1-mavzu: ma’naviyatshunoslik fanining predmeti va uning jamiyat hayotidagi ahamiyati reja


Ikkinchi tashabbus - yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan



Download 108,28 Kb.
bet9/9
Sana26.04.2022
Hajmi108,28 Kb.
#584004
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 мавзу (1)

Ikkinchi tashabbus - yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan. Yoshlarni jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat, sportga oshno qilish - hartomonlama sog‘lom avlodni kamolga yetkazish demakdir.Chunki faqat qaddi-basti tik, jismonan baquvvat va sog‘lom, ruhan tetik, aqlan raso o‘g‘il-qizlargina komillikka da’vogar bo‘ladi.
Uchinchi tashabbus - aholi va yoshlar o‘rtasida komp’yuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. Ertamiz egalarining hozirgi axborot texnologiyalari asrida zamon bilan hamnafas shashiga imkon yaratadi. Bugun komp’yuter– qog‘oz-qalam, kal’kulyator, televizor, gazeta darajasidagi yangi vosita, o‘quv quroli. zamonaviy bilim manbai. Internet – butunboshli xalqaro kutubxona, cheksiz imkoniyatlar dunyosi. Jahonga yuz tutayotgan O‘zbekiston farzandlari tengdoshlaridan ortda qolmasin, desak, ular shu vositalarni qo‘llash ko‘nikmasini egallashi shart.
To‘rtinchi tashabbus - yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish to‘rtinchi tashabbusning asosini tashkil etadi. Zero, yuksak did, yuksak farosatga ega, jismonan sog‘lom, zamonaviy axborot texnologiyalarini puxta egallagan yoshlarimiz, albatta, ilmli, ma’rifatli bo‘lishi kerak. Bilim, tafakkurni shakllantirish manbai esa – kitob. Usiz kamolotga, ma’rifatga, ma’naviyatga erishib bo‘lmaydi.
Beshinchi tashabbus - xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan beshinchi tashabbusning ahamiyati ham cheksiz. Uning mohiyatida jamiyatda xotin-qizlar o‘z o‘rniga, mavqeiga ega bo‘lsin, degan ezgu maqsadlar mujassam. Bu gender tengligi, munosib mehnat tarbiyasi, ayollarimizni mehnatga oshno qilish uchun birlamchi sharoit bo‘lgan yangi ish joyi degani.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganidek “Besh ijobiy tashabbus” doirasida boshlangan ishlarimiz tobora keng tarqalmoqda, xalqimiz bu harakatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda. Xususan, xotin-qizlar bandligini oshirishga doir beshinchi tashabbus bo‘yicha 2019-2020 yillarda har bir tumanda tikuv-trikotaj korxonalarini qurish va ayollar uchun qariyb 57 mingta yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutilmoqda. Bu loyihalar o‘zining dastlabki natijalarini bermoqda. Lekin ularning samarasini oshirish uchun hali ko‘p ish qilishimiz kerak.
Bir so‘z bilan aytganda, besh tashabbus – nozik did, keng tafakkur va dunyoqarashga ega, jismonan va ruhan sog‘lom farzandlarimizning o‘z kelajagini ishonch bilan qurishlari hamda Vatan ravnaqiga hissa qo‘sha oladigan yetuk inson bo‘lib yetishishlariga mustahkam zamindir. Besh tashabbus – madaniyat, ma’rifat, ma’naviyat va sport, komp’yuter va axborot texnologiyalari va yangi ish o‘rinlarini o‘zida birlashtirgan yagona innovatsion hudud, makon, muhit demakdir.
Besh tashabbus – shaxs kamoloti uchun zarur bo‘lgan 5 muhim omilni, xususiyat, xislat, fazilatni shakllantirish uchun yagona makonda barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish demakdir. Besh tashabbus―Yurtimizga xizmat qilishda vijdonli, insofli va halol bo‘lishimiz shart!- deya qat’iy ahd qilgan, zehni o‘tkir, madaniyatli, vijdonli, vatanparvar, jismonan chiniqqan, kreativ fikrlaydigan, dunyodagi ilg‘or tengdoshlari bilan raqobatlasha oladigan yoshlarni tarbiyalash demakdir. Xulosa qilib aytganda, besh tashabbus – yangilanayotgan O‘zbekistonning yangi avlodini shakllantirishning eng maqbul paradigmasi – konsepsiyasidir.
Xullas, mustaqillik yillari biz uchun o‘zbek tilining xalq va davlat hayotidagi asosiy ahamiyati va o‘rnini tiklash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Shu tariqa millatning qadr-qimmati, mustaqil davlatimizning qadr-qimmati mustahkamlandi, maktablar va oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek tilini rusiyzabon yoshlarning o‘rganishi uchun ham katta imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Bugungi kunda mustaqilligimiz ta’minlandi, millatimiz qadrini, g‘ururini, or-nomusini, milliy-ma’naviy merosimizni tiklash borasidagi harakatimiz Prezidentimiz rahnamoligida haqiqatga aylandi. Bu haqiqat. Bundan hech kim, xatto muxoliflarimiz ham ko‘z yumolmaydi. Bu muvaffaqiyatlarimiz o‘tmishda faqat orzu edi, xolos.
Qilingan ishlar, ma’naviy merosimizni o‘zlashtirish, milliy o‘zligimizni anglash va boshqa ko‘plab ma’naviy hayotimizda sodir etilgan o‘zgarishlar mustaqilligimizning mevasi hisoblanadi. Shuning bilan bir qatorda milliy-ma’naviy tiklanish borasida ko‘lami jihatidan juda katta vazifalar turibdi. Biz millatimiz tarixi va merosini chuqur o‘rganishimiz lozim bo‘ladi. Yurtboshimiz tomonidan amalga oshirilgan barcha ishlar xalqimizning qaddini ko‘tarmoqda, o‘zligini anglashga va mamlakatimizning rivojlanishiga xizmat qilmoqda, millatimiz abadiyligini mustahkamlamoqda.
Mazkur mavzuda ma’ruza o‘qilganda yuqorida keltirilgan har bir g‘oyaning mohiyati va mazmunini tushuntirishda o‘qituvchi masalani har tomonlama kengaytirgan holda talabalarga yetkazishga e’tiborini qaratishi lozim bo‘ladi. Eng muhimi, talabalar o‘qilgan ma’ruzadan kelib chiqqan holda, bu masalalarni kengroq, chuqurroq o‘rganib, amaliy mashg‘ulotlarda, referat yozishda mustaqil fikr yuritish hamda chuqur o‘zlashtirishlari lozim.



1 Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. 1-том. -Тошкент: Ўзбекистон, 2017.

2 Туркистон газетаси, 1999 йил февраль.

3 Жалолов А. Мустақиллик масъулияти. Тошкент:, Ўқитувчи, 1996, 29-бет.

4 Мулоқот. 1997, № 5, 15-бет.

5 Иброҳимов А., Султонов Х., Жўраев Н. Ватан туйуғси. Тошкент:, Ўзбекистон, 1996, 111-бет.

6 Эркаев А. Маънавият – миллат нишони. Тошкент. Маънавият, 1997, 27-бет.

7 Имомназаров М. Маънавиятимизнинг такомил босқичлари. Тошкент: Шарқ, 1996, 6-бет.

8 ўша муаллиф. Миллий маънавиятимиз назариясига чизгилар. Тошкент: Шарқ, 1999, 14-бет

9 Юсупов Э. Инсон камолотининг маънавий асослари. Тошкент: Университет, 1998, 34-бет.

10 Қаранг: Каримов И.А. Ўзбекистон: Миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. Тошкент, Ўзбекистон, 1993, 74-бет.

11 Отамуратов С. Глобаллашув ва миллат. Тошкент.: Янги аср авлоди. 2008.

12 Қаранг. Юсупов Э. Инсон камолотининг маънавий асослари. 60-бет.

13 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. Тошкент: Шарқ, 1998, 2-бет.

14 Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. (Нутқлар, мақолалар суҳбатлар). Т: Ўзбекистон, 1993, 79-бет.

15 Каримов И.А. Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда. Т: Ўзбекистон, 1999, 17-бет.

16 Қаранг. Ўзбекистон ХХI асрга интилмоқда. Тошкент, «Ўзбекистон», 2000 й. 232-233 бетлар.

Download 108,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish