Mavzu: Kredit shakllari va turlarining tasnifi. Reja: Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalari Kreditning turlari va shakllari



Download 42,17 Kb.
bet1/4
Sana05.06.2022
Hajmi42,17 Kb.
#638387
  1   2   3   4
Bog'liq
bekzod mustaqil ish



Mavzu: Kredit shakllari va turlarining tasnifi.

Reja:

1. Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalari
2. Kreditning turlari va shakllari
3. Kredit turlari va shakllarini kelgusida rivojlantirish istiqbollari
Xulosa

Insoniyat turmush tarzini banklar xizmatisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Chunki banklar xo’jalik subyektlarini kredit mablag’lari bilan ta’minlab, ijtimoiy sarmoyani qayta taqsimlash jarayonida vositachi sifatida qatnashadi va jamiyat miqyosida umumiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. Aynan shu jarayonda bank va mijoz o’rtasida qonun talabi va me’yoriy hujjatlar asosidagi, turli shakl va usulga ega munosabatlar yuzaga keladi. Bu munosabatlar jahon andazalari talabida shakllanishi va huquqiy tenglik asosida rivojlanib borishi davr talabi bo’lib, endilikda banklar faoliyatining rivoji bevosita mijozlar faoliyatiga bog’liqdir. Ma’lumki, respublikamiz mustaqillikka erishishi bilan, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda banklar tomonidan berilayotgan kreditlarning ahamiyati beqiyos darajada oshib bormoqda. Bank kreditlari yordamida iqtisodiyotning muhim tarmoqlari rivojlantirilmoqda, yangidan-yangi korxonalar barpo etilmoqda va aholi uchun qo’shimcha ish joylari tashkil qilinmoqda, ilg’or texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishlar joriy etilmoqda, yangidan-yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmoqda. Har qanday taraqqiyot jarayoni qarama-qarshiliklar, muammolar asosida mukammallashib boradi. Mamlakatimiz banklari taraqqiyoti jarayonini ham muammolardan xoli deb bo’lmaydi. Ushbu muammolarning bank faoliyatiga salbiy ta’sir etish doiralarini aniqlash va bartaraf etish bizlardan ijodiy izlanishni talab etadi. O’zbekiston tijorat banklari bilan aholi o’rtasidagi kredit munosabatlarining rivojini tavsiflovchi ko’rsatkichlar sur’atini tahlil qilish muammoli kreditlarning yuzaga kelayotganligini namoyon qilmoqda.


1. Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalari
Jamiyat faoliyatining o’ta muhim jihati – bu ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy resurslar ishlatiladi, mahsulotlar va xizmatlardan iborat hayotiy ne’matlar yaratiladi. Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini moddiy va mehnat omillari ta’minlaydi. Ishlab chiqarishning bu omillar bilan bir tekisda ta’minlanishi muammodir. Bu muammo o’z yechimini kredit orqali topadi. Kredit tovar-pul munosabatlari mavjud sharoitdagi takror ishlab chiqarish jarayonining ajralmas bir qismi bo’lib, tovar ishlab chiqarish kredit munosabatlari vujudga kelishining tabiiy asosi hisoblanadi. Kreditning vujudga kelishining nafaqat ichki iste’mol uchun tovar ishlab chiqarish doirasidan emas, balki asosan yuridik jihatdan mustaqil, bir-biriga mulkdor sifatida qarama-qarshi turuvchi va iqtisodiy munosabatlarga kirishishga tayyor tovar egalari faoliyat ko’rsatayotgan muomala doirasidan qidirish kerak. Ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishidagi va fondlarning bir marta aylanishidagi qiymatning harakati qisqa muddatli kredit munosabatlari paydo bo’lishining iqtisodiy asosidir. Kredit orqali jamiyatimizda qo’yidagi ijobiy natijalarga erishish mumkin: birinchidan, fondlar aylanishi jarayonida chetga chiqib, bo’sh qolgan mablag’larning harakatsiz turib qolishining oldini olinadi. ikkinchidan, takror ishlab chiqarishni keng doirada uzluksiz davom ettirishga imkoniyat yaratiladi. Kredit – foizda qaytarish sharti bilan vaqtincha foydalanish uchun pul yoki material mablag’lari berish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimi
Kreditlar O’zbekiston Respublikasi qonunlari va normativ aktlari bilan man etilmagan maqsadlar uchun barcha egalik va xo’jalik mulki shaklidagi jismoniy va yuridik shaxslarga belgilangan tamoyillar asosida qisqa va uzoq muddatga ajratiladi. Kredit munosabatlarining mazmun va mohiyatini tushunish uchun uning zaruriy elementlari – kreditning obyekti va subyektini tushunib olish zarur.
Kredit munosabatlarida subyektlar ikki xil bo’ladi. 1. Qarz beruvchi. 2. Qarz oluvchi. Kredit subyektlari har xil. Bular yuridik va jismoniy shaxslar, bank, korxona, firma, davlat, turli toifa aholi bo’lishi mumkin. Kredit iqtisodiy kategoriya sifatida qator vazifalarni bajaradi: 1. Taqsimlash. Bo’sh pul mablag’larini qaytarish sharti bilan qarzga berish orqali kapitalni turli tarmoqlar, korxonalar o’rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashni amalga oshiradi va ishlab chiqarish resurslarining ko’chib yurishini ta’minlaydi. 2. Emissiya. Kredit asosida va unga bog’lik xolda pul belgilari, pulga tenglashtirilgan naqd pulsiz to’lov vositalari, turli qimmatbaho qog’ozlar emissiya qilinadi, xo’jalik oborotiga kiritiladi.
3. Nazorat qilish. Kredit operasiyalarini bajarish jarayonida iqtisodiy faoliyat, moliyaviy ahvol nazorat qilinadi. 4. Bo’sh pul mablag’larini harakatdagi, oborotdagi kapitalga aylantirish. 5. Rag’batlantirish. U yoki bu maqsad uchun qarz berish, qarzni undirish orqali tejamkorlik, iqtisodiy o’sish rag’batlantiriladi. Kredit resurslaridan korxona qo’yidagi hollarda foydalanishi mumkin: 1) Korxona kreditni xarajatlarning biron turini amalga oshirish uchun, masalan, xom-ashyo, materiallar sotib olish, tugallanmagan ishlab chiqarish yoki jo’natilgan tovarlar uchun olishi mumkin. 2) Korxona aylanma fondlarning doiraviy aylanishining barcha bosqichlarida kreditni jalb qilishi mumkin. 3) Korxonani kompleks kreditlashtirish zarur bo’lganda amalga oshiriladi. Kreditning harakat bosqichlari
Bk - Okz - Ik ….. Vr ….. Qk - Fks
Bk - Kreditning berilishi; Okz – Kreditni qarz oluvchi tomonidan uning vaqtinchalik ehtiyojlarini qondirish uchun olinishi; Ik – Kreditning ishlatilishi; Vr – Qarz oluvchi xo’jaligida olingan qiymatning aylanishi tugallanishini resurslarning aylanishidan chiqarilishi; Qk – Kreditni qaytarish; Fks – Kreditning qaytib kelishi, foiz bilan. Xulosa qilib aytganda, korxonalarning bozor iqtisodiyoti sharoitida ish yuritishida ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash, korxonaning asosiy va aylanma fondlarining doiraviy aylanishining to’xtab qolishiga yo’l qo’ymaslik, korxonalarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash, korxonalar tomonidan tovar mahsulotini sotganda sotilgan tovar uchun to’lov summasini olish obyektiv va subyektiv sabablar tufayli kechiktirilgan holda kreditning zarurligi kelib chiqadi.
Ammo, kredit berish uning zarurligi bilan kifoyalanib qolmasdan, uning maqsadli ishlatilishi shart-sharoitlari bilan ham belgilanadi. Shunday qilib, kredit munosabatlarini rivojlantirishda banklar kredit uchun xarakterli muhim shartlar va qonunlarga asoslangan holda kreditlash jarayonini amalga oshirishlari zarur.
2. Kreditning turlari va shakllari
Kredit qaysi usulda va muddatda, kim tomonidan berilishi va qarz oluvchilarga taklif qilinishiga qarab, bir necha tur va shakllarga bo’linadi. A. Kreditning berilish muddatlariga qarab qo’yidagi turlari qo’llanilib kelinmoqda: 1. Qisqa muddatli kreditlash; 2. Uzoq muddatli kreditlash (investision loyihalarni moliyalashtirish). Shuni ham aytish joizki, qisqa muddatli kredit berishda kreditlar bir necha oydan bir yilgacha bo’lgan muddatda beriladi. Bu turdagi kreditlar ishlab chiqarish aylanma fondlari va muomala fondlarining doiraviy aylanishining uzluksizligini ta’minlaydi. Bir yil fondlar aylanishining tabiiy o’lchovi sifatida xizmat qiladi. Shuning uchun ham bir yil qisqa va uzoq muddatli kredit berishning chegarasi bo’lib xizmat qiladi. 1.1.Tijorat banklari yuridik shaxslarga qisqa muddatli kreditlarni qo’yidagi maqsadlar uchun ajratadi: 1) xom-ashyo va materiallarni sotib olish; 2) yuqori likvidli tovar-moddiy boyliklarni xarid qilish; 3) ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog’liq tayyorlov mahsulotlari uchun; 4) ishlab chiqarish jarayonida yangi mahsulotlarni joriy qilish bilan bog’liq xarajatlar va bu maqsadlarga aylanma mablag’larning xarajatlari uchun; 5) ishlab chiqarish texnologik jarayonlari sifati, tovar-moddiy boyliklarni hajmini oshirish, yangi mahsulotlarni ishlab chiqish, mahsulotlari sifati va ishonchliligiga hamda uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlash maqsadida; 6) aholiga maishiy xizmat ko’rsatishni tashkil etish uchun; 7) qonunchilikda ta’qiqlanmagan tijorat faoliyatlari uchun; 8) import qilinadigan va mahalliy texnologik jihozlarni sotib olish; 9) eksport va import amaliyotlarini o’tkazish uchun; 10) korxona va tashkilotlarning ish haqqiga; 11) yuqori likvidli tovarlar savdosi uchun; 12) boshqa qonunchilik ta’qiqlanmagan faoliyat turlari uchun.
1.2. Jismoniy shaxslarga ajratiladigan qisqa muddatli kreditlar: -xalq iste’moli tovarlarini sotib olish uchun iste’mol kreditlari; -ta’lim kreditlari; -aholiga ko’rsatiladigan tibbiyot (sihatgohlarda davolanish) xizmatlari va aviachiptalar sotib olish uchun; - qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa yo’nalishlar uchun kreditlar. Uzoq muddatli kredit turlariga kelganda esa, u ham kredit munosabatlari tarkibida alohida o’rin egallaydi. Uzoq muddatli kreditlar - xo’jalik yurituvchi subyektlarga ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlarga mo’ljallangan obyektlarni qurish, qayta tiklash va texnik jihatdan qayta jihozlashga doir harajatlarni sarmoya (investisiya) bilan ta’minlash, yangi turdagi mahsulot va yangi texnologik jarayonlarni o’zlashtirish, shuningdek boshqa investision maqsadlar uchun va ishlab chiqarishni qayta tiklash va yangilash bilan bog’liq tez qoplanuvchi va yuqori samara beruvchi tadbirlar uchun beriladi. Uzoq muddatli kredit 1 yildan oshiq muddatgacha beriladigan ssudadir, lekin ssuda muddati ssudaning qoplanish (biznes rejada ko’rsatilgan) muddatidan oshmasligi kerak. A.2.1.Uzoq muddatli kreditlar yuridik shaxslarga quyidagi maqsadlarga beriladi: 1. ishlab chiqarish quvvatlari va vositalarining qurilishi uchun; 2. bino va inshootlarni qurilishi uchun; 3. qishloq joylardagi aloqa va axborotlashtirish infrastrukturasini qurish va qayta qurish hamda rivojlantirish uchun; 4. ishlab chiqarishga mo’ljallangan obyektlarni kengaytirish, qayta qurish va texnik ta’minoti uchun; 5. asosiy fondlarni, texnika va texnologiya, trasport vositalari va jihozlar sotib olish uchun; 6. chorva mollari va urug’chilik mahsulotlarini sotib olish uchun; 7. yangi yerlarni o’zlashtirish uchun; 8. uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish yoki sotib olish uchun; 9. daraxt va ko’chat mahsulotlarini o’tqazish uchun;
10. yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan kichik biznes subyektlarini boshlang’ich sarmoyasini shakllantirish uchun; 11. yuridik shaxslar tomonidan boshqa korxona va tashkilotlarning aksiyalarini sotib olish uchun; 12. boshqa qonunchilik bilan taqiqlanmagan faoliyat turlari uchun kreditlar. A.2.2. Jismoniy shaxslar uzoq muddatli kreditlar quyidagi maqsadlarda ajratiladi: - xo’jalik iste’mol mollarini sotib olish uchun; -uy-joyni sotib olish va qurish uchun; -uy-joyni rekonstruksiya qilish uchun; -ta’lim kreditlari uchun; -obyektlarni sotib olish uchun (savdo do’konlari, maishiy xizmat uylari, oshxona, choyxona va boshqa obyektlar); - qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa yo’nalishlar uchun kreditlar. B. Qaytarish muddatlari bo’yicha muddatli, muddati o’tgan va muddati uzaytirilgan kredit turlari mavjud. Muddatli kredit - kredit shartnomasiga ko’ra to’lov muddati hali yetib kelmagan ssudadir. Muddati uzaytirilgan kredit - ayrim hollarda kreditni qaytarish muddati kelmasdan avval qarzdor tomonidan bankka taqdim etilgan iqtisodiy asoslangan yozma iltimosnoma asosida kreditni qaytarish muddatini keyinroqqa surilishi to’g’risida filial kredit komissiyalari qarorlari asosida Bosh bank kredit qo’mitasi bilan kelishilgan holda ijobiy qaror qabul qilingan qarzlar. Muddati o’tgan kreditlar - kredit shartnomasida belgilangan qaytarish muddati, shuningdek, garchi ularning muddati uzaytirilgan bo’lsa, uzaytirish muddati ham tugagan qarzlardir. Muddati o’tgan kreditlar iqtisodiy mohiyatiga ko’ra qayta rasmiylashtirilgan hisoblanadi, chunki kredit shartnomasida muddati o’tqazib yuborilganligi uchun oshirilgan foiz stavkalarini qo’llash ko’zda tutiladi.
Alohida ssuda hisob-raqami orqali berilgan kreditlar muddati o’tgan hisob raqamiga kreditni qaytarish muddati o’tgan va hisob raqamida mablag’lar mavjud bo’lmagan taqdirda o’tkaziladi. Kontokorrent hisob-raqamidan berilgan kreditlar kredit shartnomasida ko’rsatilgan muddatda qaytarilmagan va 12 oy muddat tugagandan keyin kredit saldo yopilmagan bo’lsa muddati o’tgan hisoblanadi Lombard krediti kredit shartnomasida ko’rsatilgan muddatda qaytarilmagan bo’lsa, muddati o’tgan hisob raqamiga o’tkaziladi. Kredit shartnomasida imtiyozli davr o’rnatilgan bo’lsa, “Garov to’g’risida” gi qonunga muvofiq garov predmetini muomaladan olib qo’yishga ruxsat berilmaydi. Overdraft hisob-raqami orqali berilgan kreditlar har oyning oxirida kredit saldo qoldig’i bilan ta’minlanmagan bo’lsa kelasi oydan boshlab yoki shartnomada ko’rsatilgan muddatda qaytarilmagan bo’lsa muddati o’tgan hisoblanadi. V. Miqdori bo’yicha kreditlarning quyidagi turlari mavjud:
V.1. Mikro-kreditlar: Mikrokredit - qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan eng kam ish haqining 1000 baravari miqdoridan oshmaydigan ssudadir. Boshlang’ich (start) sarmoyasini shakllantirish uchun mikrokreditlar: - yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan tadbirkorlik subyektlari uchun eng kam oylik ish xaqining 50 baravarigacha miqdorda; - mikrofirmalar va dexqon xo’jaliklari uchun (yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan) eng kam oylik ish xaqining 100 baravarigacha miqdorda; - fermer xo’jaliklari uchun eng kam oylik ish xaqining 200 baravarigacha miqdorda beriladi. V.2. Makro-kreditlar: Makrokredit - turli mulkchilik shaklidagi subyektlarga beriladigan eng kam ish haqining 1000 baravari miqdoridan oshadigan kreditlar. V.3. Mono-kreditlar:
Mono kreditlar - 1-darajali bank kapitalining 25% idan oshadigan miqdorda yirik investision loyihalarini sindisiyalash asosida beriladigan kreditlar.
3 Kredit turlari va shakllarini kelgusida rivojlantirish istiqbollari.
Kredit turlari va shakllarini rivojlantirishga – O’zbekiston iqtisodiy siyosatining hozirgi paytdagi eng muhim vazifalaridan biri sifatida qaralmoqda. Chunki, aynan kredit turlari va shakllarini rivojlantirish orqali iqtisodiyotda faollikni oshirishga erishish va shu asosda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlab, o’sishga tomon siljish mumkin. Tijorat banklari tomonidan xo’jalik yurituvchi subyektlarni kreditlash jarayonida aniqlangan muammolarni qo’yidagicha tasniflashimiz mumkin: - davlat tomonidan imtiyozli kreditlarni ajratish uchun imtiyozli resurslarning yetarli emasligi; - berilayotgan kreditlarning ta’minoti masalalari asosiy muammolardan biri sanaladi. Chunki, kreditning ta’minlanganligi uning qaytarilishida garov bo’ladi.
- iste’mol kreditlarini berishda resurslarnig yetishmasligi, kreditlarni qaytarishda yuzaga kelayotgan muammolar, mazkur kreditni naqd pulda berilmaslik hollari va import mahsulotlarini sotib olishga iste’mol kreditini berilmaslik kabi hollar uchramoqda; - overdraft, kontokorrent kabi kredit turlarini joriy etish uchun kadrlar va dasturlarning tayyor emasligi; - kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkalarining yuqoriligi; - kreditning ta’minoti masalasida, bunda takroriy qarz oluvchilarga yana kredit olish uchun ta’minot qayta talab etiladi. Bunda muammoning yechimi sifatida yaxshi kredit tarixiga ega bo’lgan takroriy qarz oluvchilarga kelishilgan holda dastlabki kreditni olish uchun qo’yilgan ta’minotning ba’zi bir turlarini asos qilib olish, chunki shu orqali qarz oluvchilarning kredit ta’minotini hujjatlashtirish uchun ketgan vaqti va xarajatlari tejaladi va bu yerda bank tomonidan ta’minot ustidan davriy monitoring olib borilishi lozim; - kichik biznes subyektlari huquqiy savodxonligi darajasining pastligi; - kreditlarni berishda bank xatarining vujudga kelishi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning ish yuritishida ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash, korxonaning asosiy va aylanma fondlarining doiraviy aylanishining to’xtab qolishiga yo’l qo’ymaslik, korxonalarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash, korxonalar tomonidan tovar mahsulotini sotganda sotilgan tovar uchun to’lov summasini olish obyektiv va subyektiv sabablar tufayli kechiktirilgan holda kreditning zarurligi kelib chiqadi. Ammo, kredit berish uning zarurligi bilan kifoyalanib qolmasdan, uning maqsadli ishlatilishi shart-sharoitlari bilan ham belgilanadi. Shunday qilib, kredit munosabatlarini rivojlantirishda banklar kredit uchun xarakterli muhim shartlar va qonunlarga asoslangan holda kreditlash jarayonini amalga oshirishlari zarur. Xulosa qilib aytganda, xo’jalik yurituvchi subyektlarni kreditlashda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadida qo’yidagi takliflarni keltiramiz:
- kredit ta’minoti masalasida potensial qarz oluvchilar uchun sug’urta kompaniyalarining xizmatlaridan foydalanish kengroq yo’lga qo’yish hamda yaxshi kredit tarixiga ega bo’lgan mijozlarga ishonchli kreditlarni taqdim etishni, shuningdek, takroriy qarz oluvchilarga qayta kredit olish uchun dastlabki kredit uchun qo’yilgan ba’zi bir ta’minot turlarini tomonlar kelishilgan holda kredit ta’minoti sifatida qayta asos qilib olishni joriy etish; - sug’urta kompaniyalarining qarz oluvchilarning kreditni qaytara ololmaslik xatarini sug’urtalash xizmatini jonlantirish; - arzonroq kredit resurslarini bankka jalb qilish; - yuqoridagi jadvallar tahlili asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlashda markazlashgan resurslar va byudjetdan tashqari jamg’armalar hissasini oshirish taklif etiladi; - kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini kreditlashda uzoq muddatli kreditlardan keng miqyosda foydalanish; - kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini xorijiy kredit liniyalari metodikasi orqali mikrokreditlashni jadallashtirish; - kreditga layoqatlilikni aniqlashda axborotning boshqa manbalarini, ya’ni boshqa moliyaviy institutlardan olingan ma’lumotlardan keng tarzda foydalanish, respublikamiz kredit axborot-byurolarini tashkil qilish; - imtiyozli ta’lim kreditini rivojlantirish uchun davlat resurslarini ko’paytirish, xorijiy grantlarni joriy etish va tijorat banklari o’z mablag’lari hisobidan imtiyozli ta’lim krediti berishni yo’lga qo’yish (soliq imtiyozlari orqali rag’batlantirish) maqsadga muvofiqdir; - tijorat banklarining o’z mablag’lari hisobidan beriladigan tijoratli ta’lim kreditlarini rivojlantirish uchun: ta’lim krediti muddatini uzaytirish.; imtiyozli muxlatni joriy etish; banklarni rag’batlantirish (soliklar imtiyozlari orkali); valyuta shaklida kredit berishni joriy etish; xorijiy mamlakatlarga ta’lim olishga ham kreditlarni berishni yulga kuyish.
- iste’mol kreditini berish yuzasidan yuzaga kelayotgan muammolarning yechimi sifatida qo’yidagilar taklif kilinadi: resurslarni ko’paytirish; foizini pasaytirish; ta’minotni kuchaytirish; daromadi bor shaxslarga kredit berish; import mahsulotlarini sotib olishga ham iste’mol krediti berishni joriy etish. - overdraft va kontokorrent kabi kredit turlarini rivojlantirish uchun: malakali mutaxassislarni tayyorlash; mijozlarni tanlab olish va qo’llab-quvatlash; kuchli monitoring orqali bank xatarini kamaytirish; mijozlarning likvidligini ko’tarish va boshqalar. - ipoteka krediti berishni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi tomonidan beriladigan imtiyozli ipoteka kreditlarini rivojlantirish uchun: a) xorijiy grantlar asosida resurslarni jalb etish; b) ipoteka krediti berish mexanizmini soddalashtirish, ya’ni to’planishi lozim bo’lgan hujjatlar sonini kamaytirish kerak; v) korxona, sug’urta tashkilotlari, ish joyidan kafolat berishi mumkin; g) ish haqini oshirish kerak; d) davlat dasturlarini ishlab chiqish kerak; ye) inflyasiyaning kuchayishiga, milliy valyutaning qadrsizlanishiga yo’l qo’ymaslik lozim;
j) qurilish materiallarini arzonlashtirish kerak. Davlat tomonidan uy-joy materiallarini import qilish bilan shug’ullanadigan ulgurji savdo bazalari tashkil qilish va ular transport xarajatlarining kamida 50 foizi davlat byudjeti malag’lari hisobidan subsidiyalashtirilishi, ularning daromadlariga nisbatan imtiyozli soliq stavkalari qo’llanilishi lozim; z) davlat ro’yxatidan o’tkazish to’lovlarini pasaytirish kerak; i) uy-joylarni ijaraga olish kerak. Davlat tomonidan ko’p kvartirali uylarni qurish va imtiyoz asosida ushbu uylarni ijaraga berish lozim.
- tijoratli ipoteka kreditini berishni rivojlantirish uchun: 1) xorijiy kredit liniyalari hisobidan imtiyozli ipoteka kreditlarini jalb etish lozim; 2) ikki pog’onali ipotekali kreditlash mexanizmini joriy etish taklif etiladi. ipoteka kreditlarining foiz stavkalarini aholi uchun qulay darajada shakllantirish imkonini beradi; Ikkichidan, ipotekali kreditlash jarayoniga uzoq muddatli resurslarni jalb qilish imkonini ham berishi lozim.

XULOSA.

Yuqorida keltirib o’tilgan ma’lumotlar asosida shuni xulosa qilib aytish mumkinki, mamlakatimiz tijorat banklari kreditlash faoliyatini olib borishda hali hamon qiyinchiliklar va muammolarga duch kelmoqda. Ayniqsa, bugungi kunda tijorat banklarining daromad keltiruvchi aktivlarining asosiy qismini tashkil etuvchi kreditlar orasida muammoli kreditlarning mavjudligi sezilarlidir. Muammoli kreditlar: - mijozning moliyaviy holatiga to’g’ri baho berilmaganligi va chuqur tahlil etilmaganligi; - kreditlar ustidan yetarli darajada monitoring o’rnatilmaganligi; - hujjatlarning to’liq talab qilinmaganligi; - kredit mablag’larining biznes-rejada ko’rsatilgan maqsadlarga ishlatilmasligi hamda mablag’ning hufyona o’zlashtirilishi; - kredit ta’minoti sifatida taklif etiladigan garov predmetining talabga javob bermasligi; - bank xodimlari bilan o’zaro til biriktirib, kredit mablag’ini talon-taroj qilish oqibatida yuzaga keladi. Ushbu muammoli kreditlarni bartaraf etish masalalari bo’yicha respublikamizda tegishli qonuniy hujjatlar qabul qilingan. Biroq, bu masalalar yuzasidan muammolari xali ham mavjud. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari faoliyatida yuzaga kelayotgan yuqoridagi muammolarni bartaraf etishning asosiy yo’nalishlaridan biri – bu kreditlarning turlari va shakllarini rivojlantirish strategiyasidir. Chunki, tijorat banki tomonidan kredit turlari va shakllarining rivojlantirilishi, mazkur kreditlar bo’yicha yuzaga kelishi mumkin bo’lgan risklarni ma’lum darajada minimallashtiradi. Joriy mavjud vaziyatni inobatga olgan holda kreditlarning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun ajratiladigan shaklini, ipoteka va iste’mol krediti shakllarini hamda kreditlar salmog’ida uzoq muddatli kreditlar turlarini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.





Download 42,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish