Zbekistonda anor yetishtirishning tarixi va istiqbollari


Ko‘chatlarni ekish agrotexnikasi



Download 173,5 Kb.
bet6/6
Sana21.06.2022
Hajmi173,5 Kb.
#689763
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-мавзу.анорчилик тарихи

2.5. Ko‘chatlarni ekish agrotexnikasi
Bahorda ekilgan qalamchalar agrotexnik tadbirlarni to‘liq va to‘g‘ri amalga oshirib mehr bilan parvarishlansa kuz oxirigacha novdalar uzunligi 50-60 smga yetadi. Anor ko‘chatlari noyabr oyida qazib olinadi. Agar ko‘chatzor tuprog‘i quruq bo‘lsa, ko‘chatlar ildizi shkastlanishini oldini olish maqsadida qazib olinishidan bir necha kun oldin yer sug‘oriladi. Tuproq yetilishi bilan ko‘chat plantatsiyada maxsus plug yordamida kamida 35-40 sm chuqurlikda ag‘darilib yig‘ishtirib olinadi. Kichik maydonlarda bu jarayon qo‘lda belkurak yordamida qazib olish bilan amalga oshiriladi.
Qazib olingan ko‘chatlar saralanib ikki turga ajratiladi: birinchi turga novdalari 30-60 sm, ildizlari 20-35 smgacha rivojlangan ko‘chatlar; ikkinchi turga ildizlari 20 sm dan kam uzunlikda bo‘lgan ko‘chatlar. Ikkinchi tur ko‘chatlar yana qayta ko‘chatzorga ekilib qayta bir yil parvarishlash uchun qoldirilib ko‘mib chiqiladi.
Saralangan birinchi tur ko‘chatlar qishda saqlash uchun maxsus xandaklarga bir-ikki qator qilib biroz qiya holatda joylashtiriladi va ustiga bo‘shliq qoldirilmay tuproq bilan ko‘miladi. Agar ko‘chatlar ikki qator qilib ko‘milgan bo‘lsa birinchi va ikkinchi qator orasiga ham tuproq tashlanadi. Tuproq mayin orasida kesak va toshlar bo‘lmasligi lozim. Xandak ustiga tuproq uyum shaklida tortilib qor yomg‘ir suvlarini ichkariga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Ko‘mib bo‘lingach xandak ustiga ko‘milgan ko‘chatlar navi, soni va ko‘milgan sanasi yozilgan yorliq yozilib qoqib qo‘yiladi. Bu ma’lumotlar ko‘chatzor daftarida ham o‘z aksini topishi lozim.
Bahorda ko‘chatlar xandaqlardan belgilangan joylarga ekish uchun kovlab olinadi va qayta saraladi. Saralangan ko‘chatlar 100 donadan qilib ikki qismidan bog‘lanib yorliqlanadi.
Ko‘chatlar uzoq masofaga jo‘natiladigan bo‘lsa har bir bog‘ ko‘chat ildiziga qop kiygizilib bog‘lanadi va transport vositasiga taxlanib qurib yaroqsiz bo‘lib qolmaslik uchun ustiga namlangan somon, qipig‘ solinadi. Bunga qo‘shimcha shamol, quyosh nuri va sovuqdan himoyalash uchun ustiga brezent yopib bog‘lanadi. Ekish manziliga yetkazilgan zahotiyoq ko‘chatlar yana nam tuproqqa ko‘mib qo‘yiladi.
Bahorda qalamchalar ekilishidan oldin yer tekislanib qayta shudgorlanadi. Bunda shudgorlashni tuproq qatlamini ag‘darmagan holda amalga oshirish mumkin. Shudgorlangan yer zudlik bilan boronalanadi. Yana bir usul chizel bilan ishlov beriladi va chizellangan maydon zudlik bilan boronalanadi. Boronalashdan maqsad tuproq yuza qatlamidagi yirik kesaklarni maydalash, yumshatish va namlikni behuda yo‘qolishini kamaytirishdan iborat.
Aytib o‘tilgan tadbirlar tomorqa va dala hovlilardagi kichik maydonlarda qo‘lda lopata va ketmon bilan amalga oshiriladi. SHu tariqa anor qalamchalarini ekish uchun yer tayyor holatga keltiriladi.
Qalamchalardan ko‘paytiriladigan daraxt va butalar oarsida anor va anjir qalamchalarini ekishda vaqt me’zoniga alohida e’tibor qaratish kerak bo‘ladi. Chunki bular erta bahorgi o‘zgaruvchan havo haroratiga juda sezgir va ta’sirchan bo‘lib tuproqning 12-15 sm qatlamidagi harorat 10-120S bo‘lishi me’yoriy hisoblanadi.
Bunday sharoit Respublikamizning janubiy tumanlarida 15-20 mart kunlariga, to‘g‘ri keladi. Qalamchalarni ekish ishlari bundan kechiktirilganda havo harorati ko‘tarilishining keskinlashuvi sababli ildiz otish jarayoni buzilib, qalamchalar tutish foizi kamayib ketadi. Kechikib ekilgan qalamchalardan olingan ko‘chatlar ko‘p hollarda sifat jihatdan talabga to‘la javob bermaydi.
Anor qalamchalari ekish oldidan avvalgi ko‘mib qo‘yilgan joyidan bir kunlik ekish uchun yetarli sonda kovlab olinib, shikastlangan va chirigan novdalar ajratib olib tashlanadi, yaroqli sog‘lom novdalar 20-25 sm uzunlikda o‘tkir boltacha yoki bog‘ qaychi bilan kesiladi. Tayyorlanayotgan qalamchalarning yuqorigi uchi oxirgi kurtakdan 0,7-1,0 sm, tepadan pastki uchi esa kurtak yoki kesib olingan shoxcha o‘rnidan biroz pastdan har ikkalasida ham qiya yo‘nalishda kesiladi.
Qalamcha har ikkala uchining ham qiya xolatda o‘tkir asbobda kam kuch bilan oson kesilganligi tufayli ezilib shikastlanish ro‘y bermaydi, natijada sog‘lom qalamchaning ildiz nishlari oson va tez shakllanadi. Ezilib shikastlanmagan qalamchaning yer yuzasidagi uchida qurish holati sodir bo‘lmay yashovchanligi yanada faollashadi.
Qalamchalarni tayyorlash va ekish jarayonida ayniqsa quyoshli kunda ochiq havoda qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Chunki kesib tayyorlangan qalamchalar tanasidagi zahira namlikni yo‘qotmasligi ularning ko‘karishida eng katta ahamiyatga ega. Buning uchun qalamchalar ekilguncha ekish maydonida ko‘milgan holda yoki ho‘llangan mato ostida tutib turilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Qalamchalar kesib tayyorlangandan so‘ng 50-100 donadan qilib ikki tarafdan bog‘lab qo‘yiladi va bog‘lamlar 10-12 soat davomida oqar suvda tutib turiladi. Bu bilan qalamchalar tanasi suvga yanada to‘yinadi. Shundan so‘ng qalamchalar ekishga tayyor hisoblanadi. Suvdan olingan qalamchalar bog‘lami turli sabablarga ko‘ra ekilmay qolsa, ular yuqori namli tuproqqa ko‘milib, ekilgungacha shu yerda saqlanadi.
Anor qalamchalari ekiladigan yer maydonining katta kichikligiga qarab qo‘lda va mexanizatsiyalashtirilgan holda qishloq xo‘jalik mashinalari vositasida ekiladi. Har ikkala usulda ham ekish talabi bir xil bo‘lib u quyidagicha amalga oshiriladi. Buning uchun tayyorlangan yerda sharq-g‘arb yo‘nalishida ekish maydonining birinchi egati 25-30 sm chuqurlikdagi ariqcha ochilishi bilan shakllantiriladi.
Ochilgan egat ariqchasiga janub tomonga qaratib 600 atrofida burchak ostida qiyalatib 10-15 sm oraliq bilan qalamchalar qadaladi va ko‘miladi. Qalamchalar yerga qadalganda qalamchaning yuqori uchi umumiy yer maydoni sathidan 5 sm atrofida chiqib turishi kerak. Keyingi jarayonda, ya’ni ekilgan qalamchalar tuproq bilan ko‘miladi, tuproq uyumining balandligi qalamchaning yuqorigi uchi bilan bir xil sathda bo‘lishi lozim, chunki tuproq uyumi ostida shamol va havo harorati ta’sirida qalamchalardagi namlikning behuda yo‘qolishi oldi olinadi.
Qalamchalar ekib bo‘lingandan so‘ng ko‘chatzor rejasi tuzilib daftarga ekilgan kuni, qatorlardagi qalamchalar navi, soni belgilab yozib loyihasi chizib qo‘yiladi. Bu reja-loyiha dalada ekilgan qalamchalarni navlar bo‘yicha ajratib turuvchi qoziqlar qoqib qo‘yish bilan tashkil etiladi.
Farg‘ona viloyati sharoitida anorzor bog‘lar yaratish uchun ko‘chatlar 3x4 m yoki 3,5x4 m sxemada ekiladi.
Bunda ko‘chatlarning sharq-g‘arb yo‘nalishi bo‘yicha oralig‘i 3-3,5 m, shimol-janub yo‘nalishi bo‘yicha 4 m bo‘ladi.
Anor ko‘chatlarin ekishda ekinning tuproq unumdorligi va namligiga talabchanligini nazarda tutib, ko‘chatlar ekiladigan chuqurni ko‘chatning ildiz hajmiga qarab 50x50x50 yoki 60x60x60 sm o‘lchamda kovlanadi. Yerning yuza qatlamidan olingan tuproqqa yaxshi chirigan (uch yil saqlangan) go‘ng yoki kompost va qum 2:2:1 nisbatda aralashtirilib kovlangan chuqur tubiga ko‘chat ildizi ostida qoladigan qilib 5-15 sm atrofida tashlanadi.
Shundan so‘ng ko‘chat kovlangan chuqurga shoxlari janub tomonga moyil 40-50° qiyalikda joylashtiriladi va tayyorlangan unumdor aralashmali tuproq bilan ko‘miladi. Ekilgan ko‘chatlarning yer ustki qismining 2/3 qismi kesib tashlanadi, faqat sharqdan g‘arbga tomon mavsumiy esib turuvchi kuchli shamol esib turuvchi hududlarda, jumladan Quva tumani hududida anor ko‘chatlari shoxlari g‘arb tomonga moyil yo‘naltirib ekiladi.
Ekish bilan birga kechiktirmay ekib bo‘lingan qatorlarga suvni jildiratib qo‘yish bilan egat pushtalari to‘la zaxlaguncha sug‘oriladi. Agarda o‘sha kun ekilgan ko‘chatlarni sug‘orish imkoni bo‘lmasa ekish bilan birga bir chelak (10 litr) miqdorda ildiz atrofiga suv quyib ekiladi.
Sug‘orish natijasida qalamchalar atrofidagi tuproq zichligi va namligi qo‘shimcha ortib qalamchalarning ildiz chiqarishi osonlashadi. Ekish va sug‘orishni peshma-pesh amalga oshirilishining ahamiyati shundan iboratki, ekilgan qalamchalar tanasidagi namlik zahirasi nisbatan namligi kam bo‘lgan tuproqqa o‘tib ketishining oldi olinadi.
Ko‘chat ekib bo‘lingach ildiz atrofi tuprog‘i ildiz nishchalarining oson shakllanishi va rivojlanishi uchun oyoq bilan bosib zichlanadi.
Sug‘orilgan maydondagi tuproq yetilishi bilan egatlar orasi katta maydonlarda kul’tivatsiyalanadi, kichik maydonlarda esa qalamchalarni qo‘zg‘atib yubormay qo‘lda chopib yumshatiladi. Bunda bir yo‘la tuproqning sug‘orishdan cho‘kishi evaziga ochilib qolgan qalamchalar uchi tuproq tashlanib ko‘mib chiqiladi.
O‘zbekiston respublikasining janubiy viloyatlaridan tashqari barcha tumanlarida anor tupi qishki sovuqdan himoya qilish uchun tuproq bilan ko‘miladi. Ko‘milgan anor tuplari mart oyi oxiri va aprel oyining boshlarida ochiladi. Bahorgi parvarishlash ishlari ayni shu kundanoq boshlanib ketadi. Tuproq ostidan chiqarilgan anor tupi shoxlari silkitib tuproq va yopishib qolgan o‘tgan yilgi barg qoldiqlaridan tozalanadi. Singan, qurigan va ortiqcha namlik ta’sirida chirigan shoxchalar kesib olib tashlanadi.
Birinchi navbatda yer bag‘irlab o‘sishga shakllangan tuplar sim bag‘azga ko‘tarib taraladi yoki ayri tirgovuchlar bilan ko‘tarib qo‘yiladi. Shunday qilinganda anor tupining quyosh nuri va shamoldan foydalanish darajasi yanada ortadi, shoxlar bir xil rivojlanadi, mevalari to‘liq chiroyli rang bilan pishib yetiladi.
Ildiz olgan qalamchalar yer usti qismining rivojlanishi anor naviga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Qizil anor navining yer usti qismi eng yaxshi o‘sib, 53,3 sm va undan ortiqni tashkil qiladi. Pushti Guloysha navi eng kam o‘sadi (30 sm ga cha). Bunday anorning turli tuman rivojlanishi nav xususiyatlari bilan tushintiriladi.
Anor ko‘chatlarini ko‘paytirishning taklif etilgan uslubi plyonka tagida su’niy tuman hosil qilib, bir yil ichida ko‘p miqdorda yaxshi yetilgan ko‘chat olish imkonini beradi.
Mart oylarining boshlarida qazib olingan qalamchalar 25-30 sm qalinlikdagi yangi go‘nglar tashlangan parniklarda bir necha kun saqlansa, go‘ng o‘zidan issiqliq ajratadi va qalamchalarda biologik ta’sir paydo bo‘lib, birlamchi ildiz bo‘rtmalarining paydo bo‘lishi ancha tezlashadi. Lekin tajribalar bu tadbir qo‘llanilmagan taqdirda ham 10-15 sm chuqurlikda, me’yorida ishlov berilib tayyorlangan maydonlarga ekilgan qalamchalardan 95-98 foiz nihol olinishi mumkinligini isbotlagan.
Ekish oldidan qalamchaning pastki uchi kurtak qadoq qabariq ostidan biroz qiyshaytirilib kesilsa, yosh ildizchalarning paydo bo‘lishi osonlashadi. Tayyorlangan qalamchalar dastalanib, bir necha soat oqar suvga tashlab qo‘yilgandan so‘nggina ekishga tayyor hisoblanadi. Ekib bo‘lingach, pushtalari qorayguncha jildiratib suv beriladi. Shunda qalamcha bo‘g‘zidagi tuproq cho‘kib, zichlashadi va ildiz chiqarishi osonlashadi.
Anor parvarishida to‘g‘ri shakl berib, ko‘mishga e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘mish oldidan qurigan, singan, zamburug‘ va boshqa kasalliklar bilan kasallangan shoxlar kesib tashlanadi Bunda ko‘mishdan oldin 35-400S li suvda sovunni maydalab qorishtirib yoxud mokorkani suv bilan aralashtirib, shuningdek, «Preparat-30» vositasining bir osh qoshig‘ini 10 litr suvga eritib ko‘chatlarga sepish kerak.
Xulosa
O‘zbekiston Respublikasining taraqqiyoti hamda aholi sonining tobora ortib borishi oziq-ovqat, xususan mevalarga va uni qayta ishlab tayyorlangan mahsulotlar, ularning turi va sifatiga bo‘lgan talabni oshirib yubormoqda. Ayniqsa, meva va uzumning xo‘l mevalar hamda ularning qayta ishlangan mahsulotlariga bo‘lgan talab boshqa barcha mevali ekinlar orasida anor ekinni mashhurligi jihatidan alohida o‘rinda turadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Binobarin, anor mevalaridan tayyorlangan betakror sharbatlar mamlakatimiz aholisining kundalik oziq-ovqat mahsulotlaridan biridir. Anor mevalarning bu qadar keng va qadrli holatda tarqalishi ularning beqiyos ta’mi, vitaminga boyligi, hushbo‘y hidi, qayta ishlash, saqlash va tashishga yaroqligi, yetishtirish va ko‘paytirishning u qadar murakkab emasligi va shu kabi qator afzalliklari bilan tushuniladi.
Anor ekinining istiqbolli navlarini aniqlash, ularni ko‘paytirishning turli usullarini sinab ko‘rish, introduktsiya qilinganda ro‘y beradigan biologik holatlarni o‘rganish, hosildorligini oshiruvchi omillarni aniqlash va keng tatbiq etishdir.
O‘zbekistonda uzoq yillardan buyon anorzorlar barpo qilinib, istiqbolli navlar ekib kelinmoqda. Bular Farg‘ona vodiysida, Surxondaryo viloyatining ayrim tumanlarida joylashgan. Anorzorlar Farg‘ona vodiysining Quva, Namangan va Andijon tumanlarida katta maydonlarda bog‘lari barpo qilingan. O‘zbekistonning boshqa viloyatlaridagi anorzorlar asosan yangi barpo etilgan bo‘lib, ularga standart navlar ekilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Sh.Mirziyoev. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Toshkent. 2017.

  2. Sh.Mirziyoev. Erkin va farovon, demokratik o‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent. 2016.

  3. Sh.Mirziyoev. Qonun ustuvorligi va inson manfatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent. 2017.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 12 apreldagi “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2520-sonli qarori

  5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harkatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli farmoni.

  6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yilning 22-23 iyun kunlari Farg‘ona viloyatiga qilgan tashriflari chog‘idagi ma’ruzasi.

  7. Bo‘riev X.Ch, Jo‘raev R.J, Alimov O.A. «Meva – sabzavotlarni saqlash va ularga dastlabki ishlov berish». Toshkent: «Mehnat», 2002. 51-68 b.

  8. Shaumarov X.B. Yaxshidan bog‘ qolar. Toshkent, O‘qituvchi. – 37-38 b.

  9. Normaxmatov R., Vakil M.M. Anorchilik istikbollari.- // O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi. – Toshkent, 1997, - № 6.

  10. Ostonaqulov T.E., Narzieva S.X., G‘ulomov B.X.. Mevachilik asoslari. Toshkent 2011 yil.

  11. Ribakov A.A., Ostrouxova S.A. O‘zbekiston mevachiligi. Toshkent:
    “O‘qituvchi”, 1981. 29-33 b.

  12. Sahobiddinov S.S. O‘simliklar sistematikasi. Toshkent, “O‘qituvchi”, 1976.

  13. Usmanov A.U. Yovvoyi meva daraxtlari.T.: «O‘zbekiston». 1979.

  14. Yusupov T.Q. Anorni yashil qalamchadan ko‘paytirish. T.: UzNIINTI, 1981.

  15. Xamidov A. va boshqalar “O‘zbekiston o‘simliklari aniqlagichi” Toshkent O‘qituvchi 1997.

Download 173,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish