Zbekiston xalqaro islom akademiyasi mumtoz sharq filalogiyasi fakulteti


 Yaqin sharq muammosining qisqacha tarixi va bugungi kundagi holati



Download 52,41 Kb.
bet3/11
Sana21.01.2022
Hajmi52,41 Kb.
#397193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
mamlakat

1.1. Yaqin sharq muammosining qisqacha tarixi va bugungi kundagi holati
Yaqin Sharq islomning ikki mazhabi — shia va sunniylik o‘rtasidagi diniy urush girdobida qolgan. Ammo urushning mazmuni va ahamiyati bu bilan cheklanib qolmaydi. Urush, shuningdek, siyosiy, etnik (milliy) va iqtisodiy sabablarga ham ega.

Yaman

Saudiyaliklar (Saudiya Arabistoni, SA) Yamanda mahalliy shialar, xuziylar oqimi bilan urush olib bormoqda, ularni esa, o‘z navbatida, Eron qo‘llab-quvvatlamoqda. Yamanda shialar 10 million kishi bo‘lib, aholining 40 foizini tashkil etadi. Ular mamlakatning kattagina hududini nazorat ostida ushlab turibdi. Hokimiyat tepasida sunniylar turgan Saudiya Arabistoni xuziylar nufuzining kengayishini istamaydi hamda buni janubiy chegaralari yaqinidagi Eron tajovuzi sifatida ko‘radi. Bu haqiqatdir, negaki Eron xuziylarga yordam beradi, ularni qurol bilan ta’minlaydi. Urush SA uchun muvaffaqiyatsiz o‘tmoqda. U Yamandagi bir qator hududlarni egallagan bo‘lsa ham, xuziy partizanlari harakatlaridan og‘ir talafot ko‘rishda davom etmoqda.



Suriya

Suriyada ham Asad hukumatiga qarshi isyonchilar (bu safar sunniylar) kurashmoqda, ularga esa Saudiya Arabistoni yordam bermoqda. Isyonchilar eronparast shia ozchiligi — alaviylar oqimi, ya’ni Asad rejimiga qarshi urush olib bormoqda. Suriyada alaviylar aholining bor-yo‘g‘i 10 foizini tashkil etadi, lekin aynan uning vakillari Asad rejimining rahbariyatini tashkil etadi. Bu yerda Eron, aksincha, hukumatga ko‘mak beradi, unga qurol-yarog‘ hamda Sipohning (Islom inqilobi muhofizlarining) maxsus bo‘linmalarini yuboradi. Bundan tashqari, ta’minoti Eron tomonidan amalga oshiriladigan hamda asosiy bazalari Livanda joylashgan eronparast shia fundamentalist tashkiloti — “Hizbulloh” Asadga ulkan yordam ko‘rsatmoqda. Suriyada aholining asosiy qismini sunniylar, etnik jihatdan birinchi navbatda arablar tashkil qiladi.

Sunniy isyonchilar alohida guruhlarga bo‘linib ketgan. Ammo Suriya shimolida ularning ko‘pchiligi ayni paytda Fath koalitsiyasi tarkibiga kiradi. Mazkur koalitsiyaning negizini ikkita eng yirik va eng radikal diniy (sunniy) ultrakonservativ guruhlar — “Jabhat an-Nusra” va “Ahror ash-Shom” tashkil qiladi. Bular — o‘z diniy rahnamolariga ega bo‘lmish alohida diniy oqimlardir. Ularning maqsadi — Suriyada hokimiyat tepasiga kelib, u yerda shariat qonunlarini o‘rnatish. Ularda boshqa hech qanday iqtisodiy, ijtimoiy dasturlar yo‘q, ularni faqat shu qiziqtiradi.

Iroq

Iroqda aholining mutlaq ko‘pchiligini shia arablar tashkil etadi. Bag‘doddagi mahalliy hukumat shia partiyalaridan tuzilgan. Ammo ular mamlakatning butun hududini nazorat qilmaydi. Iroq hududining bir qismi IShID nazorati ostida. Bu tumanlarda sunniy ozchiligi yashaydi. Ular al-Abadiy boshchiligidagi shia hukumatiga qarshi uzoq vaqt isyon qilgan edi.

Ixtilof sabablaridan biri shundaki, Iroqdagi neft zaxiralarining asosiy qismi shialar yashovchi Janubda joylashgan, hukumat sunniylarga neft daromadidan katta ulush ajratmaydi. Bundan tashqari, sunniylarga shialar hukumat tepasida ekanligi, o‘z-o‘zidan tushunarliki, ma’qul emas. Ayni paytda shia hukumati IShIDga qarshi kurash olib bormoqda. Iroqning shimoli-sharqi kurd hukumati nazorati ostida — ular de-fakto Bag‘dodga bo‘ysunmaydi va o‘z qurolli kuchlariga ega.

IShID

Mahalliy hokimiyatlardan mustaqil bo‘lgan alohida kuchni Iroq va Shom islom davlati tashkil etadi, unga qarshi barcha kurashmoqda. IShID mohiyatan mustaqil sunniy oqimidir. Shu bilan birga, u alohida davlat hamdir, u o‘z ma’muriyatiga (Saddam Husayn rejimining sobiq amaldorlaridan tuzilgan), soliqlariga, ijtimoiy siyosatiga, neft konlariga va qurolli kuchlariga ega. IShID Suriya va Iroqning sunniylar yashaydigan katta hududlarini egallab olgan.

IShID qurolli kuchlari bu 30-50 ming kishilik armiya bo‘lib, u mujohidlarning partizanlik-diversion taktikasi hamda markazlashtirilgan rejalashtirish va muvofiqlashtirishning (bularni Iroqning sobiq diktatori Saddam Husayn armiyasining sobiq zobitlari amalga oshiradi) qo‘shilishidan iborat. IShID rahbariyatining yarmi — professional harbiylar hamda Saddam razvedkasining zobitlari.

IShIDning siyosat sahnasiga chiqishi mintaqadagi hech bir aktorni qoniqtirmaydi, shu bois barcha unga qarshi kurashadi: Iroqning shia hukumati (Iroqda shialar aholining 65 foizini tashkil etadi va shialar namoyandalari hokimiyat tepasidadir), Suriyaning shia hukumati, Suriyaning sunniy isyonchilari.

Gap shundaki, IShID o‘zini “xilofat” — musulmonlarning muqaddas davlati sifatida ko‘rsatadi, unga esa, guruh ideologiyasiga ko‘ra, sayyoradagi barcha musulmonlar bo‘ysunishi shart. Suriya va Iroqning IShID nazorati ostidagi hududlarda 5-7 mln kishi yashaydi, u yerda, shuningdek, neft konlari hamda turli sanoat va savdo korxonalari bo‘lib, ular xilofatchilarga soliq to‘laydi. Ammo IShID daromadining 44 foizi “kofirlar”, boshqa oqimlar vakillari hamda tuzum muxoliflarining mol-mulkini egallab olish hisobiga tushadi. IShID barcha shialarni jismonan yo‘q qilish borasida bayonotlar beradi, uning fikricha, “agar ular bizning dinimizga o‘tmasa, ularning barchasini o‘ldirish kerak”. Mintaqada 150 mlndan ortiq shia istiqomat qiladi. Shu tariqa, IShIDning xatti-harakatlari mintaqa aholisining kattagina qismiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri jismonan yo‘q bo‘lish tahdidini soladi. Shuningdek, IShID bir vaqtlar musulmonlar yashagan va hozir yashayotgan barcha yerlarga da’vogarlik qiladi.

IShIDda qulchilik va qul savdosi amal qiladi. Siyosiy planda u mutlaq monarxiyadir. IShID shariat qonunlari “diniy rahnamolar” tushungan shaklda amal qilishini ta’minlaydi. IShID o‘z moliyaviy manbalariga egadir (soliqlar, birovlarning mol-mulkini egallash) va bu jihatdan hech kimga qaram emas, qurol-yarog‘ni esa qora bozorda sotib oladi. Mintaqada bunaqa qurol juda ko‘p. Bundan tashqari, 2014 yilda IShID Iroq armiyasining ulkan qurol-yarog‘ zaxiralarini qo‘lga kiritgan edi. Asosiy qismini islomiy oqimlar tashkil qiluvchi Suriya muxolifati ham IShIDga qarshi kurash olib boradi, negaki unga bo‘ysunishni istamaydi va o‘zi ham Suriyadagi hokimiyatga da’vogarlik qilmoqda.




Download 52,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish