KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Ziyorat turizmi sohasi innovatsion fikrlay oladigan xodimlar mehnatiga o'z ehtiyojini sezadi. Rivojlangan mamlakatlarda turizm va mehmondo'stlik bandligining ahamiyati Jahon Sayyohlik va Turizm Kengashi (WTTC) tomonidan tasdiqlangan bo'lib, u sayohat va turizm bilan bog'liq faoliyatlarda 2019-yilda Sayohat va Turizm dunyo bo'ylab yaratilgan barcha yangi ish o'rinlarining 1/4 ini, barcha ish o'rinlarining 10,6 foizini (334 million) va global yalpi ichki mahsulotning 10,4 foizini tashkil qilgan (9,2 trillion dollar). Shu bilan birga, 2019-yilda xalqaro tashrif buyuruvchilar xarajatlari 1,7 trillion AQSh dollarini tashkil etdi (umumiy eksportning 6,8 foizi, jahon xizmatlari eksportining 27,4 foizi).
Bugungi kunda dunyo mamlakatlari innovatsion rivojlanish va raqamli iqtisodiyotni takomillashtirish borasida say harakatlarni amalga oshirishmoqda. Buning uchun asosiy omillardan sanalgan inson resurslaridan texnik va innovatsion texnologik ilmlarni egallash dolzarb bo'lib qoldi. Malakali kadrlar tayyorlash masalasi bugungi kunda barcha davlatlar uchun muhim. Dunyo miqyosida ish beruvchi tashkilotlarning 67%i malakali va sifatli kadrlar yetishmovchiligi ishga qabul qilishdagi eng yirik muammo ekanligini qayd etgan. Bu so'nggi 12 yil ichidagi eng yuqori natijani ko'rsatadi. Inson resurslarini boshqarish va bilim malakasini oshirish ma'lum darajada ish beruvchi korxona zimmmasiga tushadi. Shu sababli ham ish beruvchi tashkilotlar inson resusrslarini boshqarish yetarli darajada takomillashdi. Davlat korxonalari, hukumat lavozimlaridagi xodimlar bilan bir qatorda turizm sohasida ham ushbu jarayonlar yuqori darajani talab etadi. Ish izlovchilarning 96%i shaffoflik bo'lgan tashkilotlarda ishlashni afzal ko'rishlarini bildirishgan. 2020-yilda ish o'rinlarining taxminan 35% bakalavr darajasida, 30%i kollej, aspirantura hamda doktorlik darajasida va 36% maktab darajasidagi bilim bilan kifoyalangan. Mehnat jarayonini yuritish, mehnatga bo'lgan munosabat, uni tashkil qilish va undan oqilona foydalanish, hamda ta'lim tizimida ham yondashuvlar o'zgardi.
Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, yetakchi tarmoqlarni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish asosida mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish borasida sohalar kesimida barcha hududlarda keng ko’lamli islohotlar olib borilmoqda. Milliy kadrlar tayyorlashga alohida urg’u berilayotganligi “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz” deb aytilgan so’zlarda ham mujassamlashgan.1 Bundan kelib chiqqan holda sohalarda inson resurlariga bo'lgan talabning o'zgarishi va jarayonlarni tashkillashtirishda rahbar lavozimlaridagi davlat xizmatchilaridan inson va oilalarga manfaatli qonuniy munosabatlarni amalga oshirishi talab etiladi. Yuqori bilim va ko'nikmaga ega bo'lgan, keng salohiyatli xodimlarga bo'lgan talab yanada kuchayadi va har bir korxona o'z xodimlarining bilim malakasini muntazam oshirib borishiga va zamonaviy, innovatsion bilimni o'zlashtirib borishga alohida e'tibor qaratishi talab etiladi.
Shu o'rinda shuni ta'kidlash joizki ziyorat turizm industriyasini tubdan takomillashtirish va rivojlantirishdagi asosiy e'tibor ushbu sohada faoliyat ko'rsatadigan xodimlar salohiyatining yetuk malakali va innovatsion bilimlarga ega bo'lishi bilan bevosita bog'liqdir. Bu aynan mamlakatimizda ziyorat turizm yo'nalishi salohiyatining oshishiga asos bo'lib xizmat qiladi.