№1-, 2- mavzular. Berilganlar bazasi va uni boshqarish



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana18.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#454912
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu 1 2

Berilganlarning tashqi tuzilishi
- programmachilar tasavvuridagi taqdimotni 
bildiradi. 
Berilganlarning global mantiqiy tuzilishi
- umumiy mantiqiy tuzilishni yoki BB 
konseptual modelini bildiradi va ular asosida berilganlarning turli tashqi 
tuzilishlarini hosil qilish mumkin Berilganlarni bunday umumiy mantiqiy tuzilishda 
tasvirlash, berilganlarning fizik tuzilishiga umuman bog'liqsiz bo'ladi. Berilganlarni 
bunday umumiy mantiqiy tuzilishda tasvirlash uchun, BBB tizimining programma 
vositalari tarkibidagi, berilganlarni tavsiflash tilidan foydalaniladi. 
Fizik tuzilish
- bu berilganlarni fizik tavsifi va ularni xotira qurilmalariga 
joylashtirish masalalari bilan bog'liq. 
Berilganlar bazasiga xizmat ko‘rsatish, saqlash, himoya va nazorat qilish uchun 
BB 
administratori
tushunchasi kiritilgan. 
Birinchi yaratiigan berilganlar bazasini boshqarish (BBB) tizimlaridan 
foydalanisb jaravonidagi tajriba shuni ko‘rsatdiki, berilganlarning mustaqilligi 
uchun qo‘shimcha yangi darajadagi programma vositalari darkor. Berilganlarning 
umumiy mantiqiy tuzilishi murakkab va BB kengayishi bilan u majburiy ravishda 
o‘zgaradi. Shuning uchun berilganlarning umumiy mantiqiy tuzilishini 
o‘zgartirishda, ulardan foydalanadigan programma mahsulotlarini o'zgartirmaslikni 
ta'minlash muhimdir. Shu nuqtayi nazardan berilganlar mustaqilligini ifodalash 
uchun ikkita darajaga ehtiyoj tug‘ilgan. Bu darajalarni berilganlarning 
mantiqiy 
va 
fizik mustaqilligi
deb atalgan. 
Berilganlarning mantiqiy mustaqilligi, 
programmalarni o‘zgartirmasdan 
berilganlarning umumiy mantiqiy tuzilishini o’zgartirish imkoniyatini yaratadi. Bu 
o'zgartirishlar albatta programma ishlatadigan berilganlarni yo‘q qilishdan iborat 
bo’lmasligi kerak. 
Berilganlarning fizik mustaqilligi
, berilganlarning tuzilishi va fizik joylashisbi, 
o‘zgarishi va bu o'zgarishlar na berilganlarning mantiqiy tuzilishini, na 
programmalarni o'zgarishiga olib kelmasligi kerak. 
1.4- rasmning asosiy ma’nosini saqlagan holda, «Uch bosqichli» arxitektura 
ko'rinishiga akslantiramiz (1.5- rasm) va natijada berilganlami zamonaviy 
tasavvurdagi darajalariga ega bo'lamiz. Bunda tashqi tuzilish - tashqi darajaga, 
konseptual tuzilish - konseptual darajaga, fizik tuzilish - ichki darajaga akslanadi. 
Foydalanuvchilar tasavvuridagi berilganlar darajasi,
 tashqi daraja
(external level) 
deb atalsa, BBBT va operatsion tizim berilganlarni 
ichki darajada
(internal level) 


qabul qiladi. Oraliqdagi 
konseptual daraja 
(conceptual level) esa, tashqi darajadagi 
berilganlarni ichki darajaga akslantirish va ularning bir-biriga nisbatan 
mustaqilligini ta’minlashga xizmat qiladi. 
«Uch bosqichli» arxitekturaning maqsadi, berilganlar bazasining foydalanuvchi 
tasavvuridagi taqdimotni, uning fizik tuzilishidan ajratishdan iborat. Bunday 
ajratishning sabablari bir nechta: 
• har bir foydalanuvchi, berilganlar xususidagi o‘zining tasavvurini amalga oshirishi 
uchun ixtiyoriy berilganlarga murojaat eta olishi va o‘z tasavvurini o‘zgartira 
olishi kerak; 
• foydalanuvchilarning bazalar bilan o'zaro harakatlari berilganlarning bazada 
saqlanishdagi alohida xususiyatlariga bog'liq bo'lmasligi kerak (masalan. 
indekslar va xeshlar); 
• berilganlar bazasining administratori bazadagi berilganlarning tuzilishini 
o‘zgartira olishi va bu foydalanuvchilarning berilganlar xususidagi taqdimotiga 
ta’sir qilmasligi kerak; 
• berilganlar bazasining ichki tuzilishi ma’lumotlarni saqlashdagi o‘zgarishlarning 
fizik jihatlariga bog‘liq bo‘lmasligi kerak; 
• berilganlar bazasining administratori BBning konseptual tuzilishini o'zgartirish 
imkoniyatiga ega bo‘lishi va bu foydalanuvchilarga mutloq ta’sir qilmasligi 
kerak. 
Tashqi daraja bir nechta turli berilganlar bazasining tashqi taqdimotlaridan 
iborat. Har bir foydalanuvchi «haqiqiy dunyo» taqdimotining o‘zi uchun eng qulay 
shaklidan foydalanadi. Tashqi taqdimot «haqiqiy dunyo» - dagi mohiyat, atribut va 
aloqalarning foydalanuvchi uchun kerakliklarini ifodalaydi. Qolgan mohiyat, atribut 
va aloqalarning foydalanuvchi uchun keraksizlari ham berilganlar bazasida 
akslanishi mumkin, lekin u bularning mavjudligini bilmasiigi ham mumkin. 
Bundan tashqari, bir xildagi berilganlarni turli taqdimotlar har xil akslantirishi 
mumkin. Masalan, bitta foydalanuvchi sanani «kun, oy, yil» formatida, ikkinchisi 
esa «yil, oy, kun» formatida saqlashi mumkin. Ba'zi bir taqdimotlar esa hosila yoki 
hisoblanadigan berilgan-lardan iborat bo'lishi mumkin, ular zaruriy paytda 
yaratiladi. Masalan, yoshni saqlovchi atributga e’tibor beraylik. U yosh qiymati 
tarzida saqlanmaydi, agar shunday saqlanganda ularni har kuni yangilab turish kerak 
bo'lardi. Buning o‘rniga bazada tug‘ilgan sana saqlanadi, yosh esa BBBT vositalari 
orqali hisoblanadi. Taqdimotlar, shuningdek, bir nechta obyektlarning 
kombinatsiyalangan yoki 
hosila berilganlaridan
tuzilishi mumkin. 


Bu daraja BBda saqlanadigan berilganlarning tavsiflari va ular orasidagi 
aloqalardan iborat bo'ladi. Bu daraja hamma berilganlar bazasining mantiqiy 
tuzilishini saqlaydi. Konseptual darajada quyidagi a’zolar ishtirok etadi: 
• hamma mohiyatlar. ularning atributlari va aloqalari; 
• berilganlarga qo‘yiladigan cheklashlar; 
• berilganlar xususidagi semantik ma’lumotlar; 
• xavfsizlikni ta’minlash va berilganlar butuniigini saqlash xususidagi
ma’lumotlar. 
Konseptual daraja har bir tashqi taqdimotni qo'llab-quvvatlaydi, ya’ni 
foydalanuvchiga zarur bo'lgan har bir berilgan shu darajada bo‘lishi shart. Lekin, 
konseptual daraja berilganlarni saqlash usullari to‘g‘risidagi hech qanday 
ma’lumotlarni saqlamaydi. 
Ichki daraja berilganlar bazasini fizik amalga oshirish tavsiflari, optimal 
unumdorlikka erishish va disk hajmidan tejamli foydalanishni ta’minlash masalarini 
hal qiladi. U berilganlar tuzilishining tavsifi va tashqi xotiralardagi berilganlarni 
saqlash uchun alohida fayllarning tuzilish tavsiflarini saqlaydi. Ushbu darajada 
BBBT bilan operatsion tizimning kirish usullari orasidagi o‘zaro harakatlar amalga 
oshiriladi. Ichki darajada quyidagi ma’lumotlar saqlanadi: 
-
berilganlar va indekslarni saqlash uchun disk hajmining taqsimoti; 
-
saqlangan yozuvlarning qo‘shimcha tavsiflari; 
-
yozuvlarni joylashishi xususidagi axborotlar; 


-
berilganlarni siqish va tanlangan shifrlash usullari xususidagi axbo-
rotlar. 
Ichki darajadan quyida berilganlarning fizik tuzilishlari, ya’ni berilganlar 
bazalarining tashqi xotiradagi fizik joylashish tafsilotlari operatsion tizim nazorat 
qiladigan, lekin BBBT boshqaruvidagi bo‘lgan masalalar hal qilinadi. 
Berilganlar bazasining umumiy tavsifi berilganlar bazasining chizmasi deb 
ataladi.«Uch bosqichli» arxitekturaga nisbatan berilganlar bazasining uch turi 
mavjud. Eng yuqori darajada berilganlarning turli taqdimotiga mos keluvchi bir 
nechta tashqi chizmalar yoki qism-chizmalar mavjud. Konseptual darajadagi 
berilganlar bazasining tavsifini konseptual chizma, eng quyi darajadagisini ichki 
chizma deyishadi. Konseptual chizma hamma mohiyatlar, atributlar va ular 
orasidagi aloqalar hamda zaruriy berilganlar butunligi cheklashlarini o‘z ichiga 
oladi. Ichki chizma berilganlar modelining ichki tavsifidan, ya’ni saqlanuvchi 
yozuvlar va berilganlar maydonlarining taqdimot usullari, indekslar va tanlangan 
xesh chizmalardan iborat bo‘ladi. 
Har bir BB uchun faqat bitta konseptual va bitta ichki chizma mavjud.
BBBT keltirilgan uchchala turdagi chizmalar orasida moslik o‘rnatilishiga 
hamda ularning orasida ziddiyatlar chiqmasligiga javobgar. Ixtiyoriy tashqi va ichki 
chizmalar orasidagi mosliklarni o‘rnatish uchun BBBT konseptual chizmadagi 
ma’lumotlardan foydalanadi. Konseptual chizma ichki chizma bilan 
konseptual 
ichki akslanish
orqali bog'langan. U BBB tizimiga, konseptual chizmada mantiqiy 
yozuvdan iborat berilganlarni, fizik saqlash qurilmalaridan yozuv yoki yozuvlar 
to‘plamiga akslanganlarini izlash imkoniyatini beradi. Konseptual chizma, 
shuningdek, obyektlar va atributlarning nomlaridagi ixtiyoriy tafovutlarni, 
atributlarning kelish tartiblari, ulardagi berilganlar turlari va h.k. aniqlaydi. Har bir 
tashqi chizma konseptual chizma bilan 
konseptual tashqi akslanish
orqali 
bog'langan. Uning yordamida BBBT foydalanuvchi taqdimotining har birining 
nomini konseptual chizmaning mos qismiga akslantiradi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish