Zbekistonda anor yetishtirishning tarixi va istiqbollari



Download 173,5 Kb.
bet1/6
Sana21.06.2022
Hajmi173,5 Kb.
#689763
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-мавзу.анорчилик тарихи


O‘zbekistonda anor yetishtirishning tarixi va istiqbollari




Kirish

2

I bob

Adabiyotlar tahlili

5

II bob

O‘zbekistonda anor yetishtirishning tarixi va istiqbollari

10

2.1.

O‘zbekistonda anorchilikning tarixi

10

2.2.

O‘zbekistonda yetishtirilayotgan anor navlari tavsifi

14

2.3.

Anorning biologik xususiyatlari

17

2.4.

Anor o‘simligini ko‘paytirish yo‘llari

18

2.5.

Ko‘chatlarni ekish agrotexnikasi

23




Xulosa

29




Foydalanilgan adabiyotlar

30


KIRISH
O‘zbekiston Respublikasining taraqqiyoti hamda aholi sonining tobora ortib borishi oziq-ovqat, xususan mevalarga va uni qayta ishlab tayyorlangan mahsulotlar, ularning turi va sifatiga bo‘lgan talabni oshirib yubormoqda. Ayniqsa, meva va uzumning xo‘l mevalar hamda ularning qayta ishlangan mahsulotlariga bo‘lgan talab boshqa barcha mevali ekinlar orasida anor ekinni mashhurligi jihatidan alohida o‘rinda turadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Binobarin, anor mevalaridan tayyorlangan betakror sharbatlar mamlakatimiz aholisining kundalik oziq-ovqat mahsulotlaridan biridir. Anor mevalarning bu qadar keng va qadrli holatda tarqalishi ularning beqiyos ta’mi, vitaminga boyligi, hushbo‘y hidi, qayta ishlash, saqlash va tashishga yaroqligi, yetishtirish va ko‘paytirishning u qadar murakkab emasligi va shu kabi qator afzalliklari bilan tushuniladi.
Shu bilan birga, bugungi kunda mamlakatimizda meva mahsulotlarining eksport hajmini oshirish eng ustuvor vazifa hisoblanadi. Eksportbob meva maxsulotlari ichida subtropik o‘simliklarning mevalari o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Subtropik o‘simliklar ichida esa anor va unabi ekinlari o‘zining bir qancha xususiyatlari bilan alohida ahamiyatga ega. Aynan shuning uchun ham anorning istiqbolli navlarini izlab topish, ko‘paytirish, xalqimiz dasturxoniga armug‘on qilish dolzarb masalalardan biridir.
Anor ekinining istiqbolli navlarini aniqlash, ularni ko‘paytirishning turli usullarini sinab ko‘rish, introduktsiya qilinganda ro‘y beradigan biologik holatlarni o‘rganish, hosildorligini oshiruvchi omillarni aniqlash va keng tatbiq etishdir. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
– ilmiy manbalardan foydalanib hamda mutaxassislar bilan fikr almashinish orqali anorning istiqbolli navlarini aniqlab olish;
– anorning istiqbolli navlarini urug‘ orqali va vegetativ usullar orqali ko‘paytirish hamda eng ma’qul yo‘llarini topish;
– urug‘dan o‘stirilgan va qalamcha orqali ko‘paytirilgan nihollarning o‘sishi va rivojlanishini qiyosiy o‘rganish;
– amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
Umuman olganda respublikamizda anor ekini mevalarini yetishtirish ularning maydonlarini yanada kengaytirish, mavjud bog‘larda agrotexnika va mehnatni to‘g‘ri tashkil etish orqali ulardan samarali foydalanish davr talabidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 yanvardagi PQ-4575-son «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallagan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida sohani rivojlantirish istiqbollari belgilab berilgan.
O‘zbekistonda uzoq yillardan buyon anorzorlar barpo qilinib, istiqbolli navlar ekib kelinmoqda. Bular Farg‘ona vodiysida, Surxondaryo viloyatining ayrim tumanlarida joylashgan. Anorzorlar Farg‘ona vodiysining Quva, Namangan va Andijon tumanlarida katta maydonlarda bog‘lari barpo qilingan. O‘zbekistonning boshqa viloyatlaridagi anorzorlar asosan yangi barpo etilgan bo‘lib, ularga standart navlar ekilgan.
Bugungi kunda viloyat qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida poliz, mevasabzavot, boshoqli va dukkakli oziq-ovqat ekinlarining hudud sharoitiga mos navlarini ekib parvarishlab yaxshi natijalarga erishib kelinmoqda.
Shu jumladan mirishkor dehqonlarimiz qator tumanlarda yillar davomida anorchilik bilan shug‘ullanib, anorning sho‘rlangan tuproq sharoitida ham mo‘l va sifatli hosil bera oladigan navlarini tanlab serdaromad anorzor bog‘larini yaratishni yo‘lga qo‘ya oldilar. Shuningdek anorni parvarish qilishning viloyat tuproq-iqlim sharoiti uchun ustivor texnologiyasi yaratilib yanada takomillashtirilib borilmoqda.
Aslida hozirgi kungacha ham anor yetishtirish uchun mavjud bo‘lgan bunday qulay imkoniyatlardan yetarli darajada foydalanilayotgani yo‘q. Mavjud sharoit va imkoniyatlar har taraflama o‘rganilib, sug‘orish suvi bilan yetarli ta’minlangan yerlarda saralangan navlardan ekilgan katta maydonlarda kompleks mexanizatsiyalashgan anorchilik bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yilishi, shuningdek aholi tomorqalarida anor yetishtirish uchun keng ko‘lamda ko‘mak berishga qaror qilinib ishlar qizg‘in boshlab yuborildi.

Download 173,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish