Zbekiston xalqaro islom akademiyasi mumtoz sharq filalogiyasi fakulteti


 Yaqin Sharq mamlakatlari tinchligining dunyo hamjamiyatiga ta`siri



Download 52,41 Kb.
bet9/11
Sana21.01.2022
Hajmi52,41 Kb.
#397193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
mamlakat

2.2. Yaqin Sharq mamlakatlari tinchligining dunyo hamjamiyatiga ta`siri

Siyosatchilar bejiz “Yaqin Sharq tinchligi” — olam tinchligi iborasini ishlatmaydi. Chunki Ikkinchi jahon urushi­dan keyin boshlangan Isroil-Arab mojarosi asta-sekin boshqa davlat va mintaqalar­da zanjir reaksiyasini keltirib chiqardi. Prezident Donald Trampning bir necha o‘n yildan beri davom etib kelayotgan AQSh siyosatidan voz kechib, Isroilning okkupatsiya qilingan Jo‘lan tepaligi ustidan suverenitetini tan olish haqidagi qarori esa vaziyatni yanada tarang­lashtirdi. Isroil bu hududni 1967-yili olti kunlik Isroil-Arab urushi paytida Suriyadan tortib olgan. 1981-yili Isroil Jo‘lan tepaligini anneksiya qilganini e’lon qilgan, ammo xalqaro hamjamiyat bu qadamni tan olmagan. Trampning fikricha, mazkur plato «Isroil davlati va mintaqaviy barqarorlik uchun strategik va xavfsizlik jihatdan o‘ta muhim»dir.

Suriya poytaxti Damashq­ning janubi-g‘arbidan 60 kilometr uzoqdagi bu hudud maydoni taxminan 1200 kvadrat kilometrga teng. Hudud Isroil va Suriyaning haligacha texnik jihatdan urush holatida qolishiga sabab bo‘layotgan omillardan biri hisoblanadi. BMT Isroilning Jo‘lan tepaligi ustidan anneksiyasini 1981- yildagi 497-sonli rezolyut­siyasi bilan «qonuniy kuchga ega emas» deb topgan. Xalqaro hamjamiyat Donald Trampning mazkur qarorini qoraladi.  

“Shubha­siz, bunday chaqiriqlar Yaqin Sharqda shusiz ham keskin bo‘lib turgan vaziyatni izdan chiqarishi mumkin. Har qanday holatda ham bunday fikr Yaqin Sharqda barqaror­likni ta’minlash borasidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishga xizmat qilmaydi, buning aksi bo‘ladi”, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Bundan uchta maqsad ko‘zlangan.

Birinchisi, bu masalada AQShni nafaqat asosiy, balki yagona ittifoqchi sifatida ko‘rishi kerak bo‘lgan Isroilni o‘ziga yanada bog‘lab olish. Ikkinchi maqsad — arab dunyosini parchalab tashlash. Kimdir bo‘ysunadi va jim bo‘ladi. Bu esa uni AQShga yaqinlashtiradi va arab dunyosining bu masaladagi birligini zaiflashtiradi. Uchinchi maqsad — Suriyaga va uning Rossiya bilan hamkorligiga zarba berish.

Qolaversa, 9-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarda Binyamin Netanyaxu bosh­chiligidagi Likud partiyasining yana hukumat tepasida qolishiga yordam berishi mumkin.  “Yevroittifoq AQSh prezidenti Donald Trampning qaroriga qaramasdan, ilgarigidek Jo‘lan tepaliklarini Isroilning hududi deb tan olmaydi, — deydi YI diplo­matik xizmati vakili Mayya Kosyanchich. «YIning fikri o‘zgargani yo‘q. Yevroittifoq xalqaro huquqqa mos ravishda 1967-yili bosib olingan hududlar, jumladan, Jo‘lan tepaliklari ustidan Isroil suverenitetini tan olmaydi va ularni Isroil hududining bir qismi deb ko‘rmaydi».

Arab davlatlari ligasi Isroil bosib olgan Jo‘lan tepalik­lariga nisbatan Suriyaning huquqini to‘laligicha qo‘llab-quvvatlaydi”, dedi tashkilot bosh kotibi Ahmad Abul G‘ayt. Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriyaga tegishli Jo‘lan ustidan Isroil suverenitetining tan olinishi buning boshqalar uchun ham majburiy ekanligini anglatmaydi. «Arab davlatlari ligasi Isroil bosib olgan Jo‘lan tepaliklariga nisbatan Suriyaning huquqini to‘la­ligicha qo‘llab-quvvatlaydi, bu masalada rezolyutsiyalarga asoslangan aniq qarashimiz mavjud», dedi Abul G‘ayt. U Jo‘lan tepaliklari xalqaro huquq, BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalariga muvofiq Suriyaning bosib olingan hududi hisoblanishini ta’kidladi.

Trampning o‘zi ushbu qarorga kelish borasida uzoq o‘ylanganini aytdi.
«Men bunday qilish to‘g‘risida uzoq o‘ylandim, bu AQShning barcha prezi­dentlari uchun og‘ir qaror bo‘lgan, hech qaysi prezident buni qilmagandi», dedi Tramp FOX Business tele­kanaliga bergan intervyusida. Jo‘lan tepaliklari Isroil va Suriya chegarasida joylashgan tog‘li platodir. Uning uchdan ikki qismini 1967-yildan buyon isroillik harbiylar nazo­rat qiladi.  Jo‘lanning aha­miyati uning tabiiy-geografik xusu­siyatlari bilan xarak­terlanadi. Platoning o‘rtacha balandligi dengiz sathidan taxminan ming metr baland.  Jo‘lan tepalik­larining g‘arbiy qismi O‘rta Yer dengizi qirg‘oq­laridagi pasttekisliklar bilan bog‘lan­gan. Bu tekisliklarni platodan turib osongina o‘qqa tutish mumkin. Suriya chegarani surish kerak deb ko‘rsa­tayotgan tog‘ etaklari dengiz sathidan 200 metr pastda joylashgan. Bu tekisliklarni yuqoridan qilinadigan hujumlardan himoya qilib bo‘lmay qoladi. 

Isroilga Jo‘lan tepaliklari kerakligining yana bir sababi shundaki, undan oqib tushadigan daryo va irmoqlar mamlakat ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan ichimlik suvining asosiy manbalaridan (uchdan bir qismi) hisob­lanadi. Isroilliklar agar bu hudud Suriyaga berib yuborilsa, suv manbalari to‘sib qo‘yilishi yoki shunday tahdid vujudga kelishidan xavfsirashadi. Endi Isroil—Falastin, Isroil—Suriya, Isroil—Livanning yechilmagan muammolari sirasiga Isroil—Eron ziddiyati­ning qo‘shilish ehtimoli paydo bo‘ldi. Eronning Fors ko‘rfazi va Yaqin Sharqda oshib borayotgan ta’sirini jilovlash, harbiy salohiyatini tiyib turish uchun AQSh, Isroil va Saudiya Arabistoni boshliq xalqaro ittifoq yuzaga kelishi borasida ham ma’lumotlar paydo bo‘lyapti. 

Yaqinda Isroilning yuqori lavozimli harbiylaridan biri, general Gadi Eyzenkot Saudiyaga tegishli Elaph gazetasi bilan suhbatda josuslik ma’lumotlarini Saudiya bilan almashishga tayyor ekanini aytdi. “Eron masa­lasida biz Saudiya Arabistoni bilan yakdilmiz”, dedi u.

Saudiya va Isroil o‘rtasi­dagi munosabatlar taraqqiy etmoqda. Bir tarafdan bu «vaziyat taqozosi bilan barpo bo‘lgan koalitsiyadir». 2003-yili Iroqda Saddam Husayn hokimiyati ag‘darilar ekan, sunniy arablar o‘zlariga yangi xatar paydo bo‘lganini sezib qolishdi. Iroqning asosan shialardan iborat yangi hukumati Tehron bilan yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘ydi. Iroq shialari qo‘shni Suriyada Asad rejimini qo‘llab-quvvatlay boshladi. Eronning Rossiyaga qo‘shilib Suriyada Asad rejimini qo‘llab-quvvatlashi Tehron foydasiga o‘ynadi.

XULOSA

Albatta, so‘zlar emas, asl vaziyat muhim. So‘zlar esa asl vaziyatning in’ikosi, xolos. Ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar bugun ilib qolgani yo‘q. Prezident Obamaning Yaqin Sharqdan chetlanish stra­tegiyasi ortidan mintaqada ta’sir doirasini mustahkamlab olishga uringan Eron Isroil va Saudiya Arabistonini birdek xavotirga solmay qo‘ymagan. Ikkala davlat ham Eronning yadroviy dastur bo‘yicha shartnomasiga qarshi. 

Bundan tashqari, har ikkala davlat ham rasmiy Tehronning nafaqat Suriyada, balki butun mintaqada yoyilib borayotgan ta’siri kamayishini istaydi. Isroil shu paytga qadar rasmiy Ar-Riyod bilan aloqa­lari mustahkam­lanayot­ganini yashirmagan. Saudiya Arabis­toni esa bu masalada vaz­minlikni qo‘ldan boy bermas­likka harakat qiladi. Muzlar eriyotgani aniq. Biroq mintaqada tinchlik hukm surishi  uchun Isroil-Falastin mojarosi kabi uzoq vaqtdan beri yechim topmay kelayotgan muammolarga barham berish zarur.

Agarda Yaqin Sharq masalsi tinch yo`l bilan hal qilinsa, u yerda bolalar ham bemalol xotirjamlikda o`qib bilim olish imkoniyatiga ega bo`lishadi. Insonlarning ertangi kunga umidlari uyg`onadi vas hu bilan birga hayotga qiziqishlari uyg`onadi. Buning uchun avvalo yetakchi davlatlar: Rossiya, AQSH, Saudiya Arabistoni,Eron va boshqa davlatlar o`zaro kelishib olishmas ekan bu jarayon hech qachon to`xtamaydi.


Download 52,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish