Ўзбекистон республикаси транспорт вазирлиги тошкент давлат транспорт университети


VAGONNI RAMASINI VA YURISH QISMINI TA’MIRLASHDA MEXNAT MUXOFAZASI QOIDALARI



Download 1,83 Mb.
bet31/34
Sana02.04.2022
Hajmi1,83 Mb.
#524163
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
RAXIMJONOVA M.S amaliyot xisoboti





23.5 VAGONNI RAMASINI VA YURISH QISMINI TA’MIRLASHDA MEXNAT MUXOFAZASI QOIDALARI

Vagon maxsu ko’priksimon kran yordamida ko’tarilib telejkalar olingandan keyin vagon ostiga maxsus ko’targich (stavlyuga) qo’yiladi, maxsus ko’targichlar xar yili bir marotaba tekshirilib sinovdan o’tkazilib yaroqliligi aniqlanadi.


Telejkalar maxsus yuvish mashinasida yuviladi. Chilangar yuvish mashinasiga xizmat ko’rsatish davrida:
Ximoyalovchi maxsus kiyim-boshsiz (dizelektrik qo’lqop, fartuk va ko’zoynak) vanna xonasiga suyuq kaustik sodani quyish yoki quruq kaustik sodani sepishga yo’l qo’yilmaydi. Quruq kaustikni faqat ombur,metall qoshik va boshqa moslama bilan olinadi;
Mashinaning kir yig’iladigan joyi va boshqa joylariga, ularni oldindan suv bilan yaxshilab yuvmasdan va ximoyalovchi maxsus kiyim-bosh va ko’zoynaksiz ko’rikdan o’tkazmasdan tozalash uchun tushishga ruxsut berilmaydi;
Telejkalar kaustik soda bilan yuvilgandan keyin, toza suvda yuvmasdan telejkani ta’mirlash yechish terish taqiqlanadi.
Telejkalar yuvilgandan keyin maxsus kran balka yordamida telejka ta’mirlash uskunasi (stavlyuga) ustiga qo’yiladi, telejkalarni qo’yganda oraliq masofaga etibor beriladi, telejkani terishda yechishda va ishchi xodimlarni yurishida xalaqit bermaslgi kerak.
Vagon ramalari balkalari va boshka detallari, xamda yarim vagonlarni lyuklari qopkog’larini egilgan joylarini bartaraf etish maxsus qurilmalar, mexanizmlar va moslamalar(stendlar, presslar, xalqalar v.x.k.)yordamida ruxsat beriladi. Zaruriyat bo’lganda egilgan joylari tug’irlashdan oldin qizdiriladi.
Ramani deformasiyalangan qismlarini qizdirmasdan gurzi(kuvalda) orqali to’g’rilash taqiqlanadi. Vagon kuzovlari stavlyugalarda ko’tarilgan xolda turgan paytda, rama qismlari yoki lyuklar qopqog’larini to’g’rilashdan oldin, xar bir stavlyuga yonida vagon ramasi vintli sharnir tortgichlar orqali rels kallagiga maxkamlanadi.
Vagonni tomi va yonlari buzilayotgan paytda, xamda vagondan nosoz detallarni tashlayotgan chog’da, uning ichida ish bajarishga yo’l qo’yilmaydi. Barcha yechilayotgan materiallar va qismlar o’z vaqtida tegishli joyga yetkaziladi.
Vagon kuzovi metall devorlarini deformasiyalangan qismlari qizdirilmasdan faqat maxsus mexanizmlar va moslamalar orqali yoki vagondan yechilgan xolda to’g’rilanishi mumkin.
Vagon ichida, xamda uning devorlarida ta’mirlash ishlarini olib borish, fakat polning kamida teng yarmi yopilgandan yoki ish bajariladigan joy vaqtincha taglik bilan qoplangandan keyin yo’l qo’yiladi.
Butun metalldan iborat vagonlarning kuzovlarida payvandlash ishlari bajariladigan joylar izolyasiyalardan tozalanadi, xamda yog’och bruslar va ichki yog’och qoplamalar olib tashlanadi. Barcha ishlar payvandlash ishlari boshlangunga qadar bajariladi.
Vagonlar tomlari va yuk ko’tarish krani(kran balka) fermasini quyi qismi o’rtasidagi masofa yo’l quyiladigan miqdoridan kam bo’lsa, vagonlar tomida ish bajarish chog’ida, kranlarni ishi to’xtatiladi, xamda ularga uzatiladigan elektr energiya o’chiriladi.
Ta’mirlash ishlari bajariladigan yoki qoplamasi almashtiriladigan vagonlar tomlari quruq bo’lishi lozim, nam, xo’l, muzlagan tomlarda ishlash takiklanadi. Vagonda ishlash paytida, asbob-uskunani tom chekkasida, kuzovni bog’lovchi qismlari yoki chiqib turgan joylarida saqlashga yo’l qo’yilmaydi, shuningdek ishlovchi ximoya belbog’i va kaskadan foydalanishi kerak.
Tomni yopish bilan shug’ullanadigan ishchilar vagonlarda sirpanmaydigan poshnali poyafzallarni kiyib ishlashi kerak. Tomni nosoz qism(list)lari olib tashlangandan keyin, ishlovchilarni ilib kolmasligi uchun opalubkadagi mixlar oxirigacha qoqib qo’yiladi. Bitta vagonning tomidan ikkinchi vagon tomiga sakrash takiklanadi, vagon tomidan asbob-uskuna, po’latdan iborat qoplamaning qirqilgan bo’laklari yoki qoldiqlarini tashlashga yo’l qo’yilmaydi.
Eshiklar, agar qo’yilgan paytda maxkamlash imkoni bo’lmasa, yiqilib ketmasligi uchun vaqtincha maxkamlab qo’yiladi.Platforma bortlarini, agar ular zapor bilan maxkamlanmagan bo’lsa, ko’tarilgan xolda qoldirilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Vagonlar polini metall qoplamasi bo’laklari buzilgan bo’lsa, ular almashtirilishi yoki ta’mirlanishi, choklari esa payvandlanishi kerak.Tomda va polda teshilgan joylarni payvandlash mumkin.



Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish