AXBOROT XATI
Respublika yosh olimlar Kengashi nodavlat notijorat tashkilotining yangi loyihasi
“Yangi O`zbekiston saylovlari yoshlar nigohida”
ilmiy-amaliy xalqaro konferensiyasi
2030-yilgacha ilm-fan rivojlantirish konsepsiyasi maqsadlarini amalga oshirish, Yangi Oʻzbekiston ham saylov qonunchiligini kodifikatsiya qilish yoʻlini tanladi. 2019-yilda ilgari tarqoq boʻlgan beshta saylovga oid qonun oʻrniga yagona Saylov kodeksi qabul qilindi. Mazkur Kodeks mamlakatning barcha siyosiy kuchlari hamda partiyalari, fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokida umumxalq muhokamasi asosida ishlab chiqildi. Ayni shu jarayonlarni hisobga olib, konferensiyada mamlakatimiz olimlari va yoshlari hayotida saylovning ahamiyatini ochib berish hamda yoshlaning ilmiy faoliyatlari orqali yangi ma`lumotlar va natijalarni hayotga tadbiq etish maqsadida Respublika yosh olimlar Kengashi NNT tashabbusi bilan “Yangi O`zbekiston saylovlari yoshlar nigohida” mavzuida ilmiy-amaliy xalqaro konferensiyasi o’tkaziladi. Konferensiyada mamlakatimiz va boshqa mamlakat olimlari, doktorant, tadqiqotchilar va iqtidorli talabalar qatnasha oladilar.
Anjuman tili: o’zbek, rus va ingliz tili
Mualliflar uchun ma’lumot
Anjumanga yuborilgan maqolalar ilmiy to‘plam shaklida chop etiladi. Taqdim etilgan maqolada keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga mualliflar shaxsan javobgardir. Ekspertlar tahriridan o‘tmagan maqolalar to‘plamga kiritilmaydi hamda mualliflarga qaytarilmaydi. Tashkiliy qo‘mita maqolalarni tanlab olish huquqiga ega.
Maqolalarni rasmiylashtirish talablari:
- Maqola va tezislar matni MS Office dasturi muharrirligida Times New Roman shrifti, 14 o’lcham kattaligida, 1,5 intervalda va 5 betdan 8 betgacha bo’lishi lozim.
- Maqola matni A4 hajmidagi qog‘ozga, yuqoridan va pastdan 2,5 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm joy qoldirib yoziladi.
- Mavzuning nomi avtomatik tarzda bosh harflar bilan qoraytirilgan holda o‘rtaga keltirib yoziladi, keyingi qatorlarga ma’ruzachi(lar)ning ism-sharifi hamda ilmiy darajasi va unvoni, tashkilot nomi, muloqot telefonlari kodi bilan ko‘rsatiladi.
- Maqolalarda keltirilgan iqtiboslar foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati bilan birgalikda matn oxirida berilishi maqsadga muvofiq.
- Maqolalar tahrir qilingan holda elektron nusxalari tashkiliy qo‘mitaga topshiriladi.
- Eng yaxshi maqola mualliflari ekspertlar tomonidan aniqlanadi, ushbu maqolalar mualliflari diplom va esdalik sovg`alari bilan taqdirlanadi va ular shuningdek konferensiyada maruzalari bilan ishtirok etadi.
- Konferensiya ishtirokchilari maqolalari kiritilgan elektron to‘plam va tashkilot tomonidan beriladigan sertifikat bilan taqdirlanadi.
Maqolalar 2021 yilning 5 sentyabrga +9990 939 83 23
(@Mohirabonu_1901) telegram profilida qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |