7– modul: qimmatbaho metallar bozori reja



Download 45,34 Kb.
bet1/8
Sana04.11.2022
Hajmi45,34 Kb.
#860271
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-Mavzu


7– MODUL: QIMMATBAHO METALLAR BOZORI
Reja:

  1. Qimmatbaho metallar bozori xususiyatlari. Valyutalar bo‘yicha oltin standart bekor qilingacha qimmatbaho metallar bozori rivojlanishi

  2. Qimmatbaho metallar bozori ishtirokchilari.

  3. Oltin bo‘yicha svoplar turlari



Tayanch so‘z va iboralar: Oltin bozori, oltin savdo opsionlari, qora bozor, erkin bozor, oltinli svop.


1 – savol bayoni: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida moliya bozorida qimmatbaho metallar savdosi keng doirada kuzatiladigan amaliyotlardan biridir. Bunga har bir mamlakatda oltin-valyuta zahirasini muntazam oshirib borishga alohida e’tibor qaratilishi ham bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Valyutalar bo‘yicha oltin standart amal qilgan vaqtda oltinga talab keskin yuqori bo‘lgan va bu o‘z navbatida qimmatbaho metallar bozorida oltinning ulushi keskin yuqoriligiga ham xizmat qilgan. Valyutalar bo‘yicha oltin standart bekor qilingach qimmatbaho metallar bozorida oltinning ulushi nisbatan pasaygan holda kumush, olmos, platina, palladiya va boshqa qimmatbaho metallar bozori ham rivojlana boshladi. Qimmatbaho metallar o‘z xususiyatiga ko‘ra sanoat ishlab chiqarish sohasi mahsuloti hisoblanadi. Qimmatbaho metallarning kamyobligi, ixchamligi, ko‘p marta va uzoq muddat davomida foydalanish mumkinligi, savdo tarmog‘ining rivojlanishi va doimiy talabning mavjudligi moliyaviy aktiv sifatida qimmatbaho metallarning ham qo‘llanilishiga xizmat qiladi.
Shundan kelib chiqqan holda qimmatbaho metallar ikkita funksiyani bajarishini qayd etish mumkin. Qimmatbaho metallardan yombilar va tangalar bank va birja aylanmasi ob’ekti, davlat va xalqaro oltin-valyuta zaxiralari tarkibiy qismi hisoblanishi davlatning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, bank barqarorligini kafolatlash, shuningdek alohida shaxs moddiy jihatdan ta’minlanganligi yuqoriligini belgilab beradi. Jahon bozorida qimmatbaho metallarning strategik roli yuqorida ta’kidlanganidek, bunday aktivlarga talabning yuqori darajadaligi bilan izohlanadi. Xususan, xalqaro darajada oltin yombilari va tangalarining yuqori likvidliligi kapital qo‘yilmalarning asosiy uchta asosiy sohalari o‘rtasidagi tenglikka asoslangan:
- qimmatbaho metallarni qazib olish va ishlab chiqarish;
- zargarlik buyumlari ishlab chiqarish va ular savdosi;
- qimmatbaho metallardan yombilar va tangalarning moliyaviy muomalasi.
Jahonda qimmatbaho metallar bozori oltin bozori, kumush bozori, platina bozori, palladiya bozori va boshqa sektorlar bo‘yicha faoliyat yuritmoqda. Qimmatbaho metallar bozorida aynan qimmatbaho metallar savdo predmeti bo‘lib xizmat qiladi. Ularning bozorga ta’sir ko‘rsatishi yetkazib berayotgan mahsulot hajmiga bevosita bog‘liq hisoblanadi. Qazib olingan qimmatbaho metallar sanoat korxonalari hamda zargarlik ustaxonalari tomonidan tomonidan tayyor mahsulotga, zargarlik buyumlariga aylatiriladi.
Birjalarning qimmatbaho metallar bozorining muhim ishtirokchisi sifatida qaralishi ayrim mamlakatlardagi birjalarda aynan qimmatbaho metallar bilan savdo qilinuvchi seksiyalar mavjudligi bilan izohlanadi. Investorlar ishtiroki esa bunday aktivlar orqali faoliyatni diversifikatsiyalashda namoyon bo‘lishini qayd etish mumkin. “Markaziy banklar qimmatli metallar bozorida ko‘p qirrali o‘rinni egallaydi. Ular oltin bozoridagi eng yirik operatorlar bo‘lib hisoblanadi va bir vaqtda bu oltin bilan savdo qilish qoidalarini belgilab beradi.
Shuni ham ta’kidlash zarurki, zaxira oltinni faol sotish bosh maqsad bo‘lib hisoblanmaydi, ammo zaxiralardan oqilona foydalanishga intilishni namoyish qiladi. Markaziy banklar bozor kon’yunkturasiga katta ta’sir ko‘rsatadi, bu ayniqsa XX asrning 90-yillarida sezilarli bo‘ldi1”. Tijorat banklari tomonidan oltindan ishlangan zargarlik buyumlari garov sifatida qabul qilinganda baholash qiymati to‘liq olinishi asosida kredit ajratilishini ham shu o‘rinda ta’kidlash maqsadga muvofiq. Qimmatbaho metallar bozorida professional vositachilar va dilerlar faoliyati ham muhim hisoblanadi. Bunda ixtisoslashgan kompaniyalar va tijorat banklari vositachilar sifatida ishtirok etadi. Xalqaro metallar bozorida ham hosilaviy instrumentlar ham keng doirada qo‘llaniladi. Bunda svoplar, fyucherslar, opsionlar, forvardlar qo‘llanilishi alohida ahamiyat kasb etadi.



Download 45,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish