Zokirjon saidboboyev



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/159
Sana22.03.2022
Hajmi5,6 Mb.
#505525
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   159
Bog'liq
fayl 192 20210327

uzum, shaftoli, vino
tayyor- 
lanadigan 
mevalar, olma
va 
nok
yetishtiriladi. Dalalarda esa 
g ‘alia
tariq, sorochino bug‘doyi, arpa
va 
paxta
ekiladi. Ulardan ko‘p 
hosil olinadi. Ipakning turli xillarini o‘zlari ishlab chiqarishadi, 
ammo Toshkentda yirik zavodlar yo‘q. Tog'larda 
temir, mis
va 
qo ‘rg‘oshin
ko‘p topiladi.
146


Toshkent atrofida paxsa devordan tashqari, hech qanaqa 
mudofaa inshootlari yo‘q. U yerlaming havosi iliq, yog‘ingarchilik 
yetarli, qish ham 3 oydan ortiq bo‘lmaydi. Hukumatni awal 
mahalliy aholi boshqargan, keyinchalik katta 0 ‘rda qirg'iz (qozoq) 
lari egallashgan. Ular bu shaharga kamdan-kam yashashga 
kelishadi. Hozirda Toshkent Zyungor (jung‘or) hukmdori ta’sirida, 
u esa aytishlaricha, bu shaharga o‘z odamlaridan hokim tayinlagan.
(Топография Оренбургской губернии.
Сочинение П.И.Ричкова 1762 года. —
Оренбург.: Тип. Б.Бреслина. 1887).
147


VI BOB.
0 ‘RTA OSIYONING CHOR ROSSIYASI
BOSHQARUVI DAVRIDAGI TARIXIY GEOGRAFIYASI.
1917-1920 YILLARDA TURKISTON
1. 0 ‘rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan
istilo etilishi
0 ‘rta Osiyo xonliklari hududlarini bosib olishni maqsad qilib 
olgan chor Rossiyasi harbiy ma’murlari 1847 yili Sirdaryoning 
Orol dengiziga quyilish joylarini egallab oldilar. Rossiya harbiy 
qo‘shinlari 1853 yili Qo'qon xonligiga qarashli Oqmachit qal’asini 
egallab oldilar. Xonlikning qal’ani qaytarib olish uchun urunishlari 
behuda ketdi. General Chemyayev boshchiligidagi 2500 dan oshiq 
rus qo‘shinlari 1862-1864 yillarda Pishpak, To‘qmoq, Avliyoota, 
Turkiston va Chimkent shaharlarini egalladilar. Qo‘qon xonligining 
Alimqul boshchiligidagi qo‘shinlari rus qo‘shinlarini Chimkentdan 
haydab yuborishga erishdilar. Biroq bu vaqtda Qo‘qonga hujum 
uyushtirgan Buxoro amiri Nasrullo qo‘shinlarini qaytarish uchun 
Alimqul shoshilinch ravishda Qo‘qonga jo'nashga majbur bo‘ldi. 
Bundan foydalangan rus qo‘shinlari Chimkentni yana egallab 
oldilar. 1865 yil 14 iyunda ruslar Toshkentga hujum qildilar. 
Uch kunlik jangdan so‘ng shahar taslim bo‘ldi. 1866 yil rus 
qo'shinlari Xo‘jand va Jizzax shaharlarini ham egalladilar. 1867 
yil 0 ‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi bosib olgan yerlari, Sirdaryo 
va Yettisuv viloyatlari tarkibida Turkiston general-gubernatorligi 
tashkil etildi.
1866 yili imperiya harbiylari Buxoro amirligiga qarashli Xo‘jand 
va Jizzax tumanlarini, 1868 yilda esa general Kaufman, general 
Abramov boshchiligida Samarqand va Kattaqo‘ig‘on shaharlaridan 
tortib Zirabuloqqacha bo‘lgan yerlar hamda Zarafshonning yuqori 
oqimlarini bosib oldilar. Zirabuloq tepaliklaridagi bo‘lgan jangda
148


amir Muzaffar qo‘shinlari yengildi va Buxoro amirligi 500000 so‘m 
tovon to‘lab, Rossiyaga qaram davlatga aylandi. Amirlikning so‘nggi 
yillarida uning qo‘l ostida Buxoro, Choijo‘y, Qaboqli, Nurota, 
Karmana, Ziyovuddin, Xatirchi, Zirabuloq, Shahrisabz, Kitob, 
Yakkabog1, G ‘uzor, Qarshi, Chiroqchi, Boysun, Sherobod, Karki, 
Denov, Hisor, Baljuvon, Qobodiyon, Qo‘rg‘ontepa, Ko‘lob, 
Qorategin, Darvoz bekliklari bor edi.
1873 yili Xiva xonligi ham taslim bo‘ldi. Muhammad 
Rahimxon (Feruz) 2500000 so‘m tovon to‘ladi. Xiva xonligi ham 
qaram davlatga aylandi. 1872-1876 yillarda Farg‘ona vodiysida 
ko‘tarilgan Po‘latxon (Yetimxon) qo‘zg‘olonini bostirish baho- 
nasida vodiyga kelgan Skobelov boshchiligidagi rus qo‘shinlari 
Qo‘qon xonligini tugatdilar va uning hududlarini Turkiston 
general-gubematorligi ixtiyoriga qo‘shib yubordilar. Xudoyorxon 
Orenburgga surgun qilindi.
Bu vaqtda general Golovachev boshchiligidagi rus qo‘shinlari 
turkman urug‘larini bo‘ysundirish uchun urush olib bordilar. 
Turkmanlar qariyb 10 yil davomida o‘z mustaqilliklarini saqlab 
qolish uchun tengsiz jang qildilar. Biroq kuchlar nisbati teng 
bo‘lmaganligi, harbiy tajribasizligi tufayli katta talofat ko‘rib 
yengildilar. 1881 yil Go'ktepa (Ashxobod) ruslar tomonidan 
egallandi. 1884 yili Marv vodiysi Rossiya harbiylari ixtiyoriga 
o‘tdi. 1885-1887 yillarda Afg‘oniston bilan chegaralar belgilab 
olindi.
Shunday qilib, asrlar davomida ilm-fani, ma’rifati va san’ati 
bilan jahon e’tiboriga tushgan Turkiston o‘lkasi Rossiya mus- 
tamlakasiga aylandi.

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish