3 – savol bayoni: Spot bozori. Metallni oldi-sotti qilishning joriy operatsiyalari bitim tuzilgan kundan keyin 2-ish kunida valyutalash sanasi (metall va valyutani hisobdan chiqarishni belgilash sanasi) bilan "spot" sharti bilan amalga oshiriladi. Joriy amallarning xalqaro bozori spot-bozori (spot market) deb ataladi. Spot shartlaridagi lotning stardart o‘lchami besh ming troya unsiyasini tashkil etadi (Troya unsiyasi - jahon amaliyotida umum qabul qilingan qimmatli metallarning og‘irligini o‘lchovi bo‘lib, u 31,1034807 grammni tashkil etadi). Mazkur amallarni bajarishdan maqsad kredit tashilotining qimmatbaho metallar ofndini shakllantirish yoki mijozlar buyurtmasini bajarish hisoblanadi. Tabiiy oltin bilan narx parametrlarini aniqlash uchun tayanch nuqtasi London bozori narxi, loko London ("loko" atamasi metallni yetkazib berish joyini anglatadi. Qimmatbaho metallar bilan bitim tuzishning muhim sharti hisoblanadi).
"Swap" turidagi amallar Mazkur atama iqtisodiy adabiyotda tez-tez foydalaniladi. Oltin bozoriga nisbatan qo‘llanilganda u bir vaqtda teskari bitimni amalga oshirish bilan metallni oldi-sotti qilish kabi talqin qilinishi mumkin. Mazkur bitimlarning hajmi spot turidagi amallar hajmidan ortadi, chunki oltin svoplar qimmatbaho metallar bozorining holatiga spot bitimlari kabi uncha kuchli ta’sir qilmaydi. Bu amallar bo‘yicha standart bitim 32 ming unsiyani (1 tonnani) o‘z ichiga oladi.
Amalda oltinli svoplarning uch turini ajratish qabul qilingan:
Vaqt bo‘yicha svop (moliyaviy svop). Bu svop amalining mumtoz turidir. U naqd va shoshilinch kontrbitimning qo‘shilishidan iborat: aynan bir xil miqdordagi metallni spot shartida xarid qilish (sotish) va forvard sharti bilan sotish (xarid qilish). Ancha yaqin bitimbitimning ijro etilishi sanasi valyutalash sanasi deb aytiladi, muddati bo‘yicha ancha uzoqlashtirilgan ijro etish sanasi esa - svopni tugatish sanasi deb aytiladi. Bitim amalda istagan muddatga tuzilishi mumkin: bir kundan bir necha yilgacha bo‘lgan muddatga. Svop bitimining odatdagi muddatlari 1, 3, 6 oy va bir yil hisoblanadi. Operatsiyaning mohiyati svop muddati o‘tishi bilan oltinni sotib olish huquqini saqlab qolgan holda oltinni valyutaga konvertatsiya qilish imkoniyatidan iborat. Shartnomaning amal qilishi muddati oxirida tomonlar bitimning muddatini uzaytirish yoki teskari hisob-kitoblarni amalga oshirib svopni bekor qilish to‘g‘risida kelishib olishlari mumkin. Keyingi yillarda svop operatsiyalari keng ommalashdi. Dastavval, shu usulda mablag‘larni jalb qilish dollarli depozitlarni jalb qilishga qaraganda foydali ekanligi ravshan, chunki svoplar bo‘yicha foizli stavkalar ancha past. Bundan tashqari, oltinni zararsiz jalb qilish imkoniyati yaratilib, bundan bank, masalan, metall hisob-varaqlari bo‘iycha qoldiqlarni boshqarish uchun foydalanish mumkin. Nihot, bu operatsiyalar markaziy banklar o‘rtasida ommabopdir. Bu hol, o‘z oltin zahiralarini konvertatsiya qilishni istab, ular o‘z harakatlari oltin bozoriga jiddiy ta’sir qilmasligidan xavotir olmasalar ham bo‘ladi; bevosita sotuvlar o‘rniga bozorda oltin kontragentlar o‘rtasida ko‘chib yuradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |