21. VAGONLARNI BO’YASH, YOZUV BELGISINI QO’YISH
Vagonni yuza qismni bo’yashga tayyorlash, bo’yash “ Инструкция по окраски вагонов” yo’riqnomasiga asosan amalga oshiriladi
Vagonlarga raqamlar qo’yish, yozuvlarni qo’yish “Знаки и надписи на вагонах грузового парка железных дорог колеи 1520 мм. 632-2011ПКБ ЦВ” yo‘riqnomasiga asosan amalga oshiriladi.
Vagonlarga tamg’a, kleymo, yozuvlarni qo’yishda quyidagilardan foydaliniladi;
10mm raqamli kleymo to’plami;
Bosma raqamlar (trafaret);.
300 mm metall lineyka;
Vagonlar tamirlangandan keyin, tamirlanganligi xaqidagi tamg’a, trafaret qo’yishini smena vagon ustasi yoki brigadir nazorat qiladi.
Ta’mirlangan detallarga Davlat tamg’asini to’g’ri qo’yilganligini vagon qabul qilib oluvchi nazorat qiladi.
TA’MIRLANGAN VAGONGA KAFOLAT BERISH
Vagonlarni ta’mirlagan Vagon depo, VU-36 shaklidagi xabarnoma rasmiylashtrilgan sanadan boshlab ta’mirlagan xar bir vagon detaliga, qismiga, vagonni soz xolatda yurishiga, ta’mirlanish sifatiga javob beradi va keyingi rejali ta’mirlashgacha kafolat beradi.
23. VAGONLARNI TA’MIRLASHDA MEXNAT MUXOFAZASI
Ushbu yo’riqnoma vagonlarni, vagon yig’uv sexida ta’mirlashda mexnat muxofazasiga rioya qilishni o’z ichiga oladi.
Vagon yig’uv sexi ishchisi, muxofazasi bo’yicha yo’riqnomadan o’tib, katta vagon ustasi, vagon ustasi yoki brigadir tomonidan buyurilgan ishni bajarishi majbur. Boshqa ishlarni katta vagon ustasi yoki brigadir ruxsatisiz bajarish taqiqlanadi.
Ta’mirlash sexida yurganda, kran mashinist, traktorist, tomonidan berilayotgan signallarga e’tiborli bo’lishi kerak. Yuk ko’tarish krani tomonidan ko’tarilgan yuklarni tagida turish, tagidan o’tish taqiqlanadi
Elektr payvandchi oldidan o’tayotganda yoki oldida ishlayotganda payvandlash yoyiga (duga) qaramaslik kerak. Sex ichida chekish taqiqlanadi.
Elektr qurilmalariga, rubilniklarga, elektrshitlarga va elektr simlarga tegish taqiqlanadi.
Elektr shitlarni, rubilnik yashiklarini ochib ichiga biron bir narsani, ish qurolini qo’yish yoki biron bir ishni bajarish taqiqlanadi. Elektr shitlarga, rubilniklarga qo’yilgan to’siqlarni (ograjdeniya) olish taqiqlanadi.
Vagon yig’uv sexi ishchi – xodimlari ish vaqtida tan jaroxati olgan ishchi xodimlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatishi va raxbariyatga xabar berishi kerak.
Vagon yig’uv sexi ishchi – xodimlari ish jarayonida, bir ishchini mexnat muxofazasi qoidasini buzayotganini ko’rsa, darxol ishchini mexnat muxofazasi qoidasini buzayotganligini aytish kerak va xavfsiz ishlash tartibini ko’rsatish kerak, lozim bo’lganda vagon ustasini xabardor qilish kerak.
Ish boshlashdan oldin ish qurollarini yaroqliligini tekshirish, ish qurolida biron bir nosozlik aniqlansa vagon usatasida ish qurolini yaroqlisiga almashtirishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |