1-mavzu: ma’naviyatshunoslik fanining predmeti va uning jamiyat hayotidagi ahamiyati reja



Download 108,28 Kb.
bet6/9
Sana26.04.2022
Hajmi108,28 Kb.
#584004
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 мавзу (1)

Sivilizatsiya har bir xalqning yoxud jamiyatning, tarixiy bosqichning o‘ziga xos tarixiy-madaniy rivojlanishi, shakllangan qadriyatlari, tafakkur taraqqiyoti hisoblanadi. Hozirgi davrda ilmiy adabiyotda uni «Sharq» va «g‘arb» sivilizatsiyasiga bo‘lish qabul qilingan. Insoniyat tarixidagi bu sivilizatsiyalar hind, konfutsiylik, buddaviylik, musulmon yoki katolik, pravoslav va hokazolarning paydo bo‘lishi shaklida namoyon bo‘lgan.
Bugungi sivilizatsiya insoniyatning olamni bilishi, undan umum-bashariy manfaatlari yo‘lida foydalana bilishi, har bir halqning umuminsoniyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ma’naviyati va ma’rifati shaklida namoyon bo‘lmoqda.
Shunday qilib, madaniyat, ma’naviy meros, sivilizatsiyalar yutug‘i jamiyat va inson ma’naviyatining rivojlanishida, ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazishda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o‘tmishda toptalgan ma’naviy merosimizni tiklashga qat’iyan kirishildi.
Ma’naviyat va mafkura bir-birlari bilan mustahkam bog‘langandir. Ma’naviyat insonning ruhiyati, o‘zini-o‘zi anglashi, yuksaklikka intilishidagi salohiyati bo‘lsa, mafkura - ma’lum bir davlat, jamiyat, millat, sinf va ijtimoiy guruhlar huquqiy, falsafiy, badiiy, diniy g‘oya, nazariya va qarashlar tizimi hisoblanadi.
Mafkuraning ma’naviyatda tutgan o‘rni shundaki, u inson, jamiyat, yoxud millat yoki guruhlarning intilishlari, ruhiyatlari va kayfiyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Ma’naviyat singari mafkuraning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda kattadir. Mafkura faqat bugun emas, balki hamma zamonlarda ham eng dolzarb siyosiy-ijtimoiy masala, har qanday jamiyatni sog‘lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o‘z muddaolariga erishishi uchun ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan poydevor bo‘lib kelgan. Mafkura jamiyat taraqqiyotida quyidagi vazifalarni bajaradi: birinchidan, davlat rivojlanishining iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalaridagi vazifalarni o‘zida mujassamlashtiradi; ikkinchidan, bir davlat, bir mamlakat miqyosida barcha fuqarolarni, turli millat, elat, sinflar va ijtimoiy guruhlarni bir g‘oya va maqsad sari birlashtirishga xizmat qiladi; uchinchidan, davlat olib boradigan ichki va tashqi siyosat g‘oyalarini o‘zida mujassamlashtirib, uni fuqarolarga targ‘ib etadi; to‘rtinchidan, davlat doirasida yashayotgan fuqarolarni yaratuvchilik, bunyodkorlik, ijodkorlik faoliyatlarini faollashtiradi va ularni jamiyat maqsadlariga yo‘naltiradi; beshinchidan, xalqning orzu-umidlarini o‘zida ifoda ettiradi, jamiyatda mavjud bo‘lgan muammolarni hal qilish uchun butun jamiyat va fuqarolarni harakatga keltiradi; oltinchidan, mafkura jamiyatda ma’lum siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy qarashlarni shakllantiradi.
Jamiyatning, jamiyat a’zolarining mustahkam va ravshan mafkurasi, g‘oyasi, maqsadi bo‘lmasa, inqirozga yuz tutadi. Insoniyat tarixida davlatlar va jamiyatlar paydo bo‘libdiki, ularga egizak holda mafkuraviy qarashlar ham shakllangan. Boisi - mafkurasiz davlat yoki jamiyat bamisoli hech bir maqsad-rejasiz, tavakkal qilib yo‘lga chiqqan odamga o‘xshaydi. Yo‘lga chiqdingmi - manzil, maqsad aniq bo‘lmog‘i kerak. Mafkura milliy g‘oya xalqni-xalq, millatni-millat qiladigan, uning istiqbol yo‘llarini yuksak maqsad va e’tiqod nurlari bilan yoritadigan qudratli ma’naviy omil, deb ta’rifladilar. Mafkura - umummilliy, umumxalq ahamiyatiga ega g‘oya bo‘lib, u xalqni, millatni birlashtiruvchi, umumsafarbarlikka da’vat etuvchi kuch ekanligini ta’kidladilar. Inson, uning qadr-qimmati, farovonligi, Vatanimizning yorqin kelajagi bizning milliy g‘oyamiz, milliy mustaqillik mafkuramizning negizini tashkil etadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqadigan bo‘lsak, ma’naviyat mafkurasiz rivojlana olmasligini ko‘ramiz. Chunki, inson ruhiyatini shakllantirish, milliy qadriyatlarni tiklash va jamiyat maqsadlarini amalga oshirishda mafkura harakatga keltiruvchi kuch sifatida katta ahamiyat kasb etaveradi.
Xullas, mafkura - umummillatga, umumxalqqa, butun jamiyatga taalluqli ulkan g‘oyalar birligidir. Ammo uning ildizlari har bir insonning qalbida, vijdonida, iymonida, aql-idroki va tafakkurida. Shu bois, haqiqiy, hayotiy, chuqur insoniy mafkurasi bor xalq, mamlakat va jamiyat qudratlidir.



Download 108,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish