О`збекистон республикаси хал



Download 179,5 Kb.
bet1/7
Sana11.01.2022
Hajmi179,5 Kb.
#346486
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
anor kasalliklari

mavzu: anorni birlamchi va ikkilamchi kasalliklari va zararkurandalari.

Reja:


  • Anor haqida ma'luimot.

  • Anorning o'ziga xos qo'ziqorin kasalliklari

  • Anor mevalari kasalliklarini davolash.




Anor (Punica granatum L.) –anordoshlar (anorgullilar oilasi)ga mansub, subtropik meva oʻsimligi; boʻyi 2–10 m daraxt yoki buta. Vatani Oʻrta OsiyoOzarbayjonEron va Afgʻoniston; yov-voyi turlari Oʻrta dengiz atrofi, Oʻrta Osiyoning jan.daQrimKavkaz, Eron, Afgʻoniston, Old Osiyo va Dogʻistonda uchraydi. Oʻzbekistonda Sherobod,QuvaNamanganDenov va Kitob (Vargʻanza) tumanlari a’lo sifatli A.lari bilan mashhur. Botanik tavsifi. Barglari mayda, nashtarsimon, shoxlari tikanli (shirin meva-lisida tikani kamroq). Iyuniyulda gullaydi. Gullari ikki jinsli, yirik (diametri 8 sm gacha), och kizil, shoxi uchida bitta, ikkita, ba’zan beshtagacha joylashadi. Urugʻchisi (onaligi) normal rivojlangan, koʻzachasimon guli meva tugadi, urugʻchisi qisqa, qoʻngʻiroqsimon gullari odatda meva tugmaydi. A. chet-534dan changlanadi. Mevasi yirik, dumaloq, qizgʻish (qizil poʻst) yoki oqish (oq poʻst) boʻlib, ogʻirligi 250–1000 g keladi. Me-vasi 6–12 uya (xona) li, doni och pushti yoki toʻq qizil. Ta’mi shirin, chuchuk-nor-don va nordon, sersharbat (40–60%), tarkibida 14–21% kand, 0,3–9% limon kislotatanin, vitamin VS bor. Pusti 29–50%, doni 10– 20% ni tashkil etadi. Mevasi, poʻsti, ildiz poʻstlogʻida 28% gacha oshlovchi moddalar bor. Xoʻjalik ahamiyati. A. asosan, meva sifatida is-te’mol etiladi. A.dan qandolat va tib-biyotda keng foydalaniladi, teri osh-lashda va gazlamalarni boʻyashda ishlatiladi. Gulbargi va meva poʻstidan boʻyoq, donidan sharbat tayyorlanadi. Yovvoyisidan limon kislota olinadi. Ba’zi turlari xushmanzara oʻsimlik sifatida ekiladi. Biologik xususiyatlari. A. asosan, qalamchadan koʻpaytiriladi. Unumdor qumoq, nami yetarli tuproqlarda yaxshi oʻsadi. Qurgʻoqchilikka chidamli, lekin namsevar. Yerning unumdorligiga qarab, koʻchat oraligʻi 4x4 va 5x4, tomorqalarda 3x3 m qilib ekiladi. Oʻzbekiston sharoi-tida kech kuzda xashak, qamish bilan yopiladi yoki tuproqqa koʻmilib, bahorda ochiladi. Vegetatsiya davri 180–215 kun. Yozdan kuzgacha gullaydi. Mevasi 120–160 kunda– sentabrning ikkinchi yarmida pishadi. – 15° –17° sovuqqa chidaydi, – 20° da yer usti qismi (tanasi)ni sovuq urib ketadi. A. 3–4 yoshdan meva tuga boshlaydi, 8–10 yoshdan toʻliq hosilga kirib, 30–40 yil meva beradi. Hosildorligi 200 s/ga gacha boradi. Agrotexnikasi.A. koʻchati eqilganidan keyin birinchi yildan boshlab 30–40 sm balandlikda 4–5 ta asosiy shox qoldirib past boʻyli da-raxt koʻrinishida yoki 3–4 asosiy shox qoldirib butasimon shakl beriladi. Har yili qurigan, nimjon rivojlangan, eskirgan oʻzak novdalar kesib turiladi. Vegetatsiya davrida 6–10 marta sugoriladi, qator oralari yumshatiladi, begona oʻtlardan tozalanadi, oziqlantiriladi.Zararkunandalari – mevaxoʻrlar, bitlar, kanalar; kasalligi – novdalar qorasoni.Navlari. Kolleksiyalarda A.ning 69 navi hisobga olingan. Lekin Oʻzbekistonda ixtisoslashgan xoʻjaliklarda asosan achchiqdona va qozoqi A. koʻp ekiladi, qay A., qizil A., oq dona, ulfi va boshqa navlari ham keng tar-kalgan. Achchiqdona. Jaydari nav. Mevasi 400–600 g. Mazasi nordon, sharbatiqizil, tarkibida 15–16% qand bor. Poʻsti qalin, 5 oygacha yaxshi saqlanadi. Tupi 30–35 kg hosil beradi. Fargʻona vodiysida keng tarqalgan. Qay A. Jaydari nav. Mevasi yirik (500–700 g). Nordon-xushxoʻr, sharbati qizgʻish. Tarkibida 19–20% qand bor. Poʻstining qalinligi oʻrtacha, martgacha saqlanadi. Tupi 35–40 kg hosil beradi. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida bor. Qizil A. Bu ham jaydari nav. Sharbati tarkibida qand 15–16%, poʻsti yupqa, uzoq saqlashga chidamsiz. Qozoqi A. Xalq seleksiyasi yoʻli bilan yetishtirilgan. Mevasi 250–300 g, ayrimlari 600– 700 g. Mazasi nordon-shirin, sharbati qizil. Tarkibida 18–19% qand bor. Poʻsti qalin, 6 oygacha saqlanadi. Tupi 50–60 kg hosil beradi. Toshkent, Andijon, Surxondaryo viloyatlarida keng tarqalgan. Oq dona (shirin anor) A. Jaydari nav. Mevasi 250–350 g, ayrimlari 500–600 g. Mazasi shirin. Sharbati pushti, tarkibida 19–21% qand bor. Poʻsti yupqa yoki oʻrtacha qalinlikda, qizgʻish-pushti, ba’zisi oq, 2–3 oy saqlanadi. Tupi 25–30 kg hosil beradi. 



Anor daraxti O'rta dengizdan kelib chiqadi. U tropik va tropik mintaqalarni afzal ko'radi, ammo ba'zi navlari mo''tadil zonalarga bardosh bera oladi. Anor qo'ziqorin kasalliklari bahor va yoz boshlarida nam mintaqalarda etishtiriladigan o'simliklarda keng tarqalgan muammo. Anor tarkibidagi boshqa kasalliklar kam uchraydi va daraxtga doimiy zarar etkazmaydi. Anor muammolarini bilib oling va ushbu o'simlik sizga va mintaqangizga mos keladimi-yo'qligini bilib oling.

Download 179,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish