1-mavzu: ma’naviyatshunoslik fanining predmeti va uning jamiyat hayotidagi ahamiyati reja



Download 108,28 Kb.
bet1/9
Sana26.04.2022
Hajmi108,28 Kb.
#584004
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 мавзу (1)


1-MAVZU: MA’NAVIYATSHUNOSLIK FANINING PREDMETI VA UNING JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI
Reja:

1. Ma’naviyatshunoslik fanining predmeti, mazmun-mohiyati, jamiyat hayotidagi o‘rni.


2. Ma’naviy barkamol inson tushunchasi, uning sharqona ta’rifi.
3. Madaniyat, ma’rifat, ma’naviy meros, mafkura va ma’naviyatning o‘zaro bog‘liqligi
4. Mustaqillik yillarida ma’naviyatga berilayotgan e’tibor.
5. Sh. Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasi va yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusi.


Tayanch so‘z va tushunchalar:
Ma’naviyat, ma’naviyatshunoslik, ma’naviy barkamollik, madaniyat, ma’rifat, mafkura, mustaqillik, nazariya, metodologiya, meros, qadriyatlar, ma’naviyat, barkamol avlod, tarixiy xotira, negiz, o‘zlikni anglash, umuminsoniy, alloma, taraqqiyot, milliy-ma’naviy tiklanish, milliy-ma’naviy yuksalish, madaniyat, mafkura, milliy g‘oya, ma’naviy va madaniy meros, konseptual g‘oya, milliy taraqqiyot, besh muhim tashabbus.

Ma’naviyatshunoslik turli davrlarda turlicha atab kelingan, mohiyatan, «Odobnoma», «Dilnoma», «Saodatnoma» «Ilmi ravish», «Ilmi axloq», «Axloq ilmi» (Etika) fanlari bilan juda yaqin munosabatda bo‘lgan qadimiy, ayni damda zamonaviy fan bo‘lib hisoblanadi. Ma’naviyat - juda keng qamrovli tushuncha bo‘lib, uni bir jumlada ifodalash nihoyatda mushkul. U inson faoliyatining barcha qirralarini, uning yaqqol ko‘zga tashlanuvchi zohiriy va yashirin, ichki ruhiy - botiniy tomonlarini ham qamrab oladi. Ma’naviyat - insonni jamiki boshqa mavjudotlardan ajratib turadi. Inson – koinotning mehvari, barcha mavjudotlarning gultoji deyilganda uning yuksak ma’naviyat egasi bo‘la olish imkoniyati nazarda tutiladi. Bu imkonni boshqa jonzotlarda ko‘rmaymiz.


Moddiy narsalar odamga jismoniy oziq va quvvat bersa, ma’naviyat unga ruhiy oziq va qudrat bag‘ishlaydi. Faqat moddiy jihatdan ta’minlanish bilan kifoyalanish - ongsiz va ruhsiz maxluqotlarga xos. Ma’naviyatga intilish esa ruh va ong egasi bo‘lmish odamzotgagina xos fazilatdir. Ma’naviyat odamning ruhiy va aqliy olami majmui kabi murakkab ijtimoiy hodisadir.
Ma’naviyat ko‘proq inson qalbiga, botiniy tomoniga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Shu ma’noda ma’naviyat inson qalbidagi ilohiy bir nur sanaladiki, bu ilohiy nur hech bir jonzotda yo‘q. Ma’naviyat shunday sehrli tilsimki, uni tugal yechishga bashar qudrati yetmaydi. Shunday ekan, «ma’naviyat» tushunchasiga bir yo‘la mukammal ta’rif berishga urinmaslik kerak, balki uning ba’zi alohida jihatlarini aks ettiruvchi ta’riflarni berib maqsadga muvofiqdir.

Download 108,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish