6-jadval
Litsenziya beruvchi organlar
Litsenziya beruvchi organlar
|
Faoliyat turi
|
Vazirlar Mahkamasi
|
-raketa-kosmik majmui;
-aloqa tizimlari;
-qimmatbaho metallar;
-qimmatbaho toshlar qazib olish;
-qimmatbaho toshlar va mettallardan zargarlik buyumlari yasash;
-havo taransporti va boshqa faoliyat turlari.
|
Adliya vazirligi
|
-yuridik shaxslarning yuridik faoliyat bilan shug‘ullanishga, masalan, advokatlik maslahati, notarial idora va boshqalar.
|
Moliya vazirligi
|
-qimmatli qog‘ozlarni chiqarish;
-lotereya о‘yinlarini о‘tkazish va boshqalar.
|
Markaziy bank
|
-valyuta qiymatliklari bilan operatsiyalar о‘tkazish;
-tijorat banklari ochish va boshqalar.
|
Ichki ishlar vazirligi
|
-ovchilik va sport о‘qotar qurollari va ularga о‘q-dorilar ishlab chiqarish, tuzatish va sotish;
-sovuq qurollar ishlab chiqarish va sotish;
-tarkibida narkotik moddalar bо‘lgan ekinlarni ekish, qayta ishlash va sotish;
-narkotik moddalar tayyorlash, sotish va boshqalar.
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi
|
-farmakologik preparatlar ishlab chiqarish va sotish;
-tibbiy xizmat kо‘rsatish;
-parfyumeriya va kosmetika buyumlari, maishiy kimyo tovarlarini tayyorlash va boshqalar.
|
Xalq ta’limi,
Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirliklari
|
-sog‘lomlashtirish va bolalar, о‘smirlar hamda yoshlar lagerlarini tashkil qilish;
-xususiy о‘quv muassasalarini ochish va boshqalar.
|
О‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi
|
Aloqa xizmati kо‘rsatish.
|
Litsenziya korxonani boshqarishdan manfaatdor bо‘lgan shaxsning ta’sis hujjatlari nusxasi ilova qilingan arizasiga qarab beriladi. Kerakli hujjatlar va ariza berilgandan sо‘ng, 30 kun ichida litsenziya berish haqida qaror qabul qilinadi.
Agar litsenziya berish uchun kerakli qaror qabul qilishda ekspertiza talab qilinsa, bu ekspertizani vazifasi nazorat qilishdan iborat bо‘lgan davlat organlari amalga oshiradi. Ekspertiza xulosasi olingandan sо‘ng, 15 kun mobaynida ariza va kerakli hujjatlar topshirilgach, 60 kundan kechiktirmay, qaror qabul qilinadi. Bunda ekspertiza о‘tkazish uchun ketgan xarajatlarni ariza beruvchi tо‘laydi.
Litsenziya ikki nusxada bо‘lib, hujjatt berishga javobgar shaxs tomonidan qо‘l qо‘yilib, berayotgan organning muhri bosilib, bir nusxada ariza beruvchiga topshiriladi.
Litsenziyada quyidagilar kо‘rsatilgan bо‘ladi:
- litsenziya berayotgan muassasa nomi;
- yuridik shaxsning nomi va manzili yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxsning ismi-sharifi, turar joyi;
- litsenziya berilayotgan faoliyat turi;
- faoliyatni amalga oshirish qoidalari va shart-sharoitlari;
- litsenziyaning rо‘yxat raqami, berilgan vaqti va muddati.
Agar tadbirkor ruxsat etilgan faoliyatni amalga oshirishda litsenziyada belgilangan qonun-qoidalarni yoki amaldagi qonunlarni buzsa, shuningdek, aholi hayotiga xavf-xatar keltiruvchi faoliyat bilan shug‘ullansa, u holda litsenziya bergan muassasa tadbirkorni litsenziyadan foydalanish huquqidan mahrum qilishga haqlidir.
Agar tadbirkorlik faoliyati tugatilsa yoki tadbirkor litsenziyadan foydalanish huquqidan mahrum qilinsa, u holda litsenziya litsenziya bergan muassasa tomonidan olib qо‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |