7– modul: qimmatbaho metallar bozori reja



Download 45,34 Kb.
bet2/8
Sana04.11.2022
Hajmi45,34 Kb.
#860271
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-Mavzu

2 – savol bayoni: Zamonaviy moliya bozori nisbatan mustaqil hisoblangan segmentlardan iborat ko‘p qobiqli tizim bo‘lib, har bir segment bir turdagi moliyaviy aktivlardan tashkil topgan. Shunday segmentlardan biri qimmatbaho metallar bozori hisoblanadi.
Qimmatbaho metallarga oltin, kumush, platina va platina guruhi metallari (palladiy, rodiy, ruteniy, iridiy, osmiy) taalluqli bo‘lib, yuqori qiymati, kimyoviy barqarorligi, tayyorlangan buyumlarning tashqi ko‘rinishi nafisligi bilan ajralib turadi. Ular xalqaro moliya bozorida tijorat ob’ekti hisoblanadi. Nazorat qilinadigan bitimlar oltin, kumush, platina (bank metallari) bilan amalga oshiriladi, boshqa metallar ba’zida yoki ixtisoslashgan firmalar tomonidan kotirovka qilinadi.
Qimmatbaho metallar bozorida asosiy rolni oltin bajaradi, chunki u asrlar mobaynida pul sifatida umumiy ekvivalent vazifasini bajarib kelgan. Turli davrlarda oltinning vazifasi va funksiyasi davlatlarning iqtisodiy siyosatiga muvofiq holda o‘zgarib turgan.
Merkantelizmning dastlabki davrlarida oltin jamg‘arish funksiyasini bajargan va oltin zahirasini ko‘paytirish maqsadida mamlakatdan oltinni olib chiqish qat’iy ta’qiqlangan edi. Yevropada manufaktura (qo‘l mehnati)ning rivojlanishi bilan davlatlar import-eksport operatsiyalarini kengaytirish orqali savdo-iqtisodiy munosabatlarni rag‘batlantirdi, natijada oltin muomala vositasi funksiyasini bajardi. Kapitalistik munosabatlarning vujudga kelishi davridda savdo ayirboshlash munosabatlarida oltin qiymat o‘lchovi sifatida qaralib to‘lov funksiyasini baajargan. U metall pul mavqeiga ega bo‘lib, 19-20 asrda oltin standart tizimiga asos bo‘lib xizmat qilgan. Biroq, qog‘oz va metall pullardan keng foydalanish natijasida oltinning bu funksiyasi o‘z ahamiyatini yo‘qotib bormoqda. Pul muomalasining erkinlashtirilishi sharoitida oltindan 1970 yilga qadar jahon zahira aktivi sifatida foydalanildi. Ushbu davrda qimmatbaho metallar bilan bilan operatsiyalarni tartibga solishning ikki tizimi bilan ajralib turadi. Oltin harakatining asosiy hajmi mamlakatlarning monetar organlari va xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan amalga oshirildi. Xususiy sektorning metallar bilan operatsiyalar amalga oshirilishi sezilarli darajada cheklangan edi. Hattoki erkin iqtisodiyot deb tan olingan AQShda ham jismoniy shaxslar 1975 yilga qadar oltinni yombi shaklda egalik qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan.
Rasmiy ravishda oltinning naqd ayirboshlashdan chiqib ketishi 1944 yilda Bretton-Vuds xalqaro konferensiyasi qarori bilan amalga oshirildi. Mazkur qarorga asosan oltin mamlakatlarning to‘lov balansi taqchilligini qoplash vazifasini bajaradi. Pul birliklarining oltinga konvertatsiyalashuvi saqlab qolindi, faqat AQSh dollarida tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish bundan mustasno edi.
Yangi tizimni mustahkamlash va tartibga solish, davlatlararo pul-kredit hamkorligini kengaytirish va moliyaviy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida hukumatlararo tashkilot – Xalqaro Valyuta Fondi (IMF) tashkil qilindi. Uning dastlabki oltin kapitali (balansi) 1246,1 tonna oltin miqdorida ishtirokchi mamlakatlar moliya zahirasining 25% miqdorida yoki tashkilotga a’zo bo‘lgan kundagi 10% oltin bilan qoplangan dollari miqdorida belgilandi. Bunda Fonddagi eng katta kvota AQShga berildi.
Oltin to‘laligicha davlat hukumati ixtiyoriga o‘tdi va milliy boylik ramzi, shuningdek yakuniy zahira bo‘lib qoldi. Bunday holat AQShning jahon moliya bozorida mutloq ustunligini, oltin bilan konvertatsiyalangan qat’iy belgilangan kurs (1934 yildan 1974 yilga qadar AQSh dollari 0,888671 g oltinga yoki bir troya unsiya oltin 35 AQSh dollariga teng) bo‘yicha boshqa mamlakatlarga o‘z milliy valyutasida qarz berish va qarzlarni qoplash imkoniyatini yaratib berdi. Shu davrdan boshlab AQSh dollarining jahon iqtisodiyotini ekspansiya qilish davri boshlandi. Ushbu davrni oltinga yoki AQSh dollari hamda funt sterlingdagi valyuta zahiralariga asoslangan “oltin devis standarti” davri deb atash ham mumkin. Ushbu davr 1971 yilda AQShning milliy valyutani oltinga ayirboshlashni rasman rad etishi bilan o‘z yakuniga yetdi.
Tizimdagi turli nomutanosibliklarning kelib chiqishi uning sifat o‘zgarishlariga yuz tutishini ta’minlab berdi. Qat’iy belgilangan valyuta kurslaridan erkin (suzib yuruvchi) kurslarga o‘tildi hamda oltinning pul funksiyasining susayishiga olib keldi. 1976 yildagi Yamayka konferensiyasi oltinning tovar toifasiga kiritilishi va pul muomalasidagi ishtirokini cheklashni huquqiy jihatdan mustahkamladiyu
20-asrning oxiriga kelib oltin jahon valyuta tizimidan rasman chiqib ketdi va xususiy sektorning oltin muomalasidagi ishtirokining rivojlanishiga kuchli turtki berdi. Oltin bozori ishtirokchilari va bozor tuzilmasi tub o‘zgarishlarga uchradi, qimmatbaho metallar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar turi kengaydi.
Oltin bozori – bugungi kunda xalqaro hisob-kitoblarda valyuta sifatida foydalanish, sug‘urta, investitsiyalash, narx tafovuti bo‘yicha chayqovchilik qilish, tezavratsiya, sanoat va maishiy iste’mol maqsadida oldi-sotdi jarayonida ishtirok etuvchi turli darajadagi tashkilotlar (jahon, mahalliy, ichki) o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zida aks ettiruvchi murakkab tashkiliy tizimni ifodalaydi.
Amalga oshiriladigan operatsiyalar hajmi, turi, rejimi, davlat tomonidan cheklanishiga ko‘ra oltin bozorining uchta asosiy turini ajratib ko‘rsatish mumkin:
− xalqaro;
− ichki, erkin va tartibga solinuvchi;
− yashirin.

Download 45,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish