Ádebiyatlar
1.
Дудкин Г.И. Особенности облепихи крушиновидной (Hippophae rhamnoides) в
низовьев Амударьи. Материалы Интродукция растении: проблемы и перспективы.
Ташкент, 2009. с.83-85
2.
Отенов T.O., Гроховатский И.A., Отенова Ф.T., и др. Интродукция облепихи
крушиновидный (Hippophoe rhamnoides L.) в Каракалпакстане и eѐ Биоэкологические
особенности. //Ж.:ВЕстник KKOAНRУу. -Нукус, 2013, №1, с.30-32
CHIMQO‟RG‟ON VA JIZZAX SUV OMBORI IKKI PALLALI
MOLLYUSKALAR FAUNASI BIOLOGIK XILMA – XILLIGI
EKOLOGIK GURUHLARI
Egamqulov A.N., Boymurodov X.T., Otaqulov B.N., Shodmonova G.
Samarqand davlat universiteti
Mavzuning dolzarbligi. Тоғ олди минтақаси suv omborlari ikkipallali
mollyuskalarining faunasini har tomonlama o‘rganish muhim ahamiyatga ega.
Тurlarning tarqalish qonuniyatlarini sinchiklab o‘rganish, ham nazariy va ham
amaliy jihatdan muhimdir.
O‘rganish tarixi. Z.I.Izzatullayev O‘rta Osiyo suv mollyuskalarini har
tomonlama o‘rganish davrida ikki pallali mollyuskalarning bir necha yangi turlarini
fanga kiritdi (Izzatullayev,1980,1987). Bu tadqiqotlar Z.I.Izzatullayevning ( 2003)
ishlarida umumlashtirilgan.
Jizzax suv ombori - Jizzax viloyati hududida тоғ олди минтақасида barpo
etilgan. Maydoni 12,7 km, chuqurligi 26 m. Eng keng joyi 5, 1 km, uzunligi 3,3
km ni toshkil etadi [1].
Suv omborda ikki pallali mollyuskalarning 8 turi yashaydi, ular 2 oila va 3
urug‘ga mansub. Unionidae oilasi: S.gibba, S.puerorum, C. cyreum sogdianum,
C.ponderosum volgensye, Corbiculidae oilasi: C. cor, C.purpurea, C. tibetensis,
C.ferghanensis. Unda mollyuskalar 2 xil biotoplarda tarqalgan.
279
Jizzax suv ombori qo‘ltiqlarida va uning o‘ng sohilida xitoy tishsizlaridan 3
tur xamda Colletopterum cyreum sogdianum, C.ponderosum volgensye, Corbicula
cor yashaydi. Suv omborining suv qo‘yiladigan chap sohilida va suv chiqarish
kanalida : Corbicula cor, C.purpurea, Corbiculina tibetensis, C.ferghanensis,
S.gibba lar 1 m
2
. da 3 - 5 tadan uchraydi. Mollyuskalar suv omborining loy bosgan
0,2 - 1,8 metr chuqurliklarda suv o‘tlari ko‘p o‘sadigan joylarda yashaydi.
Chimqurg‘on suv ombori
–
Qashqadaryo o‘zanida тоғ олди минтақасида
1959 yilda qurilib ishga tushirilgan. Suv yuzasining umumiy maydoni 49,2 km
2
,
uzunligi 17,5 km, chuqurligi 33 m. Umumiy suv sig‘imi 500 mln. m
3
. U
Qamashi, Koson, Qarshi, G‘uzor tumanlari maydonlaridagi 188 ming ga ekin
maydonlarini suv bilan ta‘minlaydi. Suv omborda baliqchilik rivojlantirilgan.
Eski Angor kanali orqali Zarafshon daryosidan suv oladi. Zarafshon daryosida
tarqalgan ikkipallali tishsizlar baliqlar bilan Eski Anhor kanali orqali
Chimqurg‘on suv omboriga o‘tgan [2]
Chimqurg‘on suv omborida mollyuskalarning 8 turi va 2 kenja turi tarqalgan.
Unionidae oilasidan S. orbicularis, S.gibba, S.puerorum, C. cyreum sogdianum,
C.ponderosum volgensye, Corbiculidae lardan C. cor, C.purpurea, C.fluminalis, C.
tibetensis, C.ferghanensis. Suv ombori qo‘ltiqlarida va uning o‘ng sohilida
mollyuskalardan Sinanodonta orbicularis, S.gibba, S.puerorum, Colletopterum
cyreum sogdianum, C.ponderosum volgensye, Corbicula cor yashaydi. Ular orasida
birinchi, ikkinchi va oxirgi turlar son jihatidan ko‘pdir. Suv omborining suv
qo‘yiladigan chap sohilida va suv chiqarish kanalida mollyuskalardan: Corbicula
cor, C.purpurea, Corbiculina tibetensis, C.ferghanensis, Sinanodonta orbicularis,
S.gibba lar 1 m
2
. da 1 -3 tadan tarqalgan. Bu mollyuskalar inson tomonidan barpo
etilgan suv ombori biotoplarida yashashga moslashgan va tarqalish areallari
kengaygan. Suv omborida ikkipallali mollyuskalar 3 xil ekologik guruhga:
pelolimnofil, pleoreofil, reofillarga mansubdir. Suv omborning oqar suvlari
loylarida 7 tur paloreofillar, oqar suvlarda reofil - C.cyreum sogdianum va
pelolimnofil - Corbicula fluminalis yashaydi .
Bizning suv havzalarimizga Moskva viloyatidan tovonbaliq, Uzoq Sharqdan
o‘simlikxo‘r baliqlar, Urol daryosidan oq sla, oqcha, Issiqko‘ldan Issiqko‘l
gulbalig‘i, pelyad baliqlari muvaffaqiyatli iqlimlashtirildi. Natijada
iqlimlashtirilgan baliqlar evaziga respublikamiz hududidagi baliq turlarining
soni ortdi va shunga bag‘liq holda baliq mahsulotlari yetkazishning salmog‘i oshdi
Bu baliqlarning inson tomonidan borpo etilgan suv havzalarida tarqalishi
ikkipallali mollyuskalarning ham tarqalishiga olib kelgan. Keyingi yillarda
ikkipallali mollyuskalarning Unionidae oilasi Colletopterum bastrianum, C.
cyreum sogdianum turlarning soni kamayib bormoqda. Ular sonining
kamayishining asosiy sababi erta bahorda mollyuskolarning urchish davirlarida
suv omborlari suvi hajmining keskin pasayishi, suv havzalarining qirg‘oqqa yaqin
joylariga qo‘yilgan mollyuskalar lichinkalari - giloxidiyalarining quruqlikda qolib
nobud bo‘lishi , ko‘plab kichik mollyuskalarning suv havzalaridan oqim bo‘ylab
kanallar orqali ekinzorlarga tushib nobud bo‘lishi kabi hodisalar sabab
bo‘lmoqda [3,4].
280
Inson tomonidan borpo etilgan suv omborlari mollyuskalarini har tomonlama
o‘rganish natijasida quyidagi xulosalarga keldik: jami bo‘lib suv omborlarda katta
ikki pallali mollyuskalarning 8 tadan 10 tagacha turlari yashaydi. Faqat
tekisliklardagi suv omborlarda Unionidae va Corbiculidae oilalari turlari tarqalgan.
Barcha mollyuskalardan: Sinanodonta gibba, S.orbicularis, S.puerorum lar
suv omborlari malakofaunasi uchun ilk bor ko‘rsatilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |