Zbekistonda anor yetishtirishning tarixi va istiqbollari


II. BOB. O‘ZBEKISTONDA ANOR YETISHTIRISHNING TARIXI VA ISTIQBOLLARI



Download 173,5 Kb.
bet3/6
Sana21.06.2022
Hajmi173,5 Kb.
#689763
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-мавзу.анорчилик тарихи

II. BOB. O‘ZBEKISTONDA ANOR YETISHTIRISHNING TARIXI VA ISTIQBOLLARI
2.1. O‘zbekistonda anorchilikning tarixi
Agar yoqutday tovlanuvchi anorni qo‘lga olib, shaklu-shamoyliga e’tibor qaratsangiz, uning toji qirollarning bosh kiyimiga juda o‘xshab ketadi. Mevasi tabiiy ekologik toza mahsulot bo‘lganligi bois ham boshqa mevalardan tubdan farq qiladi.
Anor yurtimizda kamida 2000 yildan buyon yetishtirib kelinadi. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, sohibqiron Amir Temurning dasturxonidan doimo anor mevasi o‘rin olgan. Mirzo Bobur asarlarida ham Marg‘ilonda “Dono kalon” va “Sammon” navli anorlarini ta’rifi qayd qilingan.
O‘zbekistonda, xususan, Farg‘ona vodiysida yetishtiriladigan subtropik meva ekinlari orasida anor yetakchi o‘rinni egallaydi.
Anor lotincha "granatus" so‘zidan tarjima qilinganda, "urug‘" ma’nosini anglatadi. Uning mevasi 700 ga yaqin urug‘ shaklidagi donachalardan tarkib topgan. Tabiatda bu mevaning 10 dan ortiq turi uchraydi va ular bir-biridan rangi va mazasiga ko‘ra farqlanadi.
Anorning vegetatsiya davri 180-210 kun bo‘lib, yozdan kuzgacha gullaydi va sentyabrь-oktyabrь oylarida pishib yetiladi. U 3-4 yoshda meva tuga boshlaydi, 8-10 yoshdan to‘liq hosilga kiradi, 30-40 yil davomida meva beradi. Hosildorligi gektaridan 200 tsentnergacha boradi.
Anorning har qanday turida sog‘liq uchun foydali vitamin va minerallar bor. Mevasining tarkibida 19-20 foiz shakar, 0,5-5 foiz kislotalar, sharbatida esa shifobaxsh temir va tanin hamda po‘stlog‘i tarkibida 32 foizgacha oshlovchi moddalar mavjud.
Anor xalq tabobatida dorivor vosita sifatida keng qo‘llaniladi va xalqimiz xush ko‘rib iste’mol qiladi. Abu Ali ibn Sinoning dunyoga mashhur tibbiyot qonunlarida anorning shifobaxshligi shunday qayd etib o‘tilgan: “Agar ertalabki nonushtada anor, tushlikdagi taomda piyoz, kechda asal iste’mol qilishga odatlansang, sening qoning ko‘z yoshidek toza va tiniq bo‘ladi”. Anorning tibbiyotda aniqlangan bebaho sifatlaridan yana biri uning sharbati odam organizmida, qonda endokrionologik kasalliklar rivojlanishinien oldini oladi. Qonni tozalash va jigar-buyrak faoliyatini faollashtirish xususiyatlariga ega. Bu mevani doimiy iste’mol qilish yurakning soat kabi muntazam ishlashini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 4 oktyabrdagi “Farg‘ona viloyatida anor yetishtirishni ko‘paytirish va sohani rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi qarori asosida, “Anor yetishtiruvchilar” uyushmasi, soha bo‘yicha ilmiy markaz, agrofirma qoshida maktab tashkil etildi, Farg‘ona davlat universitetida anorchilik yo‘nalishi ochildi. Hozir bu yerda yuzdan ortiq talaba tahsil olyapti.
O‘zbekiston anori bo‘yicha brend yaratish, Farg‘onaning o‘zida yaqin yillarda anorzorlarni 20 ming gektarga, olinadigan hosilni 216 ming tonnaga yetkazish, ko‘chatchilikni rivojlantirish, danaksiz anor navlarini o‘zlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘lami kengayib boryapti.
Keyingi paytda mamlakatimizning qator hududlarida agrofirmalar paydo bo‘ldi. Sirdaryo viloyatining Mirzaobod, Guliston, Sirdaryo, Fargona viloyatining Quva, Beshariq, O‘zbekiston, Dang‘ara, Buvayda, Uchko‘prik tumanlarida, Jizzax, Samarqand, Navoiy viloyatlarida anorchilik aholi tomorqalarida ekilib, asosiy daromad olish manbaiga aylanib bormoqda.
Surxondaryo viloyatida ham anorchilik rivoji yaxshi. Ayniqsa, Sherobod tumanidagi ishlar har qandday kishida havas uyg‘otadi. Hududdagi 48 ta mahallaning 33 tasi anor yetishtirishga ixtisoslashganligi ibrat olishga molik tajriba.
Bu xayrli sa’y-harakatga “Farg‘ona anorchilik” MCHJ agrofirmasi rahbari Masturaxon Sayfullaeva ham hissa qo‘shayotganidan mamnunmiz. U anorchilikni ilmiy asosda rivojlantirish uchun Toshkent davlat agrar universitetining viloyat filialida tahsil olayotgan talaba qizlar va tadqiqotchi ayollarni ishga jalb qilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, Muzrabot tumanida 1500 gektar anorzor barpo etishga, bunlay maydonlarni ikki barobarga kengayishiga, shuningdek, SHerobod tumanida yil yakuniga qadar anorzorlarni 5000 gektarga yetkazish, qo‘shimcha 4000 ming ish o‘rni yaratib, ayollar va yoshlarning bandligini ta’minlashga o‘z maslahat va amaliy tajribasi bilan ko‘maklashyapti.
Oldinda turgan vazifalarga kelganda shuni aytish kerakki, anorchilik bo‘yicha an’ana bor, lekin ilmiy yondashuv yetishmaydi. Anor jaydari usulda parvarishlanadi. SHu bois har bir hududga mos navlarni yaratish, ko‘chatchilikni rivojlantirish sohaning eng dolzarb vazifasi. Bu borada quvaliklarning qalamchalar yordamida anor yetishtirish tajribasini qo‘llash ham asqatishi mumkin.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi genomika va bioinformatika markazi laborotoriyasida in vitro texnologiyasi yordamida anor ko‘chatlarini urug‘idan yetishtirish usuli yaratildi. Yil davomida katta miqdorda yashil eksplantlarni ko‘paytirish orqali har tomonlama sog‘lom, viruslardan xoli anor ko‘chatlarini parvarishlash yo‘lga qo‘yildi.
Aslida anor daraxtini 4 xil usulda: doni, qalamchasi, bachkisi va palg‘ama yo‘li bilan ko‘paytirish mumkin. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida anor ko‘chatlari asosan qalamchalaridan hosil qilinadi. Ular qaysi tupdan olingan bo‘lsa, o‘sha navning asosiy xususiyatlari, ya’ni, hosildorligi va meva sifatining ko‘rsatkichlarini o‘zida to‘liq saqlanib qoladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda asosan shirin-nordon ta’mli “qizil po‘choq”, “qora qayin”, “qozoqi”, “marvarid” (yangi), “yormozor-33”, “tuyaqush”, “oq anor”,“achchiq anor”,“qoyin anor” kabi navlar ekiladi.
Quvalik mirishkorlar qalamchalarni anor barglari to‘kilgandan keyin, ko‘mish oldidan har tomonlama sog‘lom hosilli novdalardan kesib tayyorlashadi. Ular 50-100 donadan va uch joyidan bog‘lanib, navi, olingan maskani, tayyorlangan sanasi yozilgan yorliq bog‘lab qo‘yiladi. Bog‘lamlar qish davrida sizot suvlari past bo‘lgan yerga chuqurligi 0,75-1,0 metr bo‘lgan xandaklarga ko‘miladi. Eng yuqori qavatdagi qalamchalar yer sathi bilan baravar bo‘lishi lozim.
Bahorda qalamchalar ekilishidan oldin mashina-mexanizmlar vositasida yer tekislanib, qayta shudgorlanadi. Bu tadbir tomorqa va dala hovlilardagi kichik maydonlarda qo‘lda bajariladi. Qalamchalarni ekishda vaqt mezoniga alohida e’tibor qaratish kerak. CHunki anor erta bahorgi o‘zgaruvchan havo haroratiga juda sezgir va ta’sirchan bo‘lib, tuproq harorati 10-12S bo‘lishi me’yoriy hisoblanadi.
Ekish bilan birga suvni jildiratib qo‘yib, egat pushtalari to‘la zaxlaguncha sug‘oriladi. Buning natijasida qalamchalar atrofidagi tuproq zichligi va namligi ortib, nihollarning ildiz chiqarishi osonlashadi.
Ob-havo va tuproq sharoitiga ko‘ra, qalamchalar yillik o‘suv davrida taxminan 10-12 marta sug‘oriladi, qator orasi tuprog‘i yumshatiladi. Iyunь oyidagi navbatdagi sug‘orishdan oldin gektariga 40-50 kilogrammdan sof azotli o‘g‘it va besh tonnagacha yaxshi chiritilgan go‘ng berilsa, tuproq unumdorligi oshib suv va havo o‘tkazishi yanada yaxshilanadi. To‘g‘ri parvarish olib borilganda anor daraxti to‘rtinchi yilga kelib hosilga kiradi. Yaxshi parvarish qilingan bog‘larda sentyabrning ikkinchi yarmida anor mevalari pishib yetiladi.
Ayni kunda viloyatimiz hududida anorning 12 ta istiqbolli navi pavarishlanmoqda. O‘tgan yili birgina “Farg‘ona anorchilik” MCHJ agrofirmasida Quva tajribasi asosida 200 ming tupdan ortiq anor ko‘chat qalamchalari tayyorlandi. Tez orada anorchilik yo‘nalishida ish olib borayotgan xo‘jaliklarga 3 million dona ana shunday ko‘chatlar yetkazib beriladi. Bog‘bonlar o‘z tomorqalarida va fermerlar o‘z xo‘jaliklari dalalarida ham anor qalamchalarini tayyorlashni yo‘lga qo‘yishganki, bu borada muammo kam.
Anorchilikda zahmatli bir jarayon bor. U sovuqqa uncha chidamsiz ekin bo‘lgani uchun kuzda tuproq bilan ko‘mish va bahorda ochishni taqozo qiladi. “Yangi O‘zbekiston” gazetasining shu yil 6 iyuldagi sonida bosilgan “Fermerbop va eksportbop qishloq xo‘jaligi texnikalari” maqolasida o‘zbekistonlik muhandis-konstruktorlar tomonidan ana shu jarayonni texnika yordamida amalga oshiruvchi vositalar yaratilibdi, ishlab chiqarishga tavsiya etilibdi. Buni o‘qib, anorchilik va boshqa qishloq xo‘jaligi sohalarida o‘nlab yillab tadqiqot olib borgan, ularni amaliyotga joriy qilib yenlayotgan olim sifatida juda mamnun bo‘ldim. Demak, mirishkorlarning anor va boshqa mevali daraxtlarni ko‘imib-ochish bilan bog‘liq yumushlari to‘la yengillashadi.
Anorchilik — serdaromad soha. Endilikda anorchilik bo‘yicha yaratilgan azaliy an’analarni ilmiy asosda rivojlantirishimiz, talabalarimizni zamonaviy darsliklar, laboratoriyalardagi tadqiqotlarda tahsil olishlarini tashkil etishimiz, hududlarning iqlimiga mos keladigan navlarni ko‘paytirib, ulardan har bir xonadonda serhosil meva berishi ustida yanada belni mahkam bog‘lab ishlashimiz kerak bo‘ladi. Zero, har bir soha kabi anorchilikning istiqboli ana shu vazifalarni sifatli hamda o‘z vaqtida sidqidildan bajarishimizga bog‘liq bo‘ladi.
2.2. O‘zbekistonda yetishtirilayotgan anor navlari tavsifi
Anor bog‘larini barpo qilganda ular uchun nav tanlashga katta ahamiyat berish lozim. Chunki navlar majmuasi bog‘ning hosildorligini va uning iqtisodiy samaradorligini ko‘p jihatdan hal qiladi. Nav tanlaganda bog‘ tashkil qilinayotgan
hududda qaysi navlar o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi, mevasining sifati va iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘lgan navlar tanlanadi.
Har bir xo‘jalikning tuproq, suv sharoitidan, uning yo‘nalishidan kelib chiqqan holda navlar tanlanadi. Asosiy omillardan navlar erta hosilga kiradigan va mo‘l hosil beradigan bo‘lishi lozim. Bir xil sharoitda bunday navlar 2-3 barobar ko‘proq meva beradi. Anor bog‘lariga har yili mo‘l hosil beradigan navlarni tanlash lozim. Chunki bunga ko‘pgina ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirish, ishchi kuchidan yillar davomida bir maromda foydalanish va mevani qayta ishlaydigan korxonalarni bir me’yorda ish bilan ta’minlash, o‘z navbatida, iqtisodiy samaradorlikni belgilab beradi.
Qulay sharoitlar mavjudligi sababli respublikamizda anorning turli xil navlari o‘stirilmoqda. Keng ishlab chiqarish sharoitlarida ko‘paytirishga uning quyidagi istiqbolli navlari tavsiya etilgan.
Ulfi – Kitob tumanida ekiladigan eng asosiy nav. Boshqa joylarda kam uchraydi. Har tupidan o‘rta hisobda 20-25 kg gacha hosil olinadi. Mevasi sentyabrь oyining oxiri – noyabrning boshlarida pishadi, yumaloq, yirik, o‘rtacha
vazni 250-300 g, qobig‘i o‘rtacha qalin. Rangi sariq, nursiz malina rangda. Doni o‘rtacha yirik, sharbati och pushti, shirin, bir oz nordon, tarkibida 14-15% qand, 0,5-0,6% kislota bor. Tashishga chidamli, o‘rtacha 3-4 oy saqlanadi.
Pushti Gulosha – Ozarbayjondagi eng yaxshi standart navlardan biri, O‘zbekistonda har tupdan o‘rtacha 20-25 kg dan hosil olinadi. Mevasi oktyabrь oyida pishadi, o‘rtacha yirik, vazni 200-250 g, ba’zilari 700 g keladi, rangi malina va pushti tusda, bir tekis, bir oz yoqimli. Tarkibida 15-16% qand va 1,2-1,3% kislota bor. Tashishga chidamsiz, 3-4 oygacha saqlanadi.
Oq dona (tuyatish) – mevasi yassi yumaloq, yirik, o‘rtacha vazni 300-350 g keladi, sentyabrь oxirida pishadi. Doni yirik, po‘sti yupqa, qattiq, pishganda mevasining rangi och sariq yoki qizil bo‘ladi. Sharbati och pushti, xushbo‘y, shirin, tarkibida 14% gacha shakar va 0,5% gacha kislota bor. Mevasi 2 oygacha saqlanadi. O‘zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida ekish uchun hududlashtirilgan.
Achiq dona. Mahalliy nav. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Toshkent, Xorazm, Sirdaryo viloyatlari bo‘yicha davlat Reestriga kiritilgan.
Bu navning butasi o‘rtachadan kattaroq, ikkinchi-uchinchi yili hosil bera boshlaydi. Unumdor sog‘ tuproq yerlarda ko‘p hosil olish mumkin. SHo‘r yerlarga chidamsiz. Sovuqqa chidamli. Mevasi yirik, sal dumaloq, mazasi nordon-shirin, po‘stining rangi och pushtidan tortib to‘q qizilgacha.
SHarbati to‘q qizil, xushbo‘y. Mevasi oktyabrning uchinchi o‘n kunligida pishadi. Mevasining pishgan vaqtidagi ta’m bahosi 3,9 ball, o‘rtacha vazni esa 220 g. Denov nav sinash tajriba maydonining ma’lumotlariga ko‘ra, hosildorligi gektaridan 67,5 tsentnerni, eng yuqori hosildorligi esa 76,7 tsentnerni tashkil etgan.
Desertny. Janubiy O‘zbekiston mevachilik-uzumchilik stantsiyasida yaratilgan. Respublika bo‘yicha davlat Reestriga kiritilgan. Bu nav sovuqqa, qurg‘oqchilikka chidamli, zararkunanda va kasalliklar bilan kam zararlanadi. Mevasi oktyabrni ikkinchi o‘n kunligida pishadi. Po‘sti qizil, mevasining
o‘rtacha vazni 350 g. Bu navning eng yaxshi xususiyati shundaki, uning danagi yumshoq va mayda. Sharbatining rangi to‘q qizil, mazasi nordon-shirin. SHarbat miqdori yuqori 5,7%, sharbatida 17,2% qand bor. Mevasining pishgan vaqtdagi ta’m bahosi 4,5 ball. Denov nav sinash uchastkasining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rtacha hosildorligi gektaridan 88,0 tsentnerni, eng yuqori hosildorligi esa 103,3 tsentnerni tashkil etgan.
Qozoqi anor. Mahalliy nav. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Toshkent, Jizzax, Xorazm, Sirdaryo viloyatlari bo‘yicha davlat Reestriga kiritilgan.
Navning butasi o‘rtacha bo‘lib, shox-shabbasi dumaloq, hosilga ikkinchi yili kiradi. Yaxshi strukturali chuqur unumdor tuproqlarda eng yuqori hosil beradi. Sho‘rga va sovuqqa chidamsiz, zararkunanda va kasalliklarga chidamli. Mevasi
o‘rtacha kattalikda, ko‘kish-sariq rangli. Mevasining sharbati malina tusida tovlanib turadigan to‘q qizil rangli, mazasi nordon-shirin, juda mazali. Mevasining pishgan vaqtidagi ta’m bahosi 4,4 ball. Denov nav sinash tajriba maydonining ma’lumotlariga ko‘ra, to‘rt yillik o‘rtacha hosildorligi gektaridan 92 tsentnerni, eng yuqori hosildorligi esa 150,8 tsentnerni tashkil etgan.
Kizil uluchshenniy. Nav O‘zbekiston xalq selektsiyasi natijasida yaratilgan. Surxondaryo viloyati bo‘yicha davlat Reestriga kiritilgan. Bu navning butasi o‘rtacha balandlikda. Mevasi oktyabrь oyining uchinchi o‘n kunligida pishadi.
Mevasi sharsimon, kattaligi 150 g dan 400 g gacha, mevasining o‘rtacha vazni 210 g. Sharbati olcha rangli, mazasi nordon-shirin, xushbo‘y. Sharbati tarkibida 15% qand, 1,05% kislota bor. Mevasi uzoq joylarga yaxshi tashiladi, saqlanishi 3-4 oy. Mevasining pishgan vaqtdagi ta’m bahosi 4,4 ball. Denov nav sinash tajriba maydonining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rtacha hosildorligi gektaridan 52,0 tsentnerni, eng yuqori hosildorligi esa 82,7 tsentnerni tashkil etgan.
Dashnobod navi – Dashnobod qishlog‘ida ekib yetishtiriladigan anorning qimmatli mahalliy navi. Tupi o‘rtacha o‘suvchi, mevalari o‘rtacha kattalikda, ba’zan yirik, yumaloq yoki cho‘ziq yumaloq shaklda, og‘irligi 350-600 g,
po‘sti och-sariq rangda, mayda-mayda qizil hoshiyalari bor. Donlari qizil rangda, shakli cho‘zinchoq bo‘lib, yeyilganda urug‘i kam seziladi, ta’mi shirin, nordonligi deyarli sezilmaydi.
Hosilga 3-4-yili kiradi. Mevalari oktyabrь oyining o‘rtalarida pishib yetiladi, lekin terimni sentyabrning oxiridan boshlashadi. Hosildorligi o‘rtacha bir tupdan 80-110 kg, mevalar tomorqa sharoitida 3-5 oygacha saqlanadi. Issiqqa nisbatan chidamli bo‘lib, qurg‘oqchilikka bardoshliligi yuqori hisoblanadi. Dashnobod qishlog‘ida ushbu nav anorning asosiy kasalliklari bilan zararlanmaydi

Download 173,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish