19.4 XAVOTAQSIMLAGICHDAGI XAVO CHIQARISH KLAPANINI SOZLIGINI TEKSHIRISH
Xavotaqsimlagichdagi xavo chiqarish klapanini sozligini tekshirish uchun maxsus tormozni tekshirish qurilmasidagi kran yopiladi, vagon chetki krani qurilma tomondan yopiladi. Maxsus tormozni tekshirish qurilmasi ulanish yengchasidan vagonning ulanish yengchasi uziladi, shundan keyin yopilgan chetki kran yana ochiladi.
Tormoz magistralidan siqilgan xavo to’liq chiqib ketgandan keyin xavotaqsimlagichdagi xavo chiqarish klapanini oxirigacha tortilib siqilgan xavo chiqib ketgunicha tortilib turiladi. Siqilgan xavo chiqib ketgandan keyin xavo chiqarish klapanini qo’yib yuboriladi, bunda tormoz silindridagi siqilgan xavo chiqib ketib tormoz richaglari va tormoz kolodkasi o’z holatiga qaytish kerak.
19.5 TORMOZ SINOV-TEKSHIRUVINI TUGATISH
Tormoz sinov-tekshiruvini tugagandan keyin quyidagi ishlar bajariladi:
- vagonning ikkinchi ulanish yengchasiga tekshirishdan oldin qo’yilgan maxsus qotirgich olinadi;
- tormoz silindriga qo’yilgan manometr yechib olinadi, konstruktorlik xujjatga muvofiq o’rnatilgan bosim indikatori o’rniga qo’yilgan manometr yechib olinib, indikator bosim o’rnatiladi
- tormoz silindriga m20 probka yoki 4316 rusumli klapan qotiriladi.
20. VAGONNI TA’MIRDAN KEYIN TEKSHIRISH VA QABUL QILIB OLISH.
Vagon ta’mirlangandan keyin, vagonning asosiy qismlari: g’ildirak juftligi, rama qismlari, va boshqa qismlari me’yoriy texnik shartlarga javob berishi kerak. Tamg’alar (klemo), ta’mirlanish sanalarini aks ettiruvchi trafaretlar belgilangan joyga qo’yilishi kerak.
Ta’mirlangan vagon kleymosiz yoki tushunarsiz trafaret bilan chiqarish taqiqlanadi. Ta’mir qilinmagan texnik soz detallar tekshirilib, sinovdan o’tkazilib tamg’a qo’yiladi.
Yangi qo’yilayotgan metall qismlar, payvandlangan joylar, taxtalar bo’yoq yordamida bo’yaladi. Bolt-gaykalar qotirishdan oldin moylanadi.
Yig’ilayotgan asosiy vagon uzellari “Руководство по деповскому ремонту грузовых вагонов РД 32 ЦВ 169-2017” yo‘riqnomasiga asosan ta’mirlangan bo’lishi shart.
Avtoulagich qismlari “Инструкция по ремонту и обслуживанию автосцепного устройства подвижного состава” yo’riqnomasiga asosan ta’mirlangan bo’lishi shart.
Avtotormoz qismlari “Общее руководство по ремонту тормозного оборудования вагонов” 732-ЦВ-ЦЛ yo‘riqnomasiga asosan ta’mirlangan bo’lishi shart.
Vagon ostiga qo’yilayotgan telejkalar bir xil tipda bir xil bazada bo’lishi kerak. Ishqalanuvchi qismlar pyatnik, podpyatnik, sirpang’ichlar salidol yoki grafitli moyi bilan moylanish kerak.
Tormoz richaglaridagi barcha valik ulamalari, tushirish lyuki mexanizmlaridagi valiklar solidol yoki ishlatilgan LZ-TsNII moyi bilan moylanadi.
Ish jarayonida ta’mirlangan, tekshirilgan va sinovdan o’tkazilgan barcha detallar brigadir, vagon ustasi, sifatni nazorat qilish muxandisi tomonidan qabul qilinib olinadi va ta’mirlangan vagon vagon qabul qilib oluvchiga topshiriladi.
Xar bir ta’mirlangan vagonga VU-36 shaklidagi habarnoma to’ldiriladi va ta’mirlash ishlari bo’yicha boshliq o’rinbosari, sex katta vagon ustasi, OTK muxandisi, va vagon qabul qilib oluvchi tomonidan imzo qo’yiladi.
Ta’mirlangan vagonning sifatiga ta’mirlash ishlari bo’yicha boshliq o’rinbosari, sex katta vagon ustasi, sifatni nazorat qilish muxandisi, vagon qabul qilib oluvchi va vagonni ta’mirlagan ishchi-hodimlar javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |