GollandiY. Bu mamlakatda KО‘K ni qо‘llab-quvvatlash uchun kо‘pgina tashkilotlar mavjud:
- KО‘K uchun golland kengashi;
- KО‘K masalalari bо‘yicha tadqiqotlar va konsalting;
- KО‘K uchun siyosatning qirollik federatsiyasi;
- ijtimoiy biznes tashkilotlari tarmoq xususiyatlari bо‘yicha ish beruvchilar va xodimlarning hamkorligini ta’minlaydilar;
- savdo palatasi konsalting xizmatlari kо‘rsatadi;
- KО‘K instituti ishchi-xizmatchilarni о‘qitish, maslahat berish bilan shug‘ullanadi;
- о‘qish vaqtida shaxsiy korxonalarini ochgan talabalarga yordam kо‘rsatish uchun «Mini-korxonalar fondi» tashkil qilingan;
- ikkita Oliy о‘quv yurti KО‘K uchun mutaxassislarni tayyorlaydi;
- kechqurunlari qatnash mumkin bо‘lgan kо‘pgina turli xil kurslar ishlaydi. Bularda ishni endi boshlovchilar shaxsiy ishni ochish, biznes-rejalar tuzish, maslahatlar va axborotlar olish maqsadida о‘qishlari mumkin.
FransiY. Tadbirkorlikni qо‘llab-quvvatlashning asosiy maqsadi – bandlikning kо‘payishi va raqobatbardoshlikning о‘sishidir. Buning uchun quyidagilar qilinadi: tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yordam, axborotlarga kirish, ma’muriy tо‘siqlarni kamaytirish, soliqlarni kamaytirish va boshqalar. Fransiyada KО‘K ni qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha har xil tashkilotlar tashkil qilingan:
- KО‘K konfederatsiyasi;
- savdo palatasi;
- hunarmandlik ishlari bо‘yicha palata;
- qishloq xо‘jaligi palatasi;
- investitsion xavf-xatarni sug‘urtalashning fransuz jamiyati;
- biznesni tashkil qilish markazi va boshqalar.
Yuqorida kо‘rsatib о‘tilgan mamlakatlarda qо‘llaniladigan kichik biznesni qо‘llab-quvvatlash mexanizmlari faqat umumiy kо‘rinishda bayon qilingan. Yordamning ayrim yо‘nalishlarini aniqroq о‘rganish va О‘zbekiston iqtisodiyoti sharoitlarida ulardan foydalanish imko-niyatlarini belgilash kichik biznesni rivojlantirish uchun shubhasiz foyda keltirgan bо‘lar edi.
Qisqa xulosalar
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar kichik biznes subyektlari bо‘lib hisoblanadilar. Ulardagi xodimlarning о‘rtacha soni qonun tomonidan belgilangan chegaraviy darajadan oshib ketmasligi kerak.
Kichik korxonalar fuqarolar, oila a’zolari va boshqa shaxslar tomonidan, davlat, ijara, jamoa, qо‘shma korxonalar, hissadorlik jamiyatlari, xо‘jalik uyushmalari, jamoat tashkilotlari tomonidan yoki mulk egasining roziligi bilan jamoa tashabbusi asosida amaldagi korxonalar tarkibidan ajralib chiqish natijasida tashkil etiladi.
Xorijiy mamlakatlarda kichik korxonalarni belgilovchi mezon-lar bо‘lib, xodimlar soni, ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori, sotish hajmi va asosiy kapitalning balans qiymati hisoblanadi.
О‘zbekistonda esa kichik biznesni belgilovchi mezon bо‘lib, unda ishlovchi xodimlarning о‘rtacha soni hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |