Yetimxon boshchiligidagi Mingtepadagi g‘alayon chorizm ma’mur-
larini jiddiy tashvishga soldi.
1892 yil yozida Toshkentda ham yirik qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tdi.
Bu qo‘zg‘olon tarixga „vabo isyoni“ nomi bilan kirgan. Shaharda
vabo tarqalishi bilan 12 ta qabriston yopib qo‘yildi va yangi 4 ta
qabriston ochilishigina e’lon qilindi. Va’da qilingan 4 ta qabriston
o‘rniga faqat bittasi ochildi. Natijada xalq ommaviy qo‘zg‘olon
ko‘tardi. Lekin qo‘zg‘olon qurollangan
harbiylar tomonidan
bostirildi.
1898 yilda Andijonda Dukchi Eshon boshchiligidagi qo‘zg‘olon
ham Rossiya imperiyasining o ‘lkadagi jabr-zulmiga qarshi
k o ‘tarilg an om m aviy h a ra k at edi. Q o ‘zg‘olon
rah b ari
Muhammadali eshon 1898 yil 17 may kuni xalqqa murojaat qilib,
ularni mustamlakachilarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarishga da’vat
etadi. Qo‘zg‘olonchilar dastlab Andijon habiy lageriga hujum
qiladilar. Marg‘ilon va 0 ‘sh uyezdlaridagi harbiy garnizonlariga
hujum uyushtirish esa amalga oshmay qoladi.
Chunki chor
amaldorlari bundan xabar topib, mudofaa uchun zarur choralarini
ко‘rib ulguradilar. Qo‘zg‘olon haqidagi xabarlar Namangan uyezdi
va Yettisuv viloyatiga ham etib bordi va bu yerdagi aholi tomonidan
qo‘llab-quwatlandi. Qo‘zg‘olon garchand Rossiya mustam-
lakachilari tomonidan bostirilgan bo‘lsa-da,
bu ozodlik kurashining
yorqin namunasi bo‘lib qoldi.
Birinchi Jahon urushining boshlanishi Turkistondagi
shunday ham og‘ir hayotni yanada og‘irlashishiga olib keldi.
Shunday sharoit hukm surayotgan bir paytda 1916 yil 25 iyunda
podsho Nikolay II ning mardikorlikka olish to‘g‘risidagi farmoni
e’lon qilinadi. Unga ko‘ra Turkiston aholisidan ham 250 ming
kishi mardikorlikka olinishi kerak edi.
Ammo bu harakatga
qarshi Turkistonda yirik qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tadi. 1916 yil 4
iyulda X o‘jand xalqi q o ‘zg‘olon k o ‘tardi, ayni paytda,
Sam arqand, Jizzax, va K attaq o ‘rg‘on
tum anlarida ham
g'alayonlar boshlandi. Farg‘ona, Sirdaryo,
Samarqand, Yettisuv,
Zakaspiy viloyatlarida avj olgan g‘alayonlar keskinlashib, yirik
150
xalq qo ‘zg‘oloniga aylandi. Bu qo ‘zg‘olonlar ham chor
ma’murlari tomonidan ayovsiz bostirilgan. Turkiston o‘lkasidan
1916 yil sentyabridan 1917 yil fevraligacha 123
ming kishi
mardikorlikka olingan. Podsho hukumati ag‘darilgandan so‘ng
1917 yil bahorida mardikorlar orasida norozilik harakatlarining
kuchayishi natijasida Muvaqqat hukumat mardikorlarni o‘z
yurtlariga qaytarishga majbur bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: