TV BOB.
0 ‘RTA OSIYONING 0 ‘RTA ASRLARDAGI
TARIXIY GEOGRAFIYASI
I.
Eftalitlar va turk xoqonligi siyosiy-tarixiy geografiyasi
V
asrning o ‘rtalarida O lrta Osiyoga ko‘chmanchi
eftalit
qabilalari kirib kelishadi. Bu yangi qabilalar ittifoqi 50-yillarda
ancha mustahkamlandi. Ularning 456 yilda Xitoyga o‘z
elchilarini
yuborishi ham buning tasdig‘idir. Eftalitlarning janubga siljishi
sosoniylar Eroni bilan to'qnashuvlar keltirib chiqardi. Bu urushda
ham eftalitlar g‘alaba qozonib, sosoniylar eftalitlarning o‘lpondoriga
aylanib qoladi. Eftalitlar sosoniylar bilan birga kurash jarayonida
0 ‘rta Osiyoning janubiga siljiy boshlagan. Ular 467-470 yoki
480 yillarda Sug‘dni bosib olishadi va keyin Sharqiy Turkistonga
qarab siljishadi. 479 yilda Turfon, 490-497 yillarda Urumchi,
497 va 507 yillar oralig‘ida Karashara, Xo‘tan va Qoshg‘ar eftalitlar
davlati tarkibiga kiradi va VI asrning boshlarida butun
Sharqiy
Turkiston eftalitlar qo‘l ostida birlashadi.
Eftalitlar davlati hududlari haqida Xitoy solnomalari va arab-
fors tarixchilari asarlarida ma’lumotlar uchraydi. Ularga tayangan
holda eftalitlar davlatiga 0 ‘rta Osiyoning katta qismi, Sharqiy
Turkiston, Gandxara va V asrning
ikkinchi yarmida Shimoliy
Hindistonning boshqa bir qancha viloyatlari ham kirganligini
bilishimiz mumkin. Bu davlat o ‘z hududiga ko‘ra kushonlar
davlatidan ham katta edi.
Kushonlar davridagi kabi eftalitlar zamonida ham saltanat
yakka hukmdor tomonidan boshqarilgan. Xitoy manbalariga ko‘ra,
taxt otadan bolaga qolmay, shu suloladan kim loyiq deb topilsa,
o‘sha taxtga o‘tirgan. Demak, ana shu nomzodni aniqlab taqdim
etadigan qandaydir bir kengash ham mavjud bo‘lgan.
Bu kengash
96
sulolaning mo’tabar namoyandalari hamda saltanat arkonlaridan
iborat bo‘lgan bo‘lsa ham ehtimoldan xoli emas. Eng muhimi
efitalitlar davrida davlat qonunlar asosida boshqarilganini alohida
ta’kidlash lozim. Rumlik Prokopiy (VI asr) „Eftalitlar davlatni
qonunlar asosida boshqaradilar“, deb yozarkan, ushbu qonunlar
turkiy tuzuklar bo‘lgani, shubhasizdir.
Shuni ham yoddan chiqarmaslik kerakki,
bunday ulkan
saltanatni boshqarishda yuksak darajada faoliyat ko‘rsatuvchi
markaziy hokimiyatga erishish qiyin. Shuning uchun Shimoliy
Hindiston hududlarida va, ehtimol, boshqa ba’zi viloyatlarda ham
boshqaruv mahalliy xonadonlar (sulolalar) tomonidan olib
borilgan. Davlatchilik tarixida foydalanib
kelingan satraplik
boshqaruvi, ya’ni markaziy hokimiyat noiblari orqali idora etish
usuli bu vaqtda o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan bo‘lishi kerak
EftaUtlar davrida davlatning poytaxti qayerda bo‘lganligi haqida
ham aniq m a’lumotlar yo‘q. Ba’zilar Boykentni (Poykand)
ko‘rsatsa, boshqalari Badaxshonda deb biladilar. Shu o‘rinda ba’zi
bir tarixiy an’analar yodda tutilsa yomon bo‘lmaydi. Masalan,
ilgari ko‘rib o‘rganganimizdek, kushonlar poytaxti bir muddat
Sug'diyonada joylashgan va keyinchalik ma’lum sabablarga ko‘ra
Peshovarga ko‘chirilgan. Shunga o‘xshash efitalitlar markazi ham
awal Baqtriyada, so'ngra sosoniylar xavfi uzil-kesil yo‘qqa
chiqqach hamda saltanat chegaralari Sharqiy
Turkiston hisobiga
ham kengaygach, poytaxt Boykentga ko‘chirilganbo‘lsa kerak.
VI asrda Oltoy hududlarida davlat tuzilmalari tashkil topb
boshlaydi. Bu davlat birlashmalaridan biri
Do'stlaringiz bilan baham: