1-mavzu: ma’naviyatshunoslik fanining predmeti va uning jamiyat hayotidagi ahamiyati reja



Download 108,28 Kb.
bet8/9
Sana26.04.2022
Hajmi108,28 Kb.
#584004
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 мавзу (1)

Tayanch so‘z va tushunchalar:
Mustaqillik va ma’naviyat; ma’naviy barkamol avlod; aqliy zakovat va ruhiy-ma’naviy salohiyat ma’rifatli insonning ikki qanoti; komil inson; sog‘lom avlod; to‘g‘rilik, halollik, poklik, vatanparvarlik, insonparvarlik, ezgulikka yo‘llash; sog‘lom avlod – jisman baquvvat, ma’naviy boy, aqliy rivojlangan, axloqiy pok, ma’rifatli inson; mustaqillik tafakkuri; milliy iftixor; milliy g‘urur; millatparvarlik; komil inson – jamiyatning tirik vijdoni; komil inson – halollik va poklikning oliy timsoli.

O‘zbek xalqi 130 yilcha mustamlakachilik istibdodi ostida yashadi. Bu davr mobaynida uning milliy-ma’naviy merosi paymol etildi, tarixi soxtalashtirildi, ilmiy, madaniy binobarin ma’naviy merosga niglistik qarash hukm surib cheklab qo‘yildi. Xalqimizning ongi sal bo‘lmasa ijtimoiy adolatsizlik, ma’naviyatsizlik, nopoklik va yovuzlikka qarshilik ko‘rsatolmay yuvvosh yashayverishga ko‘nikib qolayozgan edi. Uzoq yillar mobaynida mustamlaka iskanjasida kun kechirgan xalqimiz o‘z tarixiy-ma’naviy merosidan to‘laqonli, erkin-emin foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘lib keldi.


Mustaqillikka erishishimizdan avval: kim Imom al-Buxoriy, Xo‘ja Ahmad Yassaviy, Imom at-Termiziy, Najmiddin Kubro, Abu Mansur Moturudiy, al-Marg‘inoniy, g‘azzoliy, Naqshband kabi allomalarimizning nomini tilga olar, ular qoldirgan boy ma’naviy merosni o‘rganish imkoniyatiga ega edi? Kim Qur’oni Karimni, Hadislarni, dinu-islomni erkin o‘qiy va o‘rgana olardi? Kim Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur Mirzo singari ma’naviy madaniyatimizning yulduzlari bo‘lgan buyuk zotlar nomini erkin-emin tilga olar edi? Kim Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Usmon Nosir, Fitrat, Behbudiy kabi ma’rifatparvar, millatparvar bo‘lgan ulug‘ zotlarni eslay olardi?
Bu kabi savollarning son-sanog‘i yo‘q. Mana shularning o‘zi ham milliy ma’naviyatimizning naqadar toptalganligini ta’kidlovchi misollardir.
Faqat mustaqillik sharofati bilan ma’naviy merosimizni, ko‘hna va navqiron tariximizni o‘rganish, jahon sivilizatsiyasidagi munosib o‘rnimizni tiklash va demokratik jamiyat qurishdek baxtga musharraf bo‘ldik. Bunday imkoniyatlarni qo‘lga kiritishimizda siyosiy arbob Islom Karimovning rahbarlik roli asosiy rol o‘ynadi.
Mustaqillikni qo‘lga kiritganimizdan keyingi yillar ichida iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy sohalarda katta muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritildi. Mamlakatimizda siyosiy barqarorlik vujudga keltirildi, bozor munosabatlariga o‘tib bormoqdamiz, milliy ma’naviy tiklanishning murakkab vazifalarini amalga oshirmoqdamiz.
Jumladan, 1994 yilda respublikamizda «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazini tuzish to‘g‘risida farmon chiqarganlari, ularning faoliyatini takomillashtirish haqida g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotganliklarini aytish joiz. Mustaqillik yillarida ma’naviy merosimiz rahnamolari nomlari tiklandi, ular tavallud topgan kunlar nishonlanmoqda, asarlari chop etildi va etilmoqda. Chunonchi, Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi; Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi keng nishonlandi. 1998 yilda Imom al-Buxoriyning 1225 yilliklari, Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yilligi nishonlandi. Xalqimizning azaldan islom dini va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shib kelayotganligini jahon hamjamiyati ham tan oladi. Nufuzli xalqaro tashkilot - AYSESKO (Islom konferensiyasining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tuzilmasi) tomonidan 2007 yilda Toshkent shahrining; 2020 yilda Buxoro shahrining Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilingani ham ana shunday yuksak e’tirofning yana bir tasdig‘idir.
Mustaqillik yillari Qur’oni Karim o‘zbek tiliga tarjima qilinib ko‘p nusxada chop etildi. Imom al-Buxoriyning to‘rt jildlik hadislarini chop etish tugallandi. Xoja Ahmad Yassaviyning «Hikmatlar» to‘plami chop etildi. Ko‘plab Qur’oni Karim sharhlariga oid kitoblar ham chop etilganligini va ulardan xalqimiz bahramand bo‘layotganligining guvohi bo‘lib turibmiz.
Mustaqillik yillari Ramazon va Qurbon Hayiti kunlari diniy qadriyatlarimizning bayrami sifatida nishonlanmoqda. Navro‘z umumxalq bayrami sifatida xalqimiz hayotidan mustahkam o‘rin oldi. Har yili 3000 dan ortiq vatandoshlarimiz muborak haj safarlarini ado etmoqdalar. Mustaqillik yillari ko‘plab masjid va madrasalar ta’mirlandi.
Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur Mirzolarning nomi qayta tiklandi. Amir Temur tavalludining 660 yilligi, Mirzo Ulug‘bekning esa 600 yilligi keng nishonlandi va shu munosabat bilan yurtimizda beqiyos ma’naviy-ma’rifiy ishlar amalga oshirildi.
Mustaqillik tufayli milliy istiqlolimiz kurashchilari Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Usmon Nosir, Behbudiy va boshqalarning nomi tiklandi, asarlari chop etildi, ular tavallud topgan kunlar umummilliy bayram sifatida nishonlandi.
Qatag‘on yillarida millatimiz mustaqilligini ta’minlash yo‘lida qurbon bo‘lgan xalqimizning ana shu sevikli farzandlarining muborak nomlarini abadiylashtirish maqsadida Vatanimiz poytaxti Toshkent shahrida Shahidlar hiyoboni barpo etildi.
Uzoq tariximiz, boy madaniyatimiz, serqirra ma’naviyatimizdan guvohlik beruvchi Xiva va Buxoro shaharlarining 2500 yillik to‘ylari 1997 yilda katta tantanalar bilan nishonlandi.
Vazirlar mahkamasining qaroriga binoan xalqimizning milliy qahramoni buyuk vatanparvar Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi, xalqimizning buyuk merosi hisoblangan «Alpomish» dostonining 1000 yilligi, milliy-ma’naviyatimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk davlat arbobi, fan homiysi Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiyning 190 yilliklari 1999 yilda keng nishonlandi. 2000 yilda ilohiyot ilmining darg‘asi Abu Mansur al-Moturidiyning muborak yubileyi, 2001 yilda yana bir ulkan merosimiz hisoblangan «Avesto»ning 2700 yilligini qizg‘in nishonlandi.
O‘zbek tilining davlat tili darajasiga aylanishi borasida bir qator ijodiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, davlat idoralarida ish yuritish, shaharlarda ko‘chalar va joylarni nomlashda tarixiy haqiqat tiklanmoqda. Ma’naviy merosimiz sanalgan ko‘plab asarlar o‘zbek tiliga tarjima etilmoqda.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev (2019 yil 19 mart kuni bo‘lib o‘tgan videoselektorda) yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan kompleks chora tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta ijobiy tashabbusni ilgari surdi. Ushbu 5 tashabbus xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Butun mamlakat bo‘ylab keng quloch yozayotgan 5 muhim tashabbusni amalga oshirishda juda katta ezgu g‘oya, hikmat, ilmiy tafakkur mahsuli bo‘lgan ulug‘ maqsad-muddaolar bor. Bular quyidagilar: Birinchi tashabbus - yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Chunonchi, farzandlarimizni musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atga oshno qilishga qaratilgan birinchi tashabbus yuksak did, yuksak farosat sohiblarini tarbiyalashga qaratilgan intilishlarni o‘zida mujassam etgan. Axir birgina musiqaning o‘zi inson ruhiyatiga beqiyos ijobiy ta’sir etuvchi qudratli kuchdir. San’at, shubhasiz, insonni, borliqni anglashga, uning bor jozibadorligini his etishga o‘rgatadi, ezgulikka chorlaydi. Mazkur tashabbus bo‘yicha 2019-2020 yillarda 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan 2 million nafar yoshni madaniyat va san’at sohasiga jalb etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, bolalar musiqa va san’at maktablarida qo‘shimcha sinflar, madaniyat markazlarida cholg‘u, xonandalik, tasviriy san’at to‘garaklari, havaskorlik teatr jamoalari va bolalar ansambllari tashkil etildi.

Download 108,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish