yillik xiroj to‘lagan. Bundan tashqari qaram xalqlar saroy va
haramlar qurilishiga ham safarbar etilgan. Xirojni
kumush
bilan,
chorvadorlar
chorva
bilan, hunarmandlar o‘z mahsuloti bilan,
kiyim, ten
bilan to'laganlar.
Miloddan awalgi 329 yilda makedoniyalik Aleksandr qo'shinlari
Amudaryodan o ‘ta boshladi. Aleksandrning
jangchilari bu
to'siqdan o ‘tib oldilar. Qo£shinlar qarshisida esa Navtaka (Qash
qadaryo vohasining sharqiy qismi), Maroqand turar edi.
Miloddan awalgi 329 yilda makedoniyalik Aleksandr qo‘shinlari
Maroqandni egalladilar. Aleksandr qo£shinlaming bir qismini
qoldirib, o‘zi esa Qurushkat (Kiropolis) shahrini bosib olish
uchun
asosiy kuchlar bilan Sirdaryo qirg‘oqlari sari ketadi. Rivoyatga
ko‘ra, bu shaharga fors shohi Kir II asos solgan ekan.
Sug‘diyona xalqi bosqinchilarga qarshi kurashga ko‘tarildi.
Tez orada sug‘diylarga baqtriyaliklar, sak va massagetlar
qo‘shiladilar. Qo‘zg‘olonga iste’dodli rahbar va qo'm ondon
Spitamen
boshchilik qiladi.
Ancha qo£shin to£plagan Spitamen Maroqandni qurshovga
oldi. Aleksandr qamalda qolganlar uchun mingga yaqin jangchidan
iborat qo‘shin jo‘natadi.
Qadimda ,,Politimet“ deb ham atalgan
Zarafshon daryosi bo'yida makedonlarga pistirma qo‘ygan
Spitamen dushman guruhini tamomila qirib tashlaydi. Shunda
Aleksandrning o‘zi qo‘zg‘olonni bostirishga otlanadi. Yunonlaming
katta kuchlari yaqinlashib kelayotganidan xabar topgan Spitamen
qamalni to‘xtatadi, o‘z qo‘shinlarini sahro sari boshlab ketadi.
Saklar va massagetlarga qarshi kurash uchun Aleksandr Sirdaryo
bo‘yidagi Xo‘jand yaqinida bir
tayanch manzil barpo etish
to £g£risida buyruq beradi. Bu qal’a Aleksandriya Esxata (Uzoq
Aleksandriya) deb ataldi. Aleksandr Maroqandda garnizon -
himoya kuchlarini qoldirib, asosiy qo'shinlari bilan qishlov uchun
Zariasp (Baqtriya)ga jo ‘nadi. 0 £sha yilning bahorida Aleksandr
qo‘zg‘olonni bostirish chorasini ko£radi. 0 ‘z lashkarlarini uch
qismga bo£lib, Sug£diyonaning u boshidan bu boshigacha kezib
chiqadi va tinch aholining 120 ming nafarini qirib tashlaydi.
86
Miloddan awalgi 328 yil kuzida Spitamenning Aleksandr bilan
hal qiluvchi jangi bo‘lib o‘tdi. Kuchlar teng bo'lmaganidan Spita-
men yengilib, tag‘in cho‘lga chekinadi. 0 ‘sha yerda ko‘chmanchi
qabilalar boshliqlari uni xoinlarcha o'ldiradilar.
0 ‘rta Osiyo yerlarini bosib olish uchun Aleksandr deyarli
uch yil urindi, biroq uncha katta bo'lmagan hududni: Maig‘iyona,
Baqtriya, Sug‘diyona va hozirgi Bekobod va Xo‘janddan iborat
Sirdaryo bo‘ylarini bo‘ysundirishga muvafTaq bo‘ldi. Xorazm,
Toshkent vohasi va Farg‘ona mustaqilliklaricha qoldilar.
Spitamen qo‘zg‘oloni bostirilishiga qaramay, yunon-makedon
qo‘shinlari birinchi bor qator mag‘lubiyatga uchradilar.
Yunon-makedon qo‘shinlarining bosqinchilik yurishlari 0 ‘rta
Osiyo yerlarini xarobazorga aylantirdi, aholining katta qismi qirilib
ketdi. Ko‘plab shaharlar vayron etildi.
Yunon tarixchilarining yozishicha, makedoniyalik Aleksandr
0 ‘rta Osiyoda 12 ta shahar qurdirgan.
Bu shaharlar uning nomi
bilan Oksdagi Aleksandriya, Aleksandriya Esxata, Marg‘iyona
Aleksandriyasi va hokazo tarzida atalgan. Ularning ba’zilari vayron
etilgan Sug‘diyona va Baqtriya shaharlari o‘mida, boshqalari esa
tayanch qal’a sifatida yangidan qurilgan.
Bu shaharlarda yunon-
makedon piyoda, otliq askarlari joylashdi. Miloddan awalgi 324
yildan boshlab bu askarlaming siyraklashgan saflari Makedoniya
tartibida qurollantirilgan Baqtriya va Sug‘diyona yoshlari hisobiga
to'ldirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: