YaponiY. Yaponiyada kichik korxonalarni qо‘llab-quvvatlashda kichik biznes bо‘yicha boshqarma, KО‘Kni rivojlantirish bо‘yicha davlat korporatsiyasi, moliyalashtirish bо‘yicha milliy korporatsiya, KО‘K assotsiatsiyalarining butun yapon federatsiyasi, KО‘K butun yapon markazi va boshqalar faoliyat yuritadilar. Bulardan tashqari unga yaqin maxsus banklar KО‘Kni kreditlashga xizmat qiladi.
Davlat qо‘llab-quvvatlashi о‘z ichiga quyidagilarni oladi: imtiyozli soliqqa tortish, jadallashtirilgan amortizatsiya, imtiyozli kredit-lashtirish, xodimlarni о‘qitishda yordam, bankrotlik holida yordam kо‘rsatish, KО‘Kning texnik darajasi о‘sishini rag‘batlantirish.
Prefekturalarda harakat qiluvchi 500dan ortiq savdo-sanoat palatalari va ularning filiallari kichik korxonalarga maslahat, moliya, ta’lim yordamini kо‘rsatadilar.
Kichik biznesni qо‘llab-quvvatlashning maxsus fondi, xalq fondi hamda moliyaviy korporatsiya davlatning KО‘Kni qо‘llab-quvvatlashning moliyaviy bazasini tashkil qiladilar.
Xitoy. Xitoyda olib borilayotgan soliq va moliya siyosati, tashqi savdo, investitsion siyosat sohalarida islohotlarning chuqurlashuvi kichik korxonalarning tez rivojlanishiga yordam bergan. Ayniqsa, qishloq xо‘jaligi, posyolka sanoati deb nomlangan kichik va xususiy ishlab chiqarish tez rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chiqarishning 70%, tayyor kiyim-kechaklarning 40%, qishloq xо‘jaligi mahsulotlarining 80%i kichik biznesning ulushiga tо‘g‘ri keladi. Xitoy qishloqlari yalpi ijtimoiy mahsulotining 60% posyolka korxonalarining ulushiga tо‘g‘ri keladi. Posyolka korxonalarining muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi va arzon ish kuchining mavjudligi ularni xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi obyektga aylantirgan.
Janubiy KoreY. 1995 yilda KО‘K mahsuloti eksportining salmog‘i mamlakat umumiy eksport hajmining 30%ni tashkil qilgan va 50 mlrd AQSH dollariga yetgan. Bunga katta bank kreditlari yordam bergan.
Kredit-pul siyosati shunday qurilganki, tijorat banklari о‘z qarzlarining 30% ini KО‘Kga berishga majburlar. Mamlakatdagi kichik biznes federatsiyasi, KО‘K banki, texnologiyalarni sug‘urta qilish federatsiyasi, savdo va sanoat vazirligi KО‘Kning rivojla-nishiga yordam beradi.
Sanoatni rivojlantirish siyosatining ajralmas qismi sifatida KО‘K ning rivojlanishini qо‘llab-quvvatlash siyosati sohasida yirik qonunchilik bazasi tashkil qilingan: KО‘K ni rag‘batlantirish haqidagi dikret (1966y.), KО‘Kning sub-kontraktli ishlarini rag‘batlantirish haqidati qonun (1978y.), faqat KО‘K ishlab chiqara-digan tovarlar rо‘yxati (1982y.), KО‘K о‘zaro yordam fondi haqidagi qoidalar (1984y.), KО‘K boshqaruv barqarorligi va boshqalar. Yordam, birinchi navbatda, yuqori eksport salohiyatiga ega bо‘lgan korxonalarga kо‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |