Sirdaryo viloyati quyidagi tumanlarga bo‘lingan:
Toshkent,
Avliyoota, Qozoli, Perovsk, Chimkent, Amudaryo tumani ham
shu viloyatga bo‘ysungan.
Farg‘ona viloyatiga
Marg‘ilon, Andijon,
Qo‘qon, Namangan, 0 ‘sh tumanlari qaragan.
Samarqandga
Jizzax, Kattaqo‘rg‘on, Xo'jand, Samarqand tumanlari;
Yettisuvga
Verniy, Jarkent, Kopal, Lepsinek, Pishpak, Pijevalsk;
Kaspiyorti
viloyatiga
Ashxobod, Krasnovodsk, Mang‘ishloq, MarvvaTajan
tumanlari kirgan.
1886 yil 12 iyunda Rossiya imperatori tomonidan „Turkiston
o‘lkasini boshqarish to‘g‘risidagi Nizom“ tasdiqlangandan keyin
ham m a’muriy qurilish bo‘yicha e’tirozlar davom etdi. Ammo
imperator Turkiston o ‘lkasida sobiq general-gubernatorlik
boshqaruvining asosiy tamoyillarini saqlab qolgan holda unga ba’zi
o‘zgartirishlar kiritdi, xolos.
„Turkiston o‘lkasini boshqarish to‘g‘risidagi Nizom“ bo‘yicha
Turkistonning viloyatlarga bo‘linishi aholining etnografik, maishiy
va iqtisodiy shart-sharoitlarini o‘rganish asosida emas, balki o‘lkani
bosib olish jarayoni bilan bog‘liq holda amalga oshirildi. Uezdlarga
bo‘linish esa aholining rus bosqinigacha bo‘lgan markazlarida
taslikil etilgan edi.
Shunday qilib, Turkiston o‘lkasida Rossiya hukmronlik qilgan
yillarda qonun loyihalari doimo to'ldirib, o ‘zgartirilib turildi.
Buning siri juda oddiy edi. Chor Rossiyasining qonun loyihalari
Turkistonni Rossiya imperiyasining markazlashgan boshqaruvi
tizimiga kiritib, uni rus burjuaziyasi va dvoryan-pomeshchiklar
mulkiga aylantirishga qaratilgan edi.
152
4.1917-1920 yillar siyosiy-tarixiy
geografiyasiga tavsif
1917 yil 25 oktyabrda bolsheviklar Petrogradda Muvaqqat
hukumatni ag‘darib tashlab, hokimiyatni zo‘ravonlik yo‘U bilan
egallashdi. Rossiyaning markazida ro‘y bergan bu voqealarning
ta’siri oradan ko‘p vaqt o‘tmay Turkistonga ham yetib keldi.
28 oktyabrda Toshkentning yangi shahar qismida yevropalik
ishchilar va harbiylar bolsheviklaming qo‘ llab-quvvatlashi bilan
qurolli to‘qnashuvlami boshlab yuborishdi. 1 noyabrda esa ular
Muvaqqat hukumatning Turkiston Qo‘mitasini qamoqqa olib,
Toshkentda sho‘rolar hokimiyatini o‘matishdi.
1917
yil 26 noyabrda Qo‘qon shahrida o‘lka musulmonlarining
IV favqulodda s’ezdi ish boshladi. Unda o'lkaning barcha mintaqalari
va ko'pgina jamoat tashldlotlaridan 200 nafardan ortiq vakil hozir
bo‘ldi. Kun tartibiga o‘lkani boshqarish shakU, Turkiston Markaziy
musulmonlar sovetini qayta saylash, Turkiston ta’sis majlisi,
milisiya, moliya va boshqa masalalar qo‘yildi. 28 noyabrda tashkil
topayotgan mazkur davlatning nomi „Turkiston Muxtoriyati“ deb
ataladigan bo‘ldi. Hokimiyatni esa Ta’sis s’ezdi chaqirilgunga qadar
Turkiston Muvaqqat Kengashi va Turkiston xalq (Milliy) Majlisi
qo‘lida bo‘lishi ta’kidlandi. Toshkentdagi sovet hukumati Turkiston
Muxtoriyatini o‘zi uchun xavfli deb bildi va qanday bo‘lmasin uni
yo‘qotishga tayyoigarlik boshladi. Ular Qo‘qondagi voqealami diqqat
bilan kuzatib, uning rivojiga o‘z ta’sirini o‘tkazishga urindilar.
Lekin 1918 yil 18 fevralda “ Ulamo“ jamiyatitashabbusi bilan
Muxtoriyatda to‘ntarish yuz berdi. Mustafo Cho‘qay o‘g‘li bosh
chiligidagi hukumat mahkamasi ag‘dariladi va hukumat Qo‘qon
shahar milisiyasiboshlig‘i Kichik Ergashga o‘tadi. 18 fevraldan 19
fevralga o‘tar kechasi Toshkentdan o‘lka harbiy komissari Ye.Perfflev
boshchiligidagi zambaraklar bilan qurollangan qo‘shin yetib keldi.
Ye.Perfilev shahami uch tarafdan o‘rab olib, 19 fevral kuni ertalab
Kichik Ergashga talabnoma yo‘llaydi. Kichik Ergash uning
talablarini bajarishdan bosh tortgach, Ye.Perfilev Qo'qon shahrini
153
12 zambarakdan o‘qqa tutdi. Kunduz soat birda boshlangan o‘q
yomg‘iri shomgacha shahami vayronaga aylantirdi. Ammo shunga
qaramay, muxtoriyatchilar taslim bo‘lmadilar. Har bir binoni, har
bir do‘konni, har bir karvonsaroyni mardlarcha himoya qildilar.
Muxtoriyatchilar shahami qizil gvardiyachilar, avstro-venger harbiy
asirlari va arman birlashmalari (dashnoqlar)dan tashkil topgan sovet
qo‘shinlari hujumidan uch kun himoya qildilar. Ammo tinch yo‘l
bilan hokimiyatni oUshga ishongan Turkiston Muxtoriyati o‘zini
himoya qilishga qodir emas edi. Chunki ular yaxshi qurollanmagan
bo‘Ub, ularning quroli asosan tayoq, bolta, ketmon oshpichoqdan
iborat edi. Shu tariqa Turkiston Muxtoriyati tugatildi.
1918
yil 20 aprelda Toshkentda sovetlaming V o‘lka s’ezdi ish
boshladi. 1918 yil 30 aprelda s’ezd „Turkiston Sovet Federativ
Respublikasi to‘g‘risida Nizom“ ni qabul qildi. Bu nizomga ko‘ra
Turkiston o‘lkasining hududi „Rossiya Sovet Federasiyasining
Turkiston Sovet Respublikasi“ deb e’lon qilindi. Uning tarkibiga
Turkistonning barcha hududi o‘zining geografik chegarasi bilan
kiritildi. Xiva bilan Buxoro esa bundan mustasno edi. Turkiston
respublikasi muxtoriyat tarzida boshqarilib o‘zining barcha faoliyatini
RSFSR hukumati bilan muvofiqlashtirar va uni e’tirof qilar edi.
Rossiya bilan o‘zaro munosabatlarini belgilash uchun s’ezd 5
kishidan iborat komissiyani sayladi.
S’ezd birinchi marta oliy qonun chiqaruvchi organ - Turkiston
Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasini (TurkMIQ) 36 kishidan
iborat qilib sayladi. MIQ a’zolaridan 18 kishi bolsheviklardan, 18
kishi eserlardan edi. A’zolar orasida mazkur partiyalarga mansub
bo‘lgan mahalliy millat vakillaridan - H.Ibrohimov, D.Mirzaboyev,
A.Sh.Sharafutdinov, O.Yusupov, Q.Otaboyevvaboshqalarboredi.
Biroq ular ozchilikni tashkil etardi. MIQ raisi qilib P.A.Kobozev,
ikkinchi rais qilib bolshevik A.F.Solkin saylandi. Tub aholi vakillari
bo‘lmagan kishilar MIQ rahbarlari qihb saylangan edi.
S’ezdda F.I.Kolesov boshchiligidagi 14 kishidan iborat xalq
komissarlari kengashi ham (7 kishi bolshevikdan va 7 kishi so‘l
eserlardan) saylandi. Turkiston hukumati tarkibiga birinchi marta
154
mahalliy millat vakillari O.Tursunxo‘jayev, X.Ibrohimov va
Ashurxo‘jayev ham saylandi. S’ezdda saylangan 14 xalq
komissarlaridan tashqari yana 2 xalq komissari - temir yo‘llar hamda
pochta va telegraf komissarlari saylandi. Shunday qilib, Turkiston
Respublikasi hukumatining a’zolari qilib hammasi bo'lib 16 kishi
saylandi, ulardan faqat uch kishi mahalliy aholi vakillari edi.
Holbuki, mahalliy aholi o‘lka aholisining 95 foizini tashkil etardi.
Shu tariqa, Moskvaning ko‘rsatmasi bilan Turkistonni sovet
muxtor respublikasi deb e’lon qilgan sovetlaming V o‘lka s’ezdiga
qadar bo'lganidek, ko‘p millionli mahalliy aholi vakillaridan o‘lkani
boshqarishda ishtirok etishi arzimas darajada qolaverdi. Awalgidek
Turkistonni mahalliy aholi vakillari bo‘lmagan, bolsheviklar va so‘l
eserlar partiyalariga mansub ishchilar, soldatlar, ziyolilardan chiqqan
tor doira vakillari boshqarishni davom ettirdi. Ular o‘zlari xohlagan
tarzda, Markaz manfaatlarini hisobga olgan holda o‘lka xalqlari
taqdirini hal qila boshladilar.
1917-1920 yillar faqat Turkiston xalqlari uchungina emas, balki
Xiva va Buxoro xalqlari uchun ham jiddiy larzalar keltirgan davr
bo‘ldi.
1917 yilning boshlarida 0 ‘rta Osiyo xonliklari Rossiya
protektorati ostida edi. 0 ‘sha yili sodir bo‘lgan fevral inqilobi
natijasida chor samodeijaviyesi ag‘darihb, Buxoro va Xivada esa
amirlik va xonlik tuzumi saqlanib qoldi. Chorizmga vassal bo‘lgan
Buxoro amirligi va Xiva xonligi ko‘rinishidan mustaqil davlatlar
bo‘lsa-da, ular aslida o‘z mustaqilligini yo‘qotgan va amalda
chorizmning mustamlakasiga aylangan edilar.
Xiva xonligida ham ahvol murakkab bo‘ldi. Asfandiyorxon o‘z
hokimiyatining mamlakatda keskin tus olgan siyosiy vaziyatga qarshi
kurash olib borish uchun zaifligini his qilib, 1918 yil 22 yanvarda
Junaidxonga xonlikni birgalikada boshqarish va bolsheviklaiga qarshi
kurash olib borishni taklif etdi. Junaidxon 1917 yil sentyabrda
Erondan Xivaga qaytib keldi. Asfandiyorxon poytaxtga yetib kelgan
Junaidxonni qo‘shinlar qo‘mondoni (sardori karim) qilib tayinladi
va mamlakatdagi butun hokimiyatni to‘laligicha unga topshirdi.
155
Biroq Asfandiyorxon taxt tepasida ko‘p o‘tirmadi. Oradan ko‘p
o ‘tmay u o'zining bir necha yaqin kishilari bilan birga
Junaidxonning ko'rsatmasiga muvofiq o‘ldirildi. Junaidxon taxtni
egallamadi, aksincha, an’anaga sodiq qolgan holda, taxtga (marhum
xonning akasi) Said Abdulloxonni o‘tqazdi, o‘zi esa haqiqatda
mamlakatning hukmdori bo‘lib qolaverdi.
Turkiston Avtonom Respublikasi, xususan, uning Amudaryo
bo‘limi bilan Junaidxon o‘rtasida qurolli to‘qnashuv muttasil
kuchayib bordi. Turkiston Avtonom Respublikasi va uning
Amudaryo bo‘limi Xiva xonligining ichki ishlariga doimiy aralashib,
u yeiga Naumov, Leyggold, Kanoplyov va boshqalar boshchiligidagi
jazo otryadlarini yuborib turdilar. Mamlakatning tinch aholisini
esa muttasil taladilar. Sovet Turkistoni ayrim rahbarlari bu bilan
cheklanmasdan mustaqil Xiva xonligiga bevosita qurolli hujum qilish
va uni TASSRga qo'shib olish rejalarini o‘ylab yurardilar.
1919
yil 22 dekabrda Turkkomissiya dixektivasiga binoan
Turkkomissiya va Turkfront vakili Skalov va Amudaryo qo‘shinlari
guruhi qo‘shininning qo‘mondoni Shcherbakov Xiva xonligi
hududiga „uning qo‘zg‘olon ko‘targan xalqiga yordam ko‘rsatish
uchun“ bostirib kirish to‘g‘risida buyruq berdilar. Amudaryo (Xiva)
qo‘shinlari guruhining qismlari ikki otryadga: N.A.Shaydakov
qo'mondonligidagi shimoliy va N.M.Shcherbakov qo‘mon-
donligidagi janubiy otryadlarga bo‘lindi. 23 dekabrda sovet
qo‘shinlarining xonlik hududiga bostirib kirishi boshlandi. Janubiy
otryad tarkibida xivalik qochoqlardan (yosh xivaliklar, kommu-
nistlar va hokazolar) tashkil topgan ko‘ngilli otryad ham kurashdi.
Sovet qo‘shinlari ilgarilab borgan sari ularga turkman va o‘zbek
aholisidan tashkil topgan qo‘zg‘olonchilar otryadlari qo‘shilaver-
dilar. 28 dekabrda ularga Guchmamadxon Yaxshigeldi, Murod-
baxshi, G ‘ulomali otryadlari qo‘shildi. Tez orada xivalik qo‘zg‘o-
lonchilarning umumiy soni 3 ming kishiga yetdi. Sovet qo'shinlari
Junaidxon qo‘shilmalari qarshiligini yengib, qo‘zg‘olonchilar
otryadlari bilan birgalikda Ko‘hna Urganch, Eminqara, Porsu,
Ilyali, Toshhovuzni qo‘lga kiritdi. Qizil armiya qismlari va qo‘z-
156
g‘olonchilar otryadlari 1920 yil yanvarning ikkinchi yarmida
Junaidxon qo‘shinlariga G ‘ozovot tumanida jiddiy zarba berib,
poytaxtga yaqinlashib keldilar va 1 fevralda shahaiga jangsiz kirdilar.
1920 yil 27-30 aprelda Xivada bo'lib o‘tgan xalq vakillarinig I
Butunxorazm qurultoyi Xiva xonligini bekor etilgan deb e’lon qildi
va mamlakatni Xorazm Xalq Sovet Respublikasi deb e’lon qildi.
Qurultoy Xorazm Xalq Sovet Respublikasining Muvaqqat Konsti-
tusiyasini qabul etdi. Qurultoy ro‘y bergan to‘ntarilishni va uning
natijasida o‘matilgan tuzumni
Do'stlaringiz bilan baham: |