Ўзбкистон республикаси


О‘zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlash



Download 2,55 Mb.
bet40/115
Sana18.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#559854
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   115
Bog'liq
6.маъруза матни

3.5. О‘zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlash


Mustaqillik yillarida respublikamizda kichik biznes sezilarli rivojlandi. Ammo kichik korxonalarni tashkil qilish sur’ati, ularning barqaror rivojlanishi va umumiy iqtisodiy tizimdagi о‘rni hali bozor iqtisodiyoti talablariga tо‘la javob bermaydi. Kichik biznesni rivojlantirish yо‘lida kо‘plab qiyin-chiliklar paydo buldi, ularni faqat davlat tomonidan kо‘rilgan tashkiliy va ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlar asosidagina bartaraf qilish mumkin.
Bozor iqtisodiyotining muhim sohasi bо‘lgan kichik biznes­ni tashkil qilish va uni rivojlantirish biz uchun yangi va murakkab jarayon bо‘lib, doimiy e’tibor qaratishni, yordam va qо‘llab-quvvatlashni talab qiladi. Tadbirkorlar о‘z faoliyatlarining barcha bosqichlarida kо‘plab tо‘siqlarni yengib о‘tishga majbur bо‘lmoqdalar, katta qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Tadbir-korlik muammolariga bag‘ishlangan tadqiqotlardan birida quyi-dagi natijalar olindi:
- tadbirkorlarning 40 foizi tijorat banklari, biznes-fondlar va boshqa tuzilmalardan kredit olishda qiyinchiliklarga duch kelgan;
- ularning 50 foizi bank tо‘lovlarini rasmiylashtirish va buxgalteriya hisoboti formalarini tо‘ldirishda qiyinchiliklarga duch kelgan;
- tadbirkorlarning 40 foizi kо‘psonli nazorat organlari tomonidan tekshiruvlarning tez-tez bо‘lib turishini kо‘rsatgan;
- ularning 72 foizi soliqlarning yuqoriligidan shikoyat qilgan;
- tadbirkorlarning 64 foizi sudlar xо‘jalik va boshqa masa-lalardagi nizolarni hal qilishga qodir emas, deb hisoblaydi;
- tadbirkorlarning 83 foizi xususiy korxonalarni rо‘yxat-dan о‘tkazishda qiyinchiliklar mavjudligini bildir­gan va ushbu rasmiyatchiliklarning juda murakkabligi, talab qilinadigan qо‘shim-cha hujjatlarning haddan tashqari kо‘pligini, rо‘yxatdan о‘tkazish muddati 7-30 kun о‘rniga undan ham uzoqqa chо‘zilib ketayotganligini aytgan;
- tadbirkorlarning 70 foizi banklar tomonidan statistik va moliyaviy hisobotlar bilan ta’minlanmagan, ularni tо‘ldirishdagi qiyinchiliklar ustidan shikoyatlar tushgan;
- tadbirkorlarning 52 foizi erkin raqobat uchun kerakli sharoitlar yо‘qligidan shikoyat qilgan;
- tadbirkorlarning 69 foizi tadbirkorlik faoliyati shakllari orasida moddiy va moliyaviy resurslar olishda tengsizlik mavjud-ligini aytgan;
- tadbirkorlarning 66 foizi hokimiyat va boshqa organlarning korxonalar faoliyatiga aralashayotganlarini bildirgan;
- tadbirkorlarning 50 foizi zaruriy axborotlar bilan yetarli ta’minlanmaganligidan shikoyat qilgan;
- 80 foiz tadbirkorlar sug‘urta tashkilotlarining faoliyatidan qoniqmaganligini bildirgan;
- tadbirkorlarning 80 foizi tijorat banklaridagi о‘z hisob raqamlarida turgan pul resurslarini erkin tasarruf qilish uchun sharoitlar yо‘qligini aytgan;
- nihoyat, tadbirkorlarning 80 foizi eksport-import operatsiya-larini amalga oshirishda jiddiy qiyinchiliklarga uchrayotganligini ta’kidlagan.
Ushbu holat faqat о‘z kuchlariga ishonib tadbirkor bо‘lish istagining о‘zi kichik biznesni tez va muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun yetarli emasligidan dalolat beradi.
Tadbirkorlar duch kelayotgan qiyinchiliklar va muammolarning bunday uzun rо‘yxatini keltirishdan maqsad ular­ning xо‘jalik yuritish jarayonida kо‘plab tо‘siqlarga duch kelayotganligini, ularning bozor munosabatlariga о‘tish davrida turli omillar bilan kurashayotgan-liklarini kо‘rsatishdir.
Tadbirkorlik faoliyatida kuzatilayotgan kо‘plab qiyinchi­liklar va kamchiliklar kichik biznesni barpo etish va rivojlantirishni jid-diy qо‘llab-quvvatlash zarurligini tasdiqlaydi. Bu avvalo, tadbirkor-lik faoliyatining о‘zi bilan bog‘liq bо‘lgan, kichik biznesni tashkil qilishning mohiyatidan kelib chiqadigan qiyinchiliklardir. Kо‘pgina kichik korxonalarda tadbirkorlarning о‘zlari ta’minot, savdo, ishlab chiqarishni tashkil qilish, iqtisod, buxgalteriya va shu kabi barcha boshqaruv funksiyalari bilan yakka tartibda shug‘ullanadilar. Tabiiyki, bir kishiga bu murakkab funksiyalarning barchasini professional darajada bajarish qiyinlik qiladi. Shuning uchun xо‘jalik jarayonlarida qabul qalinayotgan qarorlar har doim ham samarali bо‘lmaydi, bu esa kichik korxonalarning bankrot bо‘lishiga olib kelayotgan asosiy sabablardan biridir.
Tadbirkorlik faoliyatining о‘ziga xos xususiyati borligi sababli unda tinimsiz ravishda meyorlanmagan mashaqqatli mehnat, ulkan mas’-uliyat, xatarlarning kattaligi va daromadlarning muntazam emasligi kabi shaxsiy muammolar vujudga kelib turadi. Bundan tashqari, tadbirkor har doim yollanma ishchilar, ijarachilar, banklar, moliya organlari, iste’molchilar oldidagi shartnoma majburiyatlarini bajarish tashvishida bо‘ladi. Kichik korxonalarning faoliyatiga inflyatsiya, narxlarning о‘sishi, talabning kamayishi, valyuta kurs-larining nisbati kabi bozor munosabatlari tо‘liq shakllanmagan tizimga xos bо‘lgan iqtisodiy о‘zgarishlar ta’sir qilib turadi.
Iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy xarakterdagi chora-tadbirlarga qaramay, tadbirkorlik faoliyatida kо‘pgina hal qilinmagan muammolar о‘z yechimini kutib turibdi. Ularning eng asosiylarini quyida kel-tiramiz:
- kichik korxonalarni zamonaviy va istiqbolli rivojlan-tirishning metodologik masalalari na hududiy va na tarmoq miqyosda ishlab chiqilmagan. Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning umumiy kо‘rsatkichlarida ki­chik biznesning miqdoriy tarkibi va salmog‘ini aniq hisobga olib borish tizimi yо‘q. Ayrim tadbirkorlik faoliyat turlarining roli va tutgan о‘rnini aniqlash qiyin. Axborot ta’minotiga oid muammolar kichik biznesni rivojlantirish tendensiyalarini aniqlashga, tadbirkorlik jarayonining muayyan yо‘nalishlarini va ustuvor sohalarini tanlashga imkon bermaydi;
- respublika va mahalliy hokimiyat organlaridagi ma’muriy-buyruqbozlik tizimi tushunchalari bilan eskicha fikrlaydigan rahbar xodimlarning eskicha qarashlari saqlanib kelmoqda, ularning bozor sharoitlariga moslasha olmayotganligi yaqqol sezilib turibdi. Buning oqibatida kо‘pgina progressiv (ilg‘or) huquqiy aktlar va hukumat qarorlari yetar­licha tо‘liq va о‘z vaqtida bajarilmay qolmoqda;
- tarmoq va hududiy boshqaruv organlari tadbirkor­larning muammolarini hal qilish maqsadida ularning faoliyatini chuqur tahlil qilmayapti, ularda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida intuitsiya yо‘q. Bozor iqtisodiyotida yuzaga kelgan infratarkib hali natija bermayotganligi tufayli tad-birkorlar axborot xizmatlaridan mahrum, ular biznes-rejalar tuzishda yordamga, malakali maslahatchilarga, auditor xizmatlarga muhtoj;
- mahalliy organlar tomonidan tadbirkorlarga bо‘sh ish о‘rinlarini, bino va inshootlarni, tugallanmagan qurilish obyektlarini, foydalanilmayotgan transport vositalarini berish bо‘yicha shoshilinch choralar kо‘rilmayapti. Ular kichik korxonalarda davlat buyurtmalarini joylashtirish bilan deyarli shug‘ul-lanmaydilar;
- mulk egalariga binolar buzilganda, mulklar turli sabablarga kо‘ra taqsimlanganda о‘z mulklariga taalluqli aniq kafolatlar berishni ta’minlovchi ta’sirchan mexanizm oxirigacha ishlab chiqilmagan;
- tijorat banklari tomonidan kо‘plab cheklashlar mavjud. Kо‘plab rasmiyatchiliklarning hal qilinmaganligi tufayli imtiyozli kreditlar olish, ayniqsa, qiyin;
- meyoriy va yо‘riqnoma materiallarini ishlab chiqishda kichik biznesga xos faoliyat xarakteri, ularning о‘ziga xos xususiyatlari tо‘liq hisobga olinmaydi.
Bu muammolarning barchasi kichik korxonalarni tashkil qilingan paytdan barqaror faoliyat bosqichiga qadar qо‘llab-quvvatlash zarurligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Xо‘sh, tadbirkorlar yordamni kimdan kutishi kerak? Avvalo dо‘stlar va tanishlardan (pul topish yо‘llaridan biri). Eski aloqalarga murojaat qilish ham mumkin. Ba’zi firmalar о‘z maslahati bilan yordam qilishi mumkin. Yana tadbirkorlarning turli birlashmalari, ittifoq va uyushmalar bor. Ammo eng asosiy yordam faqat davlat tomonidan, uning markaziy va mahalliy boshqaruv organlari tomonidan bо‘ladi.
Bunday qо‘llab-quvvatlash sо‘nggi yillarda tobora kengayib va kuchayib bormoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishi qо‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirishga qaratilgan yangi qonun, qaror va farmonlar qabul qilinmoqda. Jumladan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 14 iyundagi PF-3619-sonli «Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi, 2005 yil 20 iyundagi PF-3620-sonli «Mikrofirmlar va kichik korxonalarni rivojlantirish borasidagi qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida»gi, 2005 yil 24 iyundagi PF-3622-sonli «Tadbirkorlik subyektlarining xо‘jalik sohasidagi huquqbuzarliklari uchun moliyaviy javobgar-ligini erkinlanshtirish tо‘g‘risida»gi Farmonlarini, 2005 yil 15 iyundagi PQ-100-sonli «Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taq-dim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirsh va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish tо‘g‘risida»gi Qaro-rining qabul qilindi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 iyundagi PQ-100-sonli «Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirsh va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish tо‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq, mikrofirmalar va kichik korxonalar 2005 yil 1 iyuldan davlat soliq xizmati organlariga soliqlar, yig‘imlar, ajratmalar va boshqa majburiy tо‘lovlarni endi har oyda emas, balki chorakda bir marta topshirishga о‘tkazildi.
Ushbu qaror qabul qilingunga qadar, mikrofirmalar va kichik korxonalar – yagona soliq tо‘lovchilar soliq xizmati organlariga har choraklikda faoliyat turiga qarab, soliqlar va majburiy tо‘lovlar yuzasidan 10-15 ta hisob-kitobni taqdim etardilar. Endi yagona soliq tо‘lovchilarning topshiradigan hisob-kitoblari soni 7 tadan 4 tagacha, yagona soliq tо‘lovini tо‘lovchilarniki esa 4 tadan 1 tagacha qisqardi.
О‘z faoliyatini savdo va umumiy ovqatlanish sohasida amalga oshiruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar har chorakda soliqlar va majburiyat tо‘lovlar bо‘yicha о‘rtacha 13 ta hisob-kitobni taqdim etardi. 2005 yil 1 iyuldan boshlab esa soliq tо‘lovchilarning ushbu toifasi uchun topshiriladigan hisob-kitoblar miqdori 5 tagacha qisqartirildi.
Hisob-kitoblarni taqdim etishning bu tartibi joriy qilinishi kichik biznes subyektlariga moddiy xarajatlarni ancha kamaytirish imkonini yaratdi.
Ayni paytda, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 14 iyundagi PF-3619-sonli «Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi Farmonining ahamiyati shundan iboratki, Farmon qabul qilinishiga qadar nazorat qiluvchi organlari tadbirkorlik subyektalariga moliyaviy jarimalar qо‘llash, banklardagi hisob-varaqlari bо‘yicha operatsiyalarni tо‘xtatib qо‘yish, huquqbuzarlik predmetlarini davlat foydasiga о‘tkazish, litsenziya va ruxsat-nomalarni bekor qilish, ular faoliyatini tо‘xtatib qо‘yish yoki tugatish kabi bir qancha ta’sir choralarini qо‘llash huquqiga ega edilar. Farmondan keyin esa yuqorida kо‘rsatilgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qо‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari faqat sud orqali amalga oshiriladigan bо‘ldi. Bu Farmon turli nazorat qiluvchi organlarning tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashuviga barham berildi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 20 iyundagi PF-3620-sonli «Mikrofirmlar va kichik korxonalarni rivojlan-tirish borasidagi qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida»gi Farmoniga kо‘ra, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun 2005 yil 1 iyuldan boshlab yagona soliqni tо‘lash, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘ar-masi va Maktab ta’limi jamg‘armasiga majburiy ajratmalar о‘rniga yagona soliq tо‘lovi joriy etildi. Belgilangan yagona soliq tо‘lovi stavkalari mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun soliq yukini kamaytirishni kо‘zda tutadi.
Bundan tashqari, yangidan tashkil qilanayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga yagona soliq tо‘lovini tо‘lash muddatini bir yilga kechiktirish, kechiktirilgan summani imtiyozli davr tugagandan keyin teng ulushlarda 12 oy davomida tо‘lash huquqi berildi.
Joriy etilgan ushbu meyorlar mikrofirmlar va kichik korxonalar sonining о‘sishi uchun rag‘batlantiruvchi omil bо‘lib xizmat qiladi. Bu esa, о‘z navbatida kichik biznesning YAIMdagi ulushining oshishiga olib keladi.
Vazirlar Mahkamasi qoshida Kichik biznes va xususiy tadbirkor­likni rivojlantirishni rag‘batlantirish bо‘yicha respubli­ka muvo-fiqlashtiruvchi kengashi faoliyat kо‘rsatmoqda. Uning huzurida beshta ishchi guruhi tashkil qilingan. Ushbu kengash respublika mintaqalarida kichik biznesni rivojlantirish bо‘yicha muayyan chora-tadbirlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi, shu muammolarni hal qilish bо‘yicha soha organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Davlat tomonidan berilayotgan yordamdan tashqari, О‘zbekistonda tadbirkorlikning barpo etilishi va rivojlanishi mobaynida tadbirkorlarning nohukumat va notijorat tashkilotlariga birlashish yо‘li bilan о‘z-о‘zini qо‘llab-quvvatlash shakllari tobora keng tarqalmoqda. Ushbu tashkilotlar tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qiladi, о‘z a’zolarini turli shakllarda qо‘llab-quvvatlaydi va ularga xizmatlar kо‘rsatadi. Bularga misol qilib Savdo-sanoat palatasi, Fermer xо‘jaliklari uyushmasi, Tadbirkor ayollar uyushmasi, An’anaviy badiiy hunarmandchilik va ustalar uyushmalari va boshqalarni kо‘rsatish mumkin.

3.6. Kichik biznes va tadbirkorlikni davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlashning xorij tajribasi


Kо‘pgina xorijiy mamlakatlarda kichik biznesning vujudga kelishi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi davlat yordami vositasida ta’minlanadi. Ularda bu ishda juda katta ijobiy tajriba tо‘plangan bо‘lib, undan bizning sharoitlarimiz va xususiyatlarimizni hisobga olgan holda foydalanish mumkin.
Kо‘pgina mamlakatlarda kichik korxonalar faoliyatini tartibga solishga umumiy yondashishlar va asosiy yо‘nalishlar xosdir. Ularga quyidagilar kiradi:
- kichik biznesni qо‘llab-quvvatlashga yо‘naltirilgan maxsus qonunlarni qabul qilish;
- korxonalar faoliyatining umumiy va xususiy tomonlarini (masalan, kichik firmalarda boshqaruv usullarini) takomillash-tirishni, biznes bilan shug‘ullanishni istayottanlarga moliyaviy yordam kо‘rsatishni, kichik biznesni rivojlantirishni kо‘zda tutuvchi ma’lum maqsadga qaratilgan davlat rejalarini ishlab chiqish;
- kichik biznesni qо‘llab-quvvatlashning tarkibiy-tashkiliy xizmatlarini tashkil qilish;
- kichik bizneslarga davlatning moliyaviy yordam kо‘rsatishi (Italiyada kichik firmalar ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruk-torlik ishlarini moliyalashtirishga katta mablag‘lar ajratiladi);
- kichik biznesni kafolatlash va imtiyozli kreditlashtirish firmalarini tashkil qilish (Angliyada kichik korxonalarni moliyalashtirishni ta’minlovchi maxsus firmalar bor, buning ustiga davlat qarzlarining 70% ni kafolatlaydi);
- kichik korxonalar faoliyatini imtiyozli soliqqa tortishni keng tarqatish (masalan, Fransiyada har yili 10000 ga yaqin korxonalar tо‘liq yoki qisman soliq tо‘lashdan ozod qilinadilar).
Kichik biznesni qо‘llab-quvvatlash sohasidagi ba’zi bir mamlakatlar tajribasining qisqacha bayonini keltiramiz.
AQSH. AQSH 1953 yildayoq butun mamlakat bо‘yicha vakillarning keng tarmog‘iga ega kichik biznes ishlari bо‘yicha ma’muriyat tashkil qilingan edi, unda 4 ming xodimlar xizmat qiladi. Bu tashkilot faoliyatining asosiy yо‘nalishi shaxsiy ishni ochish va olib borishda yordam berish, kichik biznesga kreditlar va kafolatlangan qarzlar berishdan iborat.
О‘sha yili iqtisodiyotning monopolistik sektorini dav­lat tomonidan tartibga solishning huquqiy asoslarini tashkil qiluvchi kichik biznes tо‘g‘risidagi qonun qabul qilingan. 1986 yilda kichik korxonalarga yangi texnologiyalar, ilmiy-texnik va tajriba konstruktorlik tashkilotlarining ishlanmalarini topshirish imkoniyatini ta’minlovchi qonun qabul qilingan.
Kichik korxonalarga kо‘pchilik yarim hukumat tashkilotlari yordam kо‘rsatadilar: xizmatlar savdosi sohasidagi siyosat bо‘yicha qо‘mita, Prezident xuzuridagi xususiy tadbirkorlik muammolari bо‘yicha max-sus komissiya, sanoat raqobatbardoshligi masalalari bо‘yicha komissiya va boshqalar.
Kо‘p sonli jamoatchilik tashkilotlari – savdo palatasi, sanoatchilarning milliy assotsiatsiyasi, savdo, qishloq xо‘jaligidagi har xil assotsiatsiyalar, klublar, guruhlar va hokazolar kichik biznesni qо‘llab-quvvatlashga yordam kо‘rsatadilar. AQShda kichik korxonalar soliq imtiyozlaridan foydalanmaydi, ammo subsidiyalar, dotat-siyalar, moliyaviy kafolatlar bilan qо‘llab-quvvatlanadilar.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish