Zokirjon saidboboyev


dahlar, derbeklar, sakaruklar



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/159
Sana22.03.2022
Hajmi5,6 Mb.
#505525
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   159
Bog'liq
fayl 192 20210327

dahlar, derbeklar, sakaruklar,
apasiaklar, assiylar, augallar
va boshqalar kirgan.
Tiaytaradaraya (dengiz orqasida, dengizning nari tomonida 
yashovchi) saklari ham qadimgi yirik qabila birlashmalaridan 
sanalgan. Bu saklarning kelib chiqishi asli Kaspiy dengizining 
shimolida, Ural tog‘oldi mintaqalarida yashovchi massage; 
qabilalaridan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
Saklar xo‘jahgida 
chorvachilik
katta o‘rin tutgan. Bu qabilalar 
qoramol, mayda chorva hamda otlarni ko‘paytirganlar. Yillar 
davomida chorvadorlar yangi yem-xashak maydoni topish 
uchun harakat qilganlar, o ‘troq hayot ular uchun muhim 
sanalmagan.
Dashtlar, sahrolar va Amudaryo bo‘ylarida massaget qabilalari 
yashaganlar.
81


Shunday qilib, miloddan awalgi VI —IV asrlardagi o‘troq aholi 
va ko'chmanchi sak, massaget qabilalari 0 ‘rta Osiyo aholisining 
keyingi asrlardagi etnik taraqqiyotiga zamin tayyorlab bergan.
Ko‘pchilik tadqiqotchilar 0 ‘rta Osiyoda ilk davlatlarning 
shakllanish va rivojlanish jarayoni ahamoniylargacha bo‘lgan davrda 
deb hisoblaydilar. Ilmiy adabiyotlar 0 ‘rta Osiyoda ahamo­
niylargacha bo‘lgan davrda 
quyidagi davlat uyushmalari haqida
s o ‘zyuritadi:
Aryoshayyona — 0 ‘rta Osiyodagi qadimgi viloyatlar uyushmasi.
Aryonamvayjo. „Katta Xorazm" yoki Amudaryoning quyi 
oqimidagi Xorazm davlati.
Qadimgi Baqtriya davlati.
0 ‘rta Osiyoning janubida joylashgan o‘nlab yangi tipdagi voha- 
davlatlar so‘nggi bronza va ilk temir davrida ba’zan yirik siyosiy 
birlashmalar — podsholiklarga birlashar edi. 0 ‘rta Osiyo janubida 
bular Baqtriya va „Katta Xorazm“ edi. Yirik podsholiklaming 
tashkil topishida ichki ijtimoiy-iqtisodiy omillardan tashqari tashqi 
sub’ektiv omillar ham muayyan o‘rin tutgan. Mazkur omillardan 
biri Mesopotamiyaning urushqoq davlatlari — Midiya, Ossuriya, 
Mitaniya tomonidan solingan xavf edi.
So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar asosida ushba ro‘yxatga 
Sug‘diyonani ham kiritish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Ba’zi tadqiqotchilarning ta ’kidlashicha, ahamoniylardan 
oldin xorazmliklar Parfiya chegaralaridan sharqiy yo'nalishda, 
Kopetdog‘ yonbag‘irlarida joylashganlar. Xorazm davlatining 
markazi Marv va Hirot atrofida bo ‘lib, bu davlatni forslar 
egallaganlaridan so‘ng xorazmliklar quyi Amudaryo — hozirgi 
Xorazm viloyatiga ko‘chib borganlar deb faraz qilingan. Ushbu 
nazariyaga ko‘ra, miloddan awalgi VI asrda qadimgi forslar 
xorazm liklarni janubdan quyi Amudaryo yerlariga siqib 
chiqarganlar.
S.Tolstov, Y a.G‘ulomovlar ushbu nazariyaga qarshi bo‘lib, 
xorazmliklar 0 ‘rta Osiyoning janubidan ко‘chib kelmaganlar, 
Xorazm davlati quyi Amudaryoda qadimgi zam onlardayoq
82


vujudga kelgan, deb xulosa qilganlar. Bu davlatning chegaralari 
hozirgi Xorazm viloyati hududidan ancha keng bo ‘lgan. 
Qadimgi Xorazm markazlaridan biri Ko‘zaliqir shahri qalin 
va m ustahkam m udofaa devori bilan o ‘ralgan. Bunday 
markazlar atrofida ko‘plab dehqonlar qo‘rg‘onchalari, bog'lar 
va dalalar joylashgan edi. Qadimgi Xorazmda hunarmandchilik 
ishlab chiqarishi rivojlangan. Shaharlarda savdo-sotiq qizg‘in 
kechgan.
0 ‘rta Osiyo hududida miloddan awalgi VII asrda tashkil 
topgan eng qadimgi davlat birlashmasi Qadimgi Baqtriya davlatidir. 
Baqtriyaliklaning yurti Surxon vodiysi, Afg‘onistonning shimoli- 
sharqi, Tojikistonning janubiy hududlarida joylashib, turli yozma 
manbalarda Baxdi, Baqtrish, Baqtriyona, Baqtriya, Baxli, Baxlika 
deb tilga olingan. Bu davlat hududida hozirda Qiziltepa, 
Yerqo‘rg‘on, Uzunqir va Afrosiyob shahar xarobalari topilgan. 
Dastlab Baqtriya tarkibiga Marg‘iyona va Sug‘diyona ham viloyat 
sifatida kirgan bo‘lishi mumkin. Bu davrda aholi nisbatan zich 
joylashgan o‘troq vohalarda dehqonchilik jadal rivojlangan. Bu 
vohalar hosildor tog‘oldi tekisliklarida yoki daryo etaklarida 
joylashgan bo‘lib, nisbatan dehqonchilik uchun qulay sharoitga 
ega bo‘lgan.
Uy-qo‘rg‘onlar va ayrim qishloqlarda yashovchilaming asosiy 
mashg‘ulotlari qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish va ulami 
qayta ishlashdan iborat bo‘lgan. Yer haydab dehqonchilik qilish, 
anhor qazib daryolardan suv chiqarish, kanal va ariqlami doimo 
tozalab turish, sun’iy sug‘orish ishlarini yo‘lga qo‘yish, don ekish, 
chorva uchun xashak bo‘ladigan o‘simliklarni o‘stirish, hayot 
manbai bo‘lib qoladi.
Ayrim uylaming ichida maxsus ustaxonalar qoldiqlari topib 
tekshirilgan. Bu ustaxonalarga oila a’zolari toshdan yog‘ochdan, 
loydan qamishdan, charmdan va teridan xo‘jalikka, ro‘zg‘orga 
kerakli buyumlarni ishlab chiqarganlar. Masalan, toshdan 
ishlangan dehqonchilik qurollari (o ‘roqlar, yoruchoqlar, 
hovonchalar), sopol idishlar, chiroqlar, urchuq boshlari, bo‘yra
83


va teri to ‘shamlari kabilar uy hunarmandchiligi mahsuloti 
hisoblangan. Uy hunarmandchiligi buyumlari va qurollari bilan 
bir qatorda shahar markazlarining hunarmandchilik ustaxonalarida 
sopol idishlar, metall qurollar, zeb-ziynat buyumlari ishlab 
chiqarilgan.
Qishloq jamoalari o'rtasida mahsulot ayirboshlashda “pul“ 
vazifasini kulolchilik va temirchilik buyumlari, oziq-ovqat va 
chorva mahsulotlari bajargan. Qishloq jamoalarida yetishtirilgan 
mahsulotlarning asosiy qismi shu joyning o‘zida, ya’ni ayrim 
jamoalar o‘rtasida iste’mol qilingan. Yetishtirilgan mahsulotning 
ma’lum qismlarini bozorga olib borish xo‘jalikda yoki ro‘zg‘orda 
maxsus qurollar (buyumlar, kiyim-kechaklar) zaruriyatidan kehb 
chiqqan. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning turli hunar 
kasblariga bog‘liq bo‘lgani uchun mahsulotning ortiqcha qismini 
ayirboshlash an’anasi yanada rivojlangan. Savdo asosida an’anaviy 
xo‘jaliklar va hunar turlari taraqqiy etgan. Bu jarayon ishlab 
chiqarishni jadallashtirgan.
Tashqi savdo (viloyatlar mamlakatlar o‘rtasida)da pul o‘lcho- 
vini xom ashyo, qimmatbaho hunarmandchilik buyumlari 
(metall idishlar, yaroq-aslahalar, zeb-ziynatlar), qimmatbaho 
tosh, oltin va kumushlar bajargan. 0 ‘rta Osiyodan bosh- 
lanadigan savdo yo‘llari Qadimgi Sharq mamlakatlariga olib 
borgan. Shu yo‘llar orqali Baqtriya tog‘larida qazib chiqarilgan 

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish