№1-, 2- mavzular. Berilganlar bazasi va uni boshqarish



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana18.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#454912
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu 1 2

Vaholanki, 
berilganlar bazasining xususiyatlari - mustaqillik, ortiqchalikka yo'l qa'ymaslik, 
berilganlarning o'zaro bog'liqligi, ularning himoyasi va haqi-qiy vaqt oralig'ida 
ularga kirish imkoniyatlari bilan aloqador edi
. Yangi texnologiyaning tobora 
kengayishi natijasida, sanab o‘tilgan xususiyatlar yangi texnologiyaning asosi 
bo'lmish BB programma ta’minotlarida o‘z aksini topa boshladi. 


1.1-1.4 rasmlarda berilganlarni saqlash usullaridagi rivojlanishning to'rtta 
bosqichi keltirilgan. Uchinchi avlod EHM paydo bo‘lgan davrgacha (1965 y.) 
deyarli hamma fayllar 1.1 rasmda keltirilgan 1- bosqichdagi kabi amalga oshirilgan. 
Programma ta’minoti asosan xotira qurilmalari uchun kiritish va chiqarish amallarini 
bajarishdan hamda unchalik ko‘p bo'lmagan berilganlarga ishlov beruvchi 
yordamchi vositalardan iborat bo‘lgan. Berilganlarning tuzilishi bilan amaliy 
programmalarni yozish paytida sodda usullar bilan, ya’ni magnit lentalarga fayllarni 
ketma-ket yozish yo‘li bilan amalga oshirilgan. Berilganlar mustaqil bo‘lmagan. 
Agarda berilganlarning tuzilishi yoki saqlovchi qurilma o'zgarsa, programmachi o‘z 
programmasiga tegishli o‘zgartirishlarni kiritishi, qayta kompilatsiya va otladka 
qilishi zarur bo‘lgan. Faylni yangilash uchun yangi faylni yozish va eskisini 
saqlashga majbur bo'lgan. 
1- Bosqich: Berilganlarning oddiy fayllari (1960 yillarning boshi) 
Ayrim holarda bir nechta ajdod fayllar saqlashga ham to’g’ri kelgan kelgan. 
Fayllar faqatgina bitta masalani yechishga mo'ljailangan. Boshqa masalani o‘sha 
berilganlar bilan faqat boshqa shaklda yechish uchun yangi fayllarni yaratishga 
majbur bo'lingan. Shuning uchun ham tizimdagi fayllarda berilganlarning 
ortiqchalik darajasi nihoyatda yuqori bo‘lgan, bir xildagi berilganlar bir nechta 
fayllarda saqlangan. 
1- bosqichda fayllarga to‘g‘ri kirish huquqi, ya’ni n- «yozuvga» o‘tish uchun 
ketma-ket n-1 ta yozuvni o‘qimasdan, to‘g‘ridan - to‘g‘ri keraklisiga o‘tish, mavjud 
bo'lmagan. Yozuvlarni adreslash imkoniyatidan programmani yozish jarayonida 
foydalanilgan. 
Agarda 
xotira 
qurilmasi 
o‘zgarsa, programmaga katta 
o‘zgartirishlarni kiritishga majbur bo'lingan. Amalda esa, albatta xotira qurilmalari 
o‘zgarib turgan. Bu esa bitta bitni yozishga ketgan sarf - xarajatlarni yanada 
oshishiga olib kelgan. 
2-bosqich (1.2- rasm) 1- bosqichga nisbatan fayllaming tuzilish va ulami 
saqlovchi qurilmalarning o'zgarishi bilan tavsiflanadi. Berilganlarga ketma-ket 
kirish imkoniyatidan tashqari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish huquqi yaratilgan. 
Berilganlarni paket, tezkor yoki haqiqiy vaqt oralig‘ida ishlov berish mumkin 


bo‘lgan. Fayllar orasidagi mantiqiy va fizik tuzilishlar turlicha bo'lishiga 
qaramasdan, o‘zaro aloqa sodda bo‘lgan. Endi xotira qurilmalari o‘zgar-ganda ham, 
amaliy programmalar o‘zgarmagan. Berilganlarning tuzilishi ketma-ket, indeksi 
ketma-ket yoki to‘g‘ri kirishli usullar bilan aniqlangan. Berilganlarni fayllardan ko‘p 
kalitli qidirish usuli mavjud bo'lgan, lekin juda kam ishlatilgan. 
Berilganlarni himoya qilishning sodda usullari ham paydo bo'lgan, lekin ancha 
ishonchsiz bo‘lgan. Faqat bitta ilova uchun berilganlarga ishlov berish va 
optimallashtirish usullari qo‘llanilgan. Fayllarda berilganlarning ortiqchaligi hali 
ham ko‘p bo'lgan. Berilganlarga ishlov berishning namunaviy programma ta’minoti 
tizimi berilganlarga kirish imkoniyatini bergan, lekin ularni boshqarish imkoniyati 
hali bo'lmagan. 
2- Bosqich: Faylga kirish usuli (1960 yillarning oxiri) 
XX asrning 60-yillari oxiriga kelganda, tijorat sohasidagi berilganlarga ishlov 
berish ancha rivojlangan. Nafaqat EHM qurilmalarida fayllarni saqlash va kengayish 
usullarining o‘zgarishidan, balki berilganlarga yangi yozuvlar va yangi o‘zaro 
aloqalar qo‘shilganda ham, 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish