MA
'
LUMOTLAR BAZASI FANIDAN OLIMPIADA MASALASI
(22.01.2022, 11:00 dan 14:59 gacha)
ABS Universiteti o'zining Axborot tizimini ishlab
chiqishga qaror qabul
qildi. Universitet tuzilishi hamda unda bajariladigan ishlar tahlil qilindi va quyidagi
tavsiflar shaklantirildi.
UNIVERSITET TIZIMINING TAXLIL NATIJASI TAVSIFI
(ABC) nomli universiteti bir nechta filliallarga ega yirik universitetdir.
Universitet nomi, manzili, shahar markazigacha bo'lgan masofasi va
universitetga
hamda uning filiallariga qatnaydigan avtobuslari hamda qatnash vaqlari bor. Har
bir universitet va filiallarida bittadan sport klubi bor. Klub nomi, klub joylashgan
bino, klubning telefon raqami va klub taklif qiladigan sport turlarining barchasi
hisobga olinishi lozim.
Universitetda Arxitektura va rejalashtirish fakulteti,
Muhandislik fakulteti,
Gumanitar fanlar, san'at va ijtimoiy fanlar fakulteti va boshqalar kabi bir qancha
fakultetlar mavjud. Har bir fakultetning nomi, dekanat va binosi bor.
Har bir
fakultet bir nechta kafedralarga bo'linishi mumkin, masalan, Muhandislik
fakultetida Fizika kafedrasi va Kompyuter texnologiyalari kafedralari mavjud.
Har bir fakultet faqat bitta universitet binosida joylashgan,
lekin bitta
universitetda ko'plab turli fakultetlar joylashgan joyi bo'lishi ham mumkin. Har bir
fakultet nomi va binosi bor. Har bir fakultet turli xil fanlardan darslarni taklif qiladi
va har bir fan darslari faqat bitta fakultet tomonidan taklif qilinishi mumkin.
Har bir yo’nalishning o'ziga xos kodi, nomi, kurs va davomiyligi mavjud.
Har bir yo’nalish fanlari bir nechta kurslarda o'tiladi, turli yo'nalishda turli kurslar
mavjud. Har bir fanning o'ziga xos kodi va nomi mavjud. Ba'zi yo’nalishlarda bir
yoki bir nechta majburiy fanlar bo'lishi mumkin va bitta fan boshqa yo’nalishning
majburiy fani bo'lishi ham mumkin.
Talabalarning har biri yo'nalishga xos bo'lgan
aniq belgilangan asosiy
fanlari, shuningdek, boshqa yo’nalishdan tanlangan tanlov fanini o'z ichiga olgan
talaba o'quv dasturi mavjud. Talabalar yo’nalish fanlarini o'qiydi va muvafaqiyatli
tugatsa, hamda fandan o'tgan bo'lsa, tegishli baho qo'yiladi.
Aks holda, talaba
muvaffaqiyatsiz o'qidi deb hisoblanadi va fanni qayta o'qib topshirishi kerak.
Tizim bazasida fanni o'zlashtirgan yil, semestr va talabaga berilgan baholar
yozib borilishi kerak. Har bir talaba o'ziga xos ID ga ega. Tizimda talabaning to'liq
ismi sharifi, tug'ilgan kuni hamda universitetga kirgan yili ham saqlanadi.
Fakultetda talabalarga dars berish uchun o'qituvchilar ishlaydi. O'qituvchiga faqat
bitta fakultetda ishlashga ruxsat berilgan. Har bir o'qituvchiga shu universitet
uchun unikal bo’lgan ID beriladi. Tizimda o'qituvchining to'liq ismi sharifi, unvoni
va ishlash xonasi saqlanadi. O'qituvchi ishlaydigan kafedrada o'zining
rahbari
mavjud va bir necha o'qituvchilarga mas'ul bo'lishi mumkin, ammo o'qituvchi faqat
bitta rahbarga hisobot beradi. O'qituvchi turli fanlardan dars berishi mumkin.
Fanlarni boshqa fakultet o'qituvchilari ham o'tishlari mumkin.
Universitetda bir necha kengash mavjud. Ilmiy uslubiy kengash, yoshlar
kengashi, Yosh
olimlar kengashi, faxriylar kengashi, ilmiy kengash va boshqalar.
Kengashlar muntazam ravishda, masalan har hafta
yoki har oyda bir marta
yig'ilishadi. Yig'ilish vaqti oldindan belgilab qo'yiladi yoki navbatdan tashqari
bo'lishi ham mumkin. Kengash a'zolari turli fakultetlarda dars berishadi.
O'qituvchilar bir necha kengashga a'zo bo'lishlari mumkin.
Olimpiada ishtirokchilaridan yuqoridagi tavsifni o'rganib chiqib, ABS
universitetining