Fizika fanida laboratoriya ishini baholash kriteriyasi
1. Laboratoriya ishini bajarishdan ko‘zlangan maqsad va mavzuga tegishli nazariy bilimlar uchun laboratoriya ishiga ajratilgan umumiy ballning 10% i.
2. Laboratoriya ishini bajarilish tartibini bilganlik uchun laboratoriya ishiga ajratilgan umumiy ballning 10% i.
3. Laboratoriya ishida jihozlardan foydalanishda texnika xavfsizlik qoidalari, hamda jihozlarning vazifasi, qanday ishlatilishi, o‘lchash aniqligi, o‘lchash chegarasi haqida bilganligi uchun laboratoriya ishiga ajratilgan umumiy ballning 15% i.
4. Laboratoriya ishini amaliy bajarish jarayonida ishni bajarish tartibiga rioya qilganlik, jihozlardan to‘g‘ri va maqsadli foydalanganlik, kattaliklarni to‘g‘ri o‘lchay olganlik uchun laboratoriya ishiga ajratilgan umumiy ballning 30% i.
5. O‘lchash natijalari asosida qilingan hisoblashlar, chizilgan grafiklar va bular asosida chiqarilgan xulosalar uchun laboratoriya ishiga ajratilgan umumiy ballning 35% i.
Do'stlaringiz bilan baham: |