma o’qitish vositalari kabi maktab kimyoviy kabineti o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish maqsadlariga xizmat qiladi.
Kimyoviy kabinetga bo’lgan talablar:
1. Ilmiy — metodik: kimyoviy kabinet kimyo fanining mazmuni, didaktika, psixologiya, tarbiyalash nazariya talablariga javob berishi kerak.
2. Erganomik, gigiyenik va texnik xavfsizligini ta’minlash kerak.
3. Texnik, texnologik va iqtisodiy. Ishlatiladigan asbob va jihozlar sodda, arzon, uzoq vaqt davomiga chidaydigan materiallardan bo’lishi kerak.
4. Maxsus. Kimyo fanini o’qitishda o’ziga xos bo’lgan vositalardan foydalanish uchun maxsus o’quv qurollari. O’quv jihozlarining sistemasi:
1. Tabiiy obyektlar: reaktivlar, idishlar, asboblar, minerallar, metallar to’plami va boshq.
2. Tabiiy obyektlarning tasviri: modellar, maketlar, ekran vositalari.
3. Jadval va sxemalar.
4. O’qitishning texnik vositalari: kinofilm, diafilm, diapozitiv, kodotransparant, audio — videoyozuvlari, o’qitish programmalari, kompyuterlar.
O’qituvchi darsga tayergarlik ko’rishda maxsus laborant xona yordam beradi. Bu xona o’qituvchi va laborantning ish joyi bo’lib, u yerga o’quvchilarni kirishi taqiqlangan. Laborant xonada tarqatuvchi reaktivlar, o’qituvchining kutubxonasi, kartoteka va o’quvchilarning daftarlari turadi. Bundan tashqari maxsus seyfda uchuvchan va zaharli moddalar saqlanadi.
1. Kimyo o’quv-laboratoriya xonasidagi o’quv jihozlarini joylashish tartibi:
1.1. Kimyo o’quv-laboratoriya xonasi texnik xujjatlarining moslik sertifikati va sanitariya-gigiyena sertifikati bo’lgan, Davlat me’yorlariga mos maxsus mebellar komplekti bilan jihozlangan bo’lishi shart.
Xonada:
o’qituvchi ish joyini tashkil etuvchi;
o’quvchi ish joyini tashkil etuvchi;
o’quv-ko’rgazmali qurollarni va o’quv-laboratoriya asbob-uskunalarini saqlash imkonini beruvchi;
texnik vositalarini saqlovchi mebel va jihozlar bo’lishi lozim.
1.2. O’quv-laboratoriya xonasining o’rinlari amaldagi me’yorlarga mos bo’lishi kerak.
1.3. O’quv-laboratoriya xonasi uchun 3 tabaqali sinf doskasi va magnitli doska bilan ta’minlanishi va sinf doskasi xonaning old tomoniga poldan 90 sm balandlikda o’rnatilishi hamda magnitli doska sinf doskasining tepasidan o’ng yoki chap tarafiga ilish uchun moslashtirilish lozim.
1.4. Kimyo o’quv-laboratoriya xonasida o’qituvchi uchun plastik qoplamali kimyoviy jihatdan mustahkam bo’lgan, elektr tokiga va toza suv hamda kanalizasiya tarmog’iga ulangan tajriba (demonstrasiya) stoli va yarimyumshoq stuli o’rnatiladi. Laborant xonasiga plastik qoplamali kimyoviy jihatdan mustahkam bo’lgan 1 ta stol va yarimyumshoq stul joylashtiriladi.
1.5. O’qituvchi stoli 2 yoki 3 ta qism (seksiya)dan iborat bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |