Kushimcha kism :Mustaxkamlash uchun savol
Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
-Oʻlkamizga qanday qushlar qaytib keldilar?
- Nima uchun qaldirgʻoch, laylak, turna, bulbul kabi qushlarni uchib kelib-ketuvchi qushlar deymiz?
- Qushlar oʻz uylariga qaytib kelganlaridan soʻng nima qiladilar?
Oʻsimlikni qalamchadan koʻpaytirish
Maqsad: Bolalarni oʻsimliklar nimadan oʻsib chiqishi toʻgʻrisidagi tasavvurlarini aniqlash. Oʻsimlik qalamchadan ham oʻsib chiqishi mumkinligi toʻgʻrisida tushuncha berish. Qalamchani tuproqqa toʻgʻri oʻtkazishga oʻrgatish. «Qalamcha», «Qalamchalash» tushunchalarini mustahkamlash.
Til va nutk faollik markazi; Fan va tabiat markazi;
Kutilayotgan natija: Oʻsimlik qalamchadan ham oʻsib chiqishi mumkinligi toʻgʻrisida tushunchaga ega boʻladilar. Qalamchani tuproqqa toʻgʻri oʻtkazishni oʻrganadilar.
Mashgʻulotga tayyorgarlik. 6—8 ta bola stol atrofiga oʻtqaziladi. Stol ustiga oldindan tuvak, qum, tuproq, choʻmich, koʻrakcha, tayoqcha, idishda suv, oʻsimlikning qalamchasi, shisha banka tayyorlab qoʻyiladi.
Mashgʻulotning borishi.Tarbiyachi bolalarga savollar berish orqali suhbat oʻtkazadi. «Oʻsimlikni nimadan oʻstirish mumkin?». (Urugʻidan, danagidan, mevasidan, shoxidan, bolachasidan va h. k.) «Oʻsimlikni oʻstirishning yana qanday usullari bor?» «Mana bu meni oldimda turgan nima?» (Qalamcha.) «Qaysi oʻsimlikning qalamchasi?» (Bolalar javoblari) «Hozir yilning qaysi fasli?» (Bahor.) «Oʻsimliklarda qanday oʻzgarishlar yuz beradi?» (Bolalar javoblari) Toʻgʻri, bolalar oʻsimliklar oʻsa boshlaydi, shuning uchun ularni koʻpaytirish mumkin.
Bolalar, bugun biz sizlar bilan qalamchalar oʻtqazamiz va ularni parvarish qilib boramiz. Sizlar menga diqqat bilan qarab turinglar. Men sizlarga qalamchani oʻtqazishni oʻrgataman (tarbiyachi bolalarga tushuntiradi va koʻrsatadi). Endi sizlar oldingizda turgan tuvaklarga qalamchalaringizni men koʻrsatgandek qilib oʻtqazing.
Keyin hamma bolalar oʻz tuvaklarini oynak oldiga oldindan tayyorlab qoʻyilgan shisha taglikka joylashtiradilar.
Tarbiyachi ularni har kuni kuzatib parvarish qilib borish kerakligini tushuntiradi va qalamchalarda yangi barg paydo boʻlgandagina qalamchalar ildiz chiqara boshlashini tushuntiradi. Keyingi kunlarda bolalar unga suv qoʻyib parvarish qilib boradilar. Qalamchalar yangi barg chiqargandan keyin, yangi qalamchalarni oʻtqazish mumkin. Navbatdagi mashgʻulotda tarbiyachi hamma narsalarni tayyorlab beradi, ammo oʻtqazish qonun qoidasini bolalarga koʻrsatib, tushuntirmaydi, ammo savollar orqali ish jarayonini va tartibini aniqlab boradi.
Yakuniy kism: Bolalarni oʻsimliklar nimadan oʻsib chiqishi toʻgʻrisidagi tasavvurlarini aniqlash. Oʻsimlik qalamchadan ham oʻsib chiqishi mumkinligi toʻgʻrisida tushuncha berish. Qalamchani tuproqqa toʻgʻri oʻtkazishga oʻrgatish. «Qalamcha», «Qalamchalash» tushunchalarini mustahkamlash
Do'stlaringiz bilan baham: |