23.7 BUYOQ ISHLARINI BAJARISH PAYTIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI
Vagonlarni bo’yash yig’uv sexlarida 10-15 barobar xavo almashinuvini ta’minlovchi tortish va surish ventilyasiyalari va tegishli yong’inga qarshi qurilmalar mavjud bo’lganda amalga oshiriladi. Vagonlarni bo’yash katta xajmda bo’lmagan depoda ta’biy ventilyasiya yetarli darajada bo’lsa( eshiglar, fortochkalar ochilsa), xamda zaxarli gazlar va changlar miqdori yo’l qo’yiladigan me’yorlar darajasida bo’lsa, mexanik ventilyasiyalar o’rnatilishi shart emas.
Vagonlarni bo’yash ishlari sepish, botirish, bo’yash materiallariga uni kistochkolar va valiklar bilan surtish orqali bajariladi.
Vagonlarni sepish orqali bo’yash, maxsus ventilyasiya qurilmalari bilan jixozlangan bo’yash sexlarida, ya’ni ish joyidagi xavo muxitida aralashmalar bug’lari va buyoq changlari miqdori sanitar me’yorlari darajasidan oshib ketmaganligi ta’minlangan xolda, yo’l qo’yiladi.
Vagonlarni bevosita yig’uv sexida sepish orqali bo’yash, faqat tortish va so’rish ventilyasiyalari va shaxsiy ximoya vositalari mavjud bo’lganda bajariladi.
Vagonlarni kistochkolar va ochik xavoda sepish uslubi bilan bo’yash, xavo xarorati 5 gradusdan kam bo’lmaganda yoki xavo tarkibida bug’lar miqdori yoki bo’yash changlarini sanitar me’yorlaridan oshmaydigan darajada ushlab turadigan ventilyasiya bilan jixozlangan bo’yash sexida yo’l qo’yiladi. Ishlovchilar A markali patronli RPG-67-A, RU-60M-A respiratorlar yoki qish paytida maxsus isitilgan filtrlarda majbur xavo uzatuvchi niqoblarni qo’llaydilar.
Vagonning metall yuzalaridan eski buyoqlarni, ish zonasida sanitar me’yorlari yo’l qo’yiladigan miqdorda quruq qo’rg’oshin changi yoki zararli gazlarni mavjudligi yoki yo’qligini ta’minlaydigan uslublar yaratilgan bo’lsa, tozalashga ruxsat beriladi.
Katta yuzalardan bo’yoqlar, namlanib qolgan qumni chiqarib tashlaydigan, qum bilan shilish apparatlari yoki zararlangan yuzalarga maxsus pastalarni surtish orqali tozalanadi. Bunda xosil bo’lgan chiqindilar zudlik bilan olib tashlanishi kerak.
Butun metaldan iborat vagonlar ichida bo’yash ishlari bajarilganda, ish boshlangunga qadar vagon ichiga eng ko’p miqdordagi(yozgi) xavo xajmini uzatadigan mavjud tortuvchi ventilyasiya qurilmalarini ishlatib qo’yish zarurdir.
Lak- bo’yoq materiallari va eritmalar faqat metall germetik idishda yoki fabrikadan yopiq yuborilgan xolda smena extiyojidan yukori bo’lmagan mikdorda saqlanadi. Tarani saqlash uchun, ular yopiq stellaj yoki surish moslamasi bilan jixozlangan va zich yopiladigan metall eshikli shkaf ko’rinishida tayyorlanadi.Tarkibi qo’rg’oshin birikmalaridan iborat bo’yoq va gruntlar ventilyasiya bilan jixozlangan maxsus ajratilgan xonalarda yoki surish shkaflarida saqlanadi.
Tarkibi qo’rg’oshin birikmalaridan iborat lak- bo’yoq materiallari bilan ish bajarilgandan keyin, qo’l 1 foizli uksus kislotasi yoki 1 foizli kalsiylashtirilgan soda aralashmasini ishlatib, keyin sulfiylashtirilgan sovun va iliq suv bilan yuvilishi shart, hamda ovqat qabul qilishdan oldin tish tozalanadi.
Ishdan keyin bo’yash asbob-uskunasi maxsus jixozlangan shkafda, maxsus kiyim-bosh shamollatish teshiklariga ega bo’lgan alohida metall shkaflarda saqlanishi lozim. Uning tokchalarida moylangan artish materiallarini qoldirish mumkin emas.
Vagonlarni bo’yash uchun bino va bo’yash sexlari yong’inga qarshi ko’chma vositalar, ya’ni belgilangan me’yorda OP-5, OP-10 o’t o’chirish priborlari, 100 kv.m maydondagi xonaga
0,5 m3 hajmdagi qum va yong’inga qarshi ichki suv o’tkazgich bilan ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |