Ўзбекскистон алоқа ва ахборотлаштириш агентстлиги



Download 4,98 Mb.
bet1/20
Sana18.01.2022
Hajmi4,98 Mb.
#387496
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Лаборатория э ва схемалар 3 семестр


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

SAMARQAND FILIALI

TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASB



TA’LIMI” FAKULTETI

TELEKOMMUNIKATSIYA INJINIRINGI “



KAFEDRASI


X.A. Jumanov., N.A.Salahitdinov., J.O.Urinov., G.G’ Primova



«ELYeKTRONIKA VA SXEMALAR 1 »

FANIDAN

LABORATORIYA ISHLARI UCHUN

USLUBIY KO’RSATMA
































SAMARQAND - 2021

KIRISH


Ushbu uslubiy qo‘llanma «Elektronika va sxemalar» fanining o‘quv dasturi asosida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali “Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’lim” fakultet talabalari uchun tayyorlangan. Unga ko‘ra, laboratoriya amaliy ishlarini o‘tkazishdagi auditoriya mashg’ulotlari uchun, ya’ni laboratoriya ishiga kiritish, laboratoriya ishlarini bajarish, laboratoriya tadqiqotlari natijalarini tahlil qilib rasmiylashtirish va uni himoya qilishga 54 soatgacha vaqt ajratilgan.

Laboratoriya ishlaridagi eksperimental tadqiqotlar zanjirlardagi elektr jarayonlarini kuzatish, soddalashtirilgan sxemalarning va ular tashkil etuvchilarining (rezistorlar, kondensatorlar, induktivlik qaltaklari, nochiziqli elementlar, tebranish konturlari) parametrlarini o‘lchash imkonini beradi. Biroq, ushbu tadqiqotlarni bajarish jarayonida talaba sezilarli bilimni olishi va uni mustahkamlashi uchun mazkur elektr uskunalari, ulardagi jarayonlarning nazariy bilimlari avvaldan mustaqil o‘rganilgan bo‘lishi shart. Shuning uchun laboratoriyadagi tadqiqotlar bajarilishidan avval talaba konspekt, o‘quv darsliklari yordamida uyda (kutubxonada) mustaqil nazariy bilimlarni olishi shart.

Talaba navbatdagi laboratoriya ishlarini bajarishga faqatgina bajarilishi lozim bo‘lgan laboratoriya ishining vazifalari va mohiyatini aniq tushungandan so‘ng kiritilishi mumkin. Talaba tadqiqotning nomi va maqsadlarini yozma ravishda tushuntira olishi shart.

Talaba, har bir ishdagi mavjud bo‘lgan nazorat savollariga alohida e’tiborni qaratishi kerak. Bu savollar kelajakda – semestr davomida Elektronika va sxemalar fanidagi joriy va yakuniy nazoratiga tayyorlanishda uchrashi mumkin. Talaba shu savollarga javoblarni aniqo‘zlashtirgan bo‘lishi shart. Shundagina talaba navbatdagi laboratoriya ishini bajarishga kiritilishi mumkin.

Talabaning laboratoriya ishiga mustaqil tayyorlanishi jarayonida uslubiy qo‘llanmada mustaqil ishlar uchun yoki nazorat savollari bo‘limida keltirilgan hisoblash ishlarini ham bajarishi zarur.

Laboratoriya ishini bajarishga kiritilish uchun talabaning laboratoriya stendida yig‘ishi lozim bo‘lgan barcha o‘lchov sxemalarini chizishlari kerak. Laboratoriya ishini bajarishda talaba stendda o‘lchov zanjirini uyda chizgan sxemalari yordamida, o‘quv adabiyotlardan foydalanmasdan yig‘ishi zarur. Shuning uchun uyda tayyorlarlangan o‘lchov sxemalari yetarli darajada to‘liq va aniq bo‘lishi zarur.

Laboratoriya ishini bajarishga kiritilish uchun tayyorlanish vaqtida keltirilgan ko‘pgina laboratoriya ishlarida ko‘rsatilgan shaklda jadvallarni tuzish lozim. Uning kataklarida tajriba o‘lchovlari va keyinga hisoblashlar natijalari joylashtiriladi.

Eksperimental ko‘nikmalardan tashqari, talaba laboratoriya hisobotini to‘ldirishni ham o‘rganishi zarur. Bu hisobotda laboratoriya ishiga tayyorlanishda, uni bajarishda va bajarilgan tadqiqot natijalariga ishlov berishda zarur bo‘lgan barcha yozuvlar yoritilishi kerak. Hisobotni laboratoriya ishini bajarish uchun ruxsat berilishidan va uni himoya qilishdan oldin taqdim etiladi. Semestr oxirida hisobotni o‘qituvchiga yakuniy nazoratga kirishga ruxsat olish va yig‘ilgan ballarni hisoblash uchun topshiriladi. Hisobotda keltirilgan o‘lchov birliklari, sxemalar chizilishi Davlat Standarti (1-ilovada keltirigan) asosida bo‘lishi shart. Undagi mavjud xatolarni to‘g‘rilab bajarish ruxsat etiladi.

Hisobotda titul varaq bo‘lib (2-ilovada keltirilgan), unda universitet, fakultetning nomlari, gurux raqami, talabaning familiyasi, ismi-sharifi va ishning nomi keltiriladi.

Nazorat savollariga to‘g‘ri javoblari yozilgan hisoboti bo‘lmagan talaba navbatdagi (guruxning kalendar rejasidagi) laboratoriya ishiga kiritilmaydi.

Barcha laboratoriya ishlari universal laboratoriya stendlarida bajariladi.

Stendni ulash faqat o‘qituvchining ruxsatidan so‘ng amalga oshiriladi. Tajribalar tugashidan so‘ng, zanjirni yig‘ishtirmasdan, o‘lchov natijalarini o‘qituvchiga ko‘rsatish shart. Ishni tugallab, talaba asboblarni o‘chirishi, elektr zanjirni yig‘ishtirishi va ish joyini tartibga keltirishi zarur.

Dars boshlanishiga kechikkan talaba laboratoriyaga kiritilmaydi!

Laboratoriya ishlarini bajarishda texnika



xavfsizligi.

Laboratoriya ishlarini boshlashdan avval talabalar quyidagi texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishib chiqishlari va ularga qat’iy rioya qilishlari kerak

1.O‘qituvchining ruxsatisiz bosh shitdan foydalanish man etiladi.

2.Elektr tarmog‘ining tok manbaidan uzilganligiga ishonch hosil qilmasdan turib, sxemani tarmoqqa ulash taqiqlanadi.

3.Sxemani yig‘ishda ulanuvchi simlar sonini iloji boricha kamaytirib, ularning chigallanib qolmasligiga ahamiyat beriladi.

4.O‘lchov asboblari va apparatlar berilgan kuchlanish va tok qiymatlariga moslab tanlanadi.

5.To‘g‘ri tuzilgan sxemani o‘qituvchining ruxsati bilan elektr tarmog‘iga ulash mumkin.

6.Sxemani elektr tarmog‘iga ulashda atrofdagi o‘rtoqlar ogohlantirilishi zarur.

7.Elektr mashinalarni ishga tushirishdan avval ularni tashqi ko‘rikdan o‘tkazilib, simlar ulangan kontakt qismlar mahkamla­nishi va simlar aylanuvchi qismlarga tegib qolmasligi lozim.

8.Kiyimlari tartibga solinmagan, sochlari yig‘ishtirilmagan talabalarning ishlashiga ruxsat etilmaydi. .

9.Ish paytida elektr stendi, o‘lchov asbobi, yoki boshqa elektr apparatlarida sezilgan nuqsonlarni darxol o‘qituvchiga ko‘rsatish kerak.

10.Biror baxtsiz hodisa, falokat, shikastlanish ro‘y bergudek bo‘lsa, hamma rubilniklar elektr tarmog‘idan darhol ajratilishi zarur. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilmagan talaba­larga qat’iy choralar ko‘riladi.




Download 4,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish