№ 1-, 2- mavzular. Berilganlar bazasi va uni boshqarish
Reja:
1)
Kirish. Asosiy Tushunchalar. Berilganlar bazasi konsepsiyalarining
evolyutsiyasi.
2)
Berilganlar tuzulishining uch turi.
3)
Berilganlar bazasini boshqarish. Tranzaksiya. Kursor.
4)
Saqlovchi proseduralar va triggerlar.
Tayanch iboralar:
berilganlar bazasi, berilganlarning global mantiqiy taqdimoti,
berilganlar modeli, konseptual model, konseptual chizma, berilganlarning tashqi
tuzilishi, berilganlarning global mantiqiy tuzilishi, berilganlarning fizik tuzilishi, BB
administratori, berilganlarning mantiqiy mustaqilligi, berilganlarning fizik
mustaqilligi, «Uch bosqichli» arxitektura, tashqi daraja, ichki darajada, konseptual
daraja, berilganlar bazasining chizmasi, tashqi chizma, ichki chizma.
Berilganlar bazasi
(BB) atamasiga mutaxassislar tomonidan turlicha, lekin bir-
biriga juda yaqin va chuqur ta’riflar berilgan. Shulardan biri,
berilganlar bazasi
—
bu ma’lum predmet sohaga taalluqli bo‘lgan, maxsus tuzilmaga ega berilganlar
majmuasining nomi; berilganlar bazasini boshqarish tizimi (BBBT) boshqaruvida
ishlaydigan, bir yoki bir qancha iiovalarni optimal tarzda ishlatadigan, o'zaro
bog'langan
berilganlar majmuasi; berilganlaming tuzilishi uni ishlatadigan
programmalarga bog'liq bo'lmaydi; berilganlar shunday tuzilishga ega bo'ladiki,
bunda ularni kengaytirish, o‘zgartirish, olib tashlash, tanlash va boshqa imkoniyatlar
bo‘ladi. Berilganlar bazalari tuzilish jihatidan mustaqil bo'lsa, ularni boshqaruv
tizimi o‘z tarkibida saqlaydi va boshqaradi.
Ta’rifdan kelib chiqqan holda, boshqaruv tizimi berilganlar bazalari bilan
mustaqil ishlash va/yoki programma mahsulotlari (ilovalari)
orqali ishlash
imkoniyatini beradi. Berilganlar bazalaridagi har qanday o‘zgarishlar ilovalarga
mutlaq ta’sir qilmaydi.
Berilganlar bazasining eng muhim jihatlaridan biri, uning doimiy ravishda
o'zgarishi va ko‘payishidan iborat. Xo‘sh, shunga o‘xshash imkoniyatlar fayllarda
ham bor ediku, nega yangi maxsus yo‘nalish yaratildi?
Buning sababi, fayllardagi har bir o‘zgarishni amalga oshirish uchun
programmani qaytadan o‘zgartirish va otladka qilish kerak bo‘ladi.
Fayllarni
kengaytirish, yana programmani o‘zgartirish va otladka qilishga olib kelar edi. Bu
esa o‘z navbatida berilganlarning ortiqchaligiga olib kelar edi, ya’ni bir xildagi
berilganlar turli fayllarda shaklan o‘zgargan yoki hattoki o‘zgarmagan holda
saqlangan. Vaholanki, o‘tgan asrning 60- 70- yillarida
beriiganlarni saqlash,
o‘zgartirish va zaruriy qayta ishlov berish ehtiyoji kun sari o‘sayotgan edi. Chunki,
korxonalarni boshqarishda elektron hisoblash mashinalarining ahamiyati hamda
berilganlar bilan ishlash beqiyos ravishda oshib bormoqda edi. Ana shu ehtiyojlarni
qondirish uchun
yangi texnologiya zarur edi .BB ana shu talablarni qondirish uchun
yangi texnologiya sifatida yaratildi.
Bugungi kunda berilganlar bazasining tutgan o‘rni nihoyatda beqiyos bo‘lib,
ilmiy-texnika masalalarini yechish, turli tizimlar, axborotlarni boshqarish,
ularni
qayta ishlash va boshqa berilganlar bilan ishlash tizimlarida, berilganlar bazasisiz
ularning mustaqil faoliyat yuritishini tasavvur ham qilib bo'lmaydi.
Berilganlar bazasiga asos solgan va uning rivojlanishiga juda katta hissa qo'shgan
olimlar R. Barker, R.F. Boys, J. Gray, M.M. Zluf, E.F. Kodd, R. Fagin, D.D.
Chamberlin, P. Chen, K.P. Yesvaran va boshqalar bo‘lsa, xalqaro tashkilot hamda
kompaniyalardan ANSI, IBM, CODASYL va h.k. bo‘ldi. Berilganlar bazasining
targ‘iboti va ta’lim jarayonida qo'llanishiga o‘zining yirik hissasini qo‘shgan
olimlardan birinchisi Dj. Martin, keyinchalik K. Deyt, V.V. Kirillov, G.YU.
Gromov, T. Konnotli, K. Begg, D. Kiyonke, S.D. Kuznetsov, D. Meyer, M. Nagao,
T. Katayama, S. Uemura, T.V. Oue, A YU. Pushnikov, T. Tiori, Dj. Frey, D. Ulman,
Djeffri D. Ulman, Dj. Uidom, Dj. Xabbard, M.SH. Salenko, D. Sikritzis, F.
Loxovski o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar.
Berilganlaming mustaqilligi berilganlar bazasining asosiy
xasusiyatlaridan biri
sifatida e’tirof etiladi. Buning mohiyati berilganlarning mustaqilligi va ulardan
foydalanuvchi programma mahsulotlarning bir - biriga bog'liq emasligi, ya’ni
birining o‘zgarishi ikkinchisining o‘zgarishiga olib kelmasligida. Yana bir jihati,
berilganlarni saqlovchi fizik qurilmalarning takomillashishi ham programma
mahsulotlarining yoki berilganlarning o'zgarishiga ta’sir qilmasligi.
BB tushunchasi o‘tgan asrning 60- yillaming oxirida paydo bo‘ldi. Bu davrgacha
berilganlarni qayta ishlash sohasida berilganlar fayllari
va berilganlar majmua
(terma) lari ustida ishlar olib borilar edi. Boshqa sohalarda bo‘lgani kabi, yangi
tushuncha paydo bo'lishi bilan ko‘pchilik programmachilar o‘z fayllarining faqat
nomini o'zgartirib, xususiyatlarini o'zgartirmagan holda ishladilar.