7– modul: qimmatbaho metallar bozori reja



Download 45,34 Kb.
bet3/8
Sana04.11.2022
Hajmi45,34 Kb.
#860271
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-Mavzu

Xalqaro oltin bozori – ishtirokchilar soni cheklangan ulgurji bozor bo‘lib, transmilliy bank va moliyaviy korporatsiyalardan iborat yetakchi ishtirokchilarga ega. Bu bozor umumiy bo‘lib, soliq, bojxona cheklovlari yo‘qligi hamda savdo shartlari ishtirokchilar tomonidan belgilanganligi bois yirik bitimlar amalga oshiriladi. Hisob-kitoblar kun davomida va faqat AQSh dollarida amalga oshiriladi. Oltin bozorining asosiy moliyaviy markazlari Nyu-York, Syurix, Frankfurt, Chikago va Gonkong hisoblanadi. London bozori oltin bilan savdo bitimlari va naqd oltin ayirboshlash bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi.
10.30 - 15.00 oralig‘ida belgilanadigan Mashhur “london fisingi” London Billion Brokers jahon bo‘yicha oltinning xalqaro narxi bo‘lib, dunyoning barcha bozorlarida ishtirokchilar tomonidan qo‘llaniladi.
Ichki oltin bozori – bir yoki bir nechta mamlakat doirasida amal qiluvchi, savdo aylanmasi cheklangan bozor bo‘lib, asosan mahalliy investorlar va tezavratorlar uchun yo‘naltirilgan. Hisob-kitoblarda AQSh dollaridan tashqari mahalliy valyutadan ham foydalaniladi. Ichki oltin bozorining asosiy xususiyati narx, soliqlar, aksiiz, tarif, olib kirish va chetga chiqarish bo‘yicha kvotalarning davlat tomonidan tartibga solinishi, shuningdek ma’muriy usullar, tartib-qoidalar kiritilishi hisoblanadi.
Ichki oltin bozoriga davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solinuvchi, mamlakatlar o‘rtasida oltinning erkin harakatini ta’minlovchi ichki erkin bozorlarni ham kiritish mumkin. Eng ahamiyatli bo‘lgan ichki erkin oltin bozorlari Gamburg, Frankfurt-Mayn, Vena, Amsterdam, Parij, Milan, Istambulda joylashgan.
Ichki tartibga solinadigan banklar olib kirish va chetga chiqarish bo‘yicha kvotalarning davlat tomonidan qat’iy tartibga solinishi, progressiv soliqlar qo‘llanilishi natijasida oltin savdosi samarasiz hamda jahon narxidan yuqori belgilanishini e’tiborga olgan holda “qat’iy siyosat” qo‘llaniladigan bozordir. Ichki yopiq oltin bozorlari uchun qazib olingan oltin uchun Milliy banklarning qat’iy narxlari bo‘yicha soliq qaytimi ko‘zda tutiladi. Natijada oltin qazib olish sanoati va shu hududning investitsiya jozibadorligi saqlab qolinadi. Ushbu tipdagi oltin bozorlari Afina, Qohira, Aleksandriya, Saudiya Arabistonida joylashgan.
Qimmatbaho metallar savdosi bo‘yicha muhim markazlardan biri Dubay, Tokio va Istambul hisoblanib, yilliy oltin savdosi bir necha yuz tonnani tashkil qiladi.
Keyingi yillarda oltin savdosi bo‘yicha markazlar ayrim operatsiyalarning Internet orqali amalga oshirilayotganligi bois jiddiy o‘zgarishlarga yuz tutmoqda. Internet texnologiyalari va elektron tijoratning jadal suratlar bilan rivojlanishi chakana va mayda ulgurji savdoning “global o‘rgimchak to‘ri” bo‘ylab amalga oshishini ta’minlaydi. Masalan Kanadaning Kitco kompaniyasi internet texnologiyalari orqali oltin operatsiyalarini kun davomida amalga oshirish imkonini beradi. 1996 yilda Gold & Silver Reserve.Inc kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan dunyoga mashhur E-Gold to‘lov tizimida pul mablag‘lari qimmatbaho metallarga, shu jumladan, oltinga ham korrespondensiya schetiga ega. Bu xususiyat E-Gold ni xalqaro to‘lovlarni samarali amalga oshirish imkonini beradi, chunki foydalanuvchilar hisob raqamlari hech qanday milliy valyuta bilan belgilab qo‘yilmagan. E-Gold tizimida hisob raqam ochio‘ va pul mablag‘i qo‘yish orqali mijozlar o‘zlari tanlagan qimmatbaho metallni saqlash va to‘lov vositasi sifatida foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Oltin kapitalni, boylikni yoki farovonlikni o‘lchashning eng eski va samarali o‘lchovi hisoblanadi. Oltin bilan birga shu maqsadlarda boshqa rangli metallardan ham foydalanilgan. Odamlarning avlodlari bir-birini almashtiradi va barcha uchun oltin pul vazifasini bajarib keldi, keyin pul ekvivalenti bo‘lib hisoblana boshladi. XIX – XX asrlarda iqtisodiyotning rivojlanishiga uning negizida qaror topgan "Oltin standarti" tizimi katta ta’sir ko‘rsatdi. Oltin oldida milliy chegaralar ham chekindi va XX asrning taxminan 70-yillarigacha u jahon valyuta tizimining asosi bo‘lib xizmat qildi, shu munosabat bilan qimmatli metallar bilan bajariladigan operatsiyalar qattiq nazoratga olingan edi. Asosan operatsiyalar monitar hokimiyatlar, davlatlar va xalqaro moliya tashkilotlari darajasida amalga oshirilar edi.
Biroq tizimda to‘planib qolgan ziddiyatlar natijasida sifat jihatidan o‘zgarishlar yuz berdi va valyuta kurslari qad qilingandan o‘zgaruvchi kurslarga aylandi. Natijada, oltinning roli o‘zgardi, yuridik jihatdan u jahon valyuta aylanmasidan chiqib ketdi. Oltin bilan bitimlarning liberallashuvi boshlandi, xususiy shaxslarning metallga egalik qilish huquqi kengaydi. Qimmatli metallar bozori butunlay o‘zgarib ketdi, bozorning tuzilmasi ham, uning ishtirokchilari tarkibi ham, bozordagi operatsiyalar spektri ham o‘zgardi.
Hozir oltin to‘lov vositasi sifatida boshqa ishlatilmaydi, biroq u iqtisodiy munosabatlar tizimini tark etgani ham yo‘q. Bugungi kunga kelib jahon oltin bozori davlat tomonidan juda kam tartibga solinadigan ichki va xalqaro bozorlar yig‘indisidan iborat. Bu qimmatbaho metallning o‘zi bilan ham, hosilaviy vositalar bilan ham kunu-tun va global savdo qilishni ta’minlaydi.
Jahon oltin bozorida talab tuzilmasini shartli ravishda uchta sektorga ajratish mumkin – barcha darajalarda tezavratsiya, sanoat-maishiy iste’mol, chayqovchilik bitimlari. Taklif yangi qazib olingan qimmatli metallar, xususiy va davlat zaxiralarini sotishdan, ikkilamchi oltinni bo‘lgan xomashyoni qayta ishlash va kontrabandadan iborat. Taklifning asosiy manbalari yangi oltinni ishlab chiqaruvchilar, asosiy xaridorlar - uni sanoat maqsadlarida foydalanuvchilar hisoblanadi. Bularning ikkalasi ham turli omillar munosabati bilan bozorda muntazam paydo bo‘lmaydi. Ammo qimmatli metallar bozoridagi ko‘tarilishlar va tushishlar to‘g‘risida biz keyinroq gaplashamiz.
Xalqaro oltin bozorlari Syurix, Gonkong, London, Nyu-York, Dubay kabi shaharlarda joylashgan. Xalqaro bozorlarning uncha ko‘p bo‘lmagan ishtirokchilariga nisbatan yuqori talablar qo‘yiladi. Bunday ishtirokchilar odatda obro‘si yuqori va moliyaviy ahvoli yaxshi bo‘lgan ixtisoslashgan kompaniyalar va yirik banklardir. Qimmatbaho metallar bilan yirik operatsiyalar bozorlarda kunu-tun o‘tkaziladi, bu esa oltinga aloqasi bo‘lgan keng tarmoqlangan mijozlar tarmog‘i bilan ta’minlanadi. Operatsiyalar qat’iy tartibga solinmagan, qoidalarni bozor ishtirokchilarining o‘zlari belgilashadi. Oltinning ichki bozorlari - bular bitta yoki bir nechta mamlakatning bozorlari bo‘lib, ular asosan mahalliy investorlarga mo‘ljallangan. Ular erkin va tartibga solinuvchi bozorlarga bo‘linadi. Erkin bozorlarga ko‘pchilik Yevropa bozorlari, masalan, Milan, Parij, Amsterdam, Frankfurt-na-Maynedagi bozorlar kiradi.

Download 45,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish