23.6 ELEKTR PAYVANDLASH ISHLARIDA MEXNAT MUXOFAZASI
Vagon detallarini ta’mirlashda payvandlash ishlari maxsus kabinalarda yoki payvandlash chog’ida paydo bo’lgan gazlarni chiqarib tashlaydigan ventilyatsiya bilan jixozlangan va to’siqlar bilan o’ralgan aloxida belgilangan joylarda bajariladi.
Elektr payvandlovchilar ishlarni bajarish chog’ida, tegishli me’yorlar bilan ko’zda tutilgan ximoya vositalarini qo’llashlari lozim, yonida ishlovchilar esa ximoyalash vositalariga(ximoya ko’zoynagi, brezent qo’lqop) ega bo’lishlari kerak.
Payvandlash sexida yengil yonadigan, yonadigan materiallar, shuningdek yonishga va portlashga xavfli moddalarni saqlanishiga yo’l qo’yilmaydi.
Payvandlash ishlarini boshlashdan oldin ij joylari ifloslanishlar, yonadigan moddalar va boshqa jismlardan tozalanadi va yong’inni o’chirish birlamchi vositalari bilan ta’minlanadi.
Vagon kuzovi, agar yangi payvandlangan metall detallari yonida joylashganda, xamda detallarning o’zlari to’la sovumagan bo’lsa, ularni bo’yashga yo’l qo’yilmaydi.
Vagon kuzovi devorida va tomda payvandlash ishlari bajarilish chog’ida podmostni ishchi maydonchasi, eritilgan metall tushganda yong’in keltirib chiqarmasligi va pastdagi odamlar kuymasligi uchun, yupqa po’lat listlar va asbest bilan yopiladi.
Bosim ostida bo’lgan yoki tarkibida yonuvchi va portlovchi moddalar yoxud ularning qoldiqlari mavjud idishlarda, payvandlash ishlarini bajarilishiga yo’l qo’yilmaydi. Tok yuruvchi payvandlash kabellari bilan birga gaz bilan payvandlash shlanglari yoki uzatish trubalarini joylashtirish taqiqlanadi.
Elektr payvandlash uchun foydalaniladigan apparatlarni payvandlash simi yerga yoki apparat korpusiga ulanmasligi kerak. Relsni qaytish simi o’rnida ishlatilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Qaytish simi strubsina bilan yaxshi tozalangan joyga ulanadi. Ishchi xolatda bo’lgan vagon kuzovida payvandlash ishlari bajarilganda, qaytish simi payvandlanayotgan joyga imkon qadar yaqinroq joyga qo’yiladi imkon bo’lmagan xolda 10m dan oshmagan masofada kuzovga ulanadi, telejkada payvandlash ishlari bajarilganda esa payvandlash tarmog’i rolikli potshipnik, buksa, reduktor va boshqa tarkibiy qismlar orqali tutashmasligi uchun payvandlayotgan detalga ulanadi.
Payvandlash ishlari kabinadan tashqarida bajarilganda, mazkur joy atrofda ishlayotganlarni payvandlash yoyi nurlari ta’siridan ximoyalaydigan ko’chma to’siqlar va qalqonlar bilan o’raladi. Ko’chma to’siqlar po’lat listlar, asbest bo’lagi yoki yong’inga qarshi to’yintirilgan faneradan tayyorlanib, 1,5m balandlikda bo’lishi kerak.
Elektr payvandlash kabinasi devorlari va ko’chma to’siqlar yorug’ ranglarga (moviy, kulrang va sariq)bo’yaladi.
Elektr payvandlash postlari o’tirib ishlash uchun qulay bo’lgan orqa tirkamaga ega kreslolar va balandligi 0,5-0,7m stollar bilan ta’minlanadi; tik turib ishlaganda esa stolning balandligi 0,9m bo’ladi. Stolni ishchi yuzasi qalinligi 20-25mm o’lchamdagi po’lat plitadan yoki qalinligi 25mm o’lchamdagi chugundan iboratdir. Stend va stolni xar tomonidan, ularga o’tish joyi kengligi 1m dan kam bo’lmasligi kerak.
Elektr payvandlash agregatlari korpuslari va qaytish simi ulanadigan payvandlash transformatorlarining ikkinchi o’rami qiskichi, xamda stol (plita)lar yerga ulanadi. Payvandlash mashinasi va transformatordan tok berayotgan ishchi simlar, yaxshi izolyasiyaga ega va mexanik zararlanishlardan ximoyalangan bo’lishi kerak.
Elektrod ushlagichlar dastaklari issiqlikni o’tkazmaydigan dielektrik materiallardan tayyorlanadi va payvandlovchini qo’llarini metall uchqunlari va yoy nurlaridan ximoyalovchi to’siq(ekran)lar bilan ta’minlanadi. Sisterna koteli ichida ish bajarilganda xavfsiz elektrod ushlagichini qo’llash tavsiya etiladi. Elektrodni chiarish va almashtirish ushlagich uzib qo’yilgan xolatda bajariladi.
Ochiq elektr yoyini nurlari ko’zga va teriga zararli ta’sir ko’rsatishi e’tiborga olinib payvandlovchilar, payvandlash tokini kattaligiga qarab, xar xil ko’rsatuvchi qoraytirilgan ximoyalovchi oynalar qo’yilgan niqob yoki qalqon bilan ta’minlanadi. Ximoyalovchi oynalar tashqi tomonidan aniq ko’rsatuvchi oynalar bilan ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |