II-BOB. YAQIN SHARQGA MINTAQA MAMLAKATLARINING TA`SIRI
|
|
2.1. Yaqin Sharq mamlakatlarida AQSHning ro`li..........................................
|
16
|
2.2. Yaqin Sharq mamlakatlari tinchligining dunyo hamjamiyatiga ta`siri.....
|
23
|
|
|
XULOSA.........................................................................................................
|
26
|
|
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI.................................
|
27
|
KIRISH
Osiyoning gʻarbiy va janubiy gʻarbiy hamda Afrikaning shim, sharqiy qismidagi hududlarning nomi. Yaqin Sharqda Misr, Sudan, Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari, Iordaniya, Iroq, Isroil, Falastin Muxtoriyati, Kipr, Quvayt, Livan, Saudiya Arabistoni, Suriya, Turkiya, Ummon, Yaman, Qatar kabi davlatlar va amirliklar joylashgan. Gʻarb adabiyotlarida Yaqin Sharq hududini Eron va Afgʻoniston bilan birga Oʻrta Sharqdeb atash qabul qilingan. 19-asr va 20-asr boshlarida Yaqin Sharq tushunchasiga Usmonli turk imperiyasi, jumladan, Bolqon yarim orol ham kiritilgan. Yaqin Sharq uch qit’a – Afrika, Osiyo va Yevropa kesishgan nuqtada joylashgan bo’lib, beshta dengiz – O’rtayer dengizi, Qizil dengiz, Qora dengiz, Kaspiy dengizi va Arabiston dengizi bilan o’rab olingan.
Tarixan mazkur hudud Fors ko’rfazi, Ormuz qo’ltig’i va Suvaysh kanali orqali o’tuvchi muhim xalqaro savdo yo’llarining asosi bo’lib kelgan. Neft kabi ahamiyatli tabiiy zahiralari va geosiyosiy joylashuvi Yaqin Sharqning xalqaro maydonda o’ziga xos siyosiy hamda iqtisodiy maqomini shakllantirib, uning qudratli davlatlar raqobat maydoniga aylanishiga sabab bo’lib kelmoqda. “Yaqin Sharq” geografik va geosiyosiy makoni tavsifi haqida aniq bir to’xtamga kelinmagan. “Yaqin Sharq” atamasining o’zi 1850 yillarda Britaniya Imperiyasining Hindistonga nisbatan siyosat yurituvchi idoralarida yuzaga kelgan. Atamaning keng qo’llanishga kirishi 1902 yilda e’lon qilingan amerikalik strateg dengizchi Alfred Tayer Mexenning “Fors ko’rfazi va xalqaro munosabatlar” maqolasi ortidan yuzaga kelgan. Ushbu maqolada Yaqin Sharq “Qora dengizning janubi, g’arbda O’rtayer dengizi va sharqda Hindiston oralig’idagi hudud” deya ta’riflangan.
Hozirgi zamonaviy qo’llanishda esa, asosan, janubda Efiopiya, shimolda Turkiya, g’arbda Marokash va sharqda Afg’oniston hamda Pokistongacha bo’lgan hududga “Yaqin Sharq” deya nisbat berish ko’proq uchraydi. Mazkur maqolada Yaqin Sharq hududi sifatida ushbu zamonaviy qo’llanishdan foydalanishga qaror qildi.
I-BOB. “YAQIN SHARQ MUAMMOSI”NING YUZAGA KELISHI TARIXI, MOHIYATI HAMDA O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |