Sharqiy va Janubiy Afrika TGRlariga qiyosiy tavsif
1.Efiopiya-Somali
2.Sharqiy Afrika yassi tog’ligi
3.Janubiy Afrika yassi tog’ligi
4.Kap tog’lari
5.Madagaskar
Efiopiya-Somali. Efiopiya-Somali tabiiy geografik o’lkasi Efiopiya tog’ligidan va Somali platosidan yoki yarim orolidan tashkil topgan bo’lib, shimoli-sharqda Qizil dengiz va Adan qo’ltig’i, sharqda va janubi-sharqda Hind okeani, g’arbda Oq Nil botig’i va janubda Rudolf ko’li botig’i bilan chegaralangan. O ’lka hozirgi relefining shakllanishida qadimiy kristall jinslar, mezozoyning oxiridan boshlab yuz bergan tektonik harakatlar natijasida otilib chiqqan lavalardan hosil bo’lgan trapplar va tuflar ishtirok etadi. Kristall jinsli poydevoming kamroq qismini qalinligi bir necha yuz metr keladigan cho’kindi jinslar – ohaktoshlar va qumtoshlar qoplagan. Katta qismi neogen – to’rtlamchi davrda otilib chiqqan va qalinligi 1000 m gacha yetadigan yosh lavalar, quyi qismida bazaltlar va doleritlardan, yuqori qismida ishqorli bazalt, traxit va riolitlardan iborat. Efiopiya tog’ligi gorst tipidagi palaxsa tog’lardan bo’lib, neogenda yer pustining uzilmalari va yoriqlari bo’ylab okean sathidan 2000-3000 m balandlikka ko’tarilgan.
Sharqiy Afrika yassi tog’ligi. Bu tabiiy geografik o ’lka materikning sharqiy qismini, 5° sh.k. va 17° j.k. lar oralig’ini qamrab olgan. Shimolda Efiopiya tog’ligi va Rudolf k o’li botig’i, g’arbda Kongo botig’i, janubda Zambezi daryosining quyi oqimi va sharqda Hind okeani bilan chegaralangan. O’lkaning kichik qismi shimoliy yarim sharda va katta qismi janubiy yarim sharda joylashgan. Sharqiy Afrika yassi tog’ligi Afrika platformasining tektonik jihatdan faol, harakatchan qismi bo’lib, uning hududida eng yangi uzilmalar va grabenlar tizimi keng tarqalgan. O’lkaning aksariyat qismini balandligi 1000-1500 m dan yuqori bo’lgan Sharqiy Afrika yassi tog’ligi tashkil etadi. Yassi tog’likning yuzasida keng botiqlar vujudga kelgan bo’lib, ulardan eng yirigi Viktoriya ko’li bilan band. Yassi tog’likning sharqiy qismi Hind okeani qirg’og’igacha tik zinapoyalar hosil qilib tushgan. Ayrim joylarda qirg’oq bo’ylab kengligi 10-20 km dan oshadigan pastekisliklar joylashgan. Qirg’oqlar daryo vodiylari bilan kuchli parchalangan. Sohillarga yaqin joylarda mayda orollar va marjon riflari keng tarqalgan.
Janubiy Afrika yassi tog’ligi. Janubiy Afrika yassi tog’ligi kembriydan oldin hosil b o’lgan platformada joylashgan. Uning asosini tashkil etuvchi qadimiy kristall jinsli poydevori gorizontal yotgan kontinental yotqiziqlar bilan qoplangan. Yassi tog’likning relefida ichki tog’oralig’i botiqlari va ularni o ’rab turgan arxey, proterozoy eralarining qadimiy kristall jinslaridan tarkib topgan ko’tarilmalar hukmronlik qiladi. Ichki botiqlami o’rab turgan ko’tarilma poydevorlar balandligi 1200-2500 m keladigan bir qator platolar, balandliklar va tog’lami hosil qiladi, ular ichki rayonlardan atrofga qarab asta-sekin ko’tarilib boradi. Limpopo dayosidan shimolda Matabele platosi, janubda Baland Veld va Yuqori Karru platolri, g ’arbiy qism ida Kaokofeld, Damara, Namakva platolar polosasi cho’zilgan. Shimolda Katanga platosi Zambezi va Kongo daryo havzalari o’rtasida suvayirg’ich vazifasini bajaradi.
Кар tog’lari. Кар tog’lari tabiiy geografik jihatdan Janubiy Afrika o’lkasining kichik oblastini tashkil etib, materikning eng janubi-g’arbiy chekkasida, Port-Elizabet shahri bilan Ulifans daryosining quyi qismi oralig’ida joylashgan. Кар tog’lari o ’rtacha balandlikdagi parallel yo’nalgan bir necha antiklinal tog’lardan tarkib topgan. Ular materikning janubiy va janubi-g’arbiy sohillari bo’ylab 800 km masofaga cho’zilgan. Tog’lar oralig’ida turli kattalikdagi sinklinal cho’kmalar mavjud bo’lib, ular orasida yirigi Kichik Karru botig’i hisoblanadi. Undan shimolda joylashgan keng Katta Karru botig’i Кар tog’larini Janubiy Afrika yassi tog’ligining Katta Pog’ona tizmasidan ajratib turadi. Mazkur tog’lar quyi paleozoyning qumtoshlari va kvarsitlaridan tarkib topgan, gertsin bosqichida burmalangan. So’nggi tog’ hosil bo’lish jarayoni natijasida qaytadan ko’tarilgan. Ulam ing o ’rtacha balandligi 1500 m atrofida, eng baland nuqtasi Svartberg tizmasidagi Zvart cho’qqisi 2326 m ga ko’tarilgan.
Madagaskar. Madagaskar Afrika qirg’oqlari yaqinidagi yirik orol bo’lib, Yer sharidagi eng yirik orollardan biridir. Maydoni 587 041 km2. Madagaskardan shimol va sharqda ko’pdan-ko’p mayda orollar (Komor, Maskaren orollari va boshqalar) mavjud. M adagaskar janubiy yarimshardagi materiklar bilan birgalikda qadimgi Gondvana materigi tarkibiga kirgan. Hozir esa Afrika platformasining bir qismi bo’lib, materikdan mezozoy erasida ajralib chiqqan. Shuning uchun ham orolning relefi va iqlim sharoiti ko’p jihatdan materikning qo’shni qismlariga o’xshaydi. Madagaskar relefi sharqida baland markaziy plato shimoldan janubga tomon cho’zilgan. Bu plato g’arbga keng yotiq zinalar hosil qilib pasayib boradi va pastekislikdan iborat sharqiy sohilning kambar platosiga tik jarliklar hosil qilib tushadi. Markaziy plato kristalli jinslar gneyslar, granitlar va slaneslardan tarkib topgan. Plato yuzasi balandligi 1700-2000 m bo’lgan qadimgi peneplen bo’lib, unda ayrim qoldiq qirlar va lavalar bilan qoplangan vulkan cho’qqilari uchraydi, ulardan eng balandi Saratanana (2880 m) orolning shimolida, orolda vulkan faoliyati hozirgacha so’nmagan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Vaxobov X., Abdulqosimov A.A., Alimqulov N.R. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi.-Toshkent: Nodirabegim,2021.
Internet saytlar:
www.wikipedia.org
www.geografiya.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |